Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

(Supparannuation)
investitsiyalar orqali 
shakllangan bo’lsa, AQSh da aholining ijtimoiy himoyasi pensiya fondlarining 
AQSh g’azna obligatsiyalariga kiritilgan investitsiyalar hisobiga shakllanadi . 
«Pensiya nafaqalari ikki asosiy turdan iborat: pensiya ta’minoti va sog’liqni 
saqlash tizimi. Pensiya to’lovlari pensionerlarning davriy daromadlari yoki 
olayotgan foydasi hisoblanadi. Sog’liqni saqlash uchun to’lovlar retsept asosidagi 
dori-darmonlar va sog’liqni saqlash uchun to’lovlarni o’z ichiga oladi. 
Pensiyalarning ushbu ikkala masala orasida dolzarbligini hisobga olinadi. Davlat 
tarmog’ida pensionerlar sog’ligi uchun xarajatlarning o’sishini hisobga olib, 
pensionerlar uchun tibbiy nafaqalar mavzusiga e’tibor karatiladi»
112

«AQShda davlat sektorida mehnat faoliyati tugaganidan keyin pensionerlar uchun 
an’anaviy pensiya bilan birga «Pensiyadan tashqari boshqa nafaqalar tizimi» 
112
Jun Peng. State and Local Pension Fund Management –USA.: «Auerbach Publications». 2008. −P.1
.


245 
mavjud. «Pensiyadan tashqari boshqa nafaqalar tizimi»ning katta qismi sog’liqni 
saqlashga qaratilgan bo’lib, u stomotalogik, oftalmologik, hayot sug’urtasi, 
nogironlik va uzoq muddatli sug’urta kafolati bilan bog’liq bo’lgan sug’urta 
turlarini o’z ichiga oladi va bular davlat tomonidan berilgan subsidiya mablag’lari 
evaziga shakllantiriladi. «Pensiyadan tashqari boshqa nafaqalar tizimi» fuqaroning 
bandligi, ya’ni uning mehnat faoliyati bilan bog’liq. Bu pensiya va boshqa 
nafaqalarining muhim xarakteristikasini ko’rsatadi. «Pensiyadan tashqari boshqa 
nafaqalar tizimi» Ogayo Ishchilar Sog’liqni Saqlash Rejasi ijtimoiy tizimida 
maqsadli fondlarning eng yirigi hisoblanadi, Ko’pgina sog’lomlashtirish 
maqsadidagi fondlar pensiya tizimi orqali boshqariladi. Masalan, Ogayo xodimlari 
Sog’liqni Saqlash Rejasi ijtimoiy tizimi Ogayo Davlat Ishchilar Pensiya tizimi 
bilan birgalikdagi maqsadli fond hisoblanadi. Ogayo xodimlar Sog’liqni Saqlash 
Rejasi ijtimoiy tizimi (PHCP) ning mol-mulki pensiya tizimning mol-mulkidan 
investitsiya maqsadlari uchun birgalikda safarbar bo’linishiga qaramasdan alohida 
bo’ladi. «Pensiyadan tashqari boshqa nafaqalar tizimi»ni qayta moliyalashtirish 
pensionerlarni yuqori riskdan saqlaydi. «Pensiyadan tashqari boshqa nafaqalar 
tizimi»ga xizmat qiluvchi maqsadli fond obligatsiyasining riskliligi bu - 
investitsiya va vaqt riskliligi bo’lib, bu pensiya riskliligiga o’xshab ketadi»
113
.
Fuqarolar uchun pensiya tizimini tashkil etishda jahonga mashhur Germaniya va 
Chili modellari andoza sifatida tanlandi. Pensiya ta’minotining ikki bazaviy modeli 
taqsimlanuvchi va kapitallashgan modellaridir. Mashhur venger iqtisodchisi Ya. 
Kornai taqsimlanuvchi va kapitallashgan pensiya tizimlari o’rtasidagi farqlar 
mohiyatini asoslab berdi. Taqsimot modeli pensionerlarni hozirgi vaqtda amalda 
bo’lgan aholining iqtisodiy faol qatlami hisobiga ta’minlaydi. Germaniyada 
taqsimlanuvchi pensiya tizimi 1890 yilda joriy qilingan bo’lib, o’sha davrdan 
hozirgacha uning turli ko’rinishlari Evropa mamlakatlarida, MHD davlatlarida 
qo’llanilmoqda. Germaniyaning pensiya tizimidagi taqsimlanuvchi modeli 
aholining iqtisodiy faol qatlami tomonidan to’langan majburiy pensiya badallari 
hisobidan pensiya xarajatlari shakllanadi va aholining iqtisodiy faol qatlamlari 
113
Jun Peng. State and Local Pension Fund Management –USA.: «Auerbach Publications». 2008. −P. 220
.


246 
o’rtasida taqsimlanadi. Avlodlar birdamligi asosida qurilgan taqsimot modeli 
kapitallashgan modeldan farqli ravishda sug’urta tamoyiliga asoslanadi. 
Pensiya tizimining kapitallashgan modeli taqsimotdan farqli ravishda insonning 
o’z mehnati va pensiya jamg’arilishi natijalari bilan uzviy bog’liq. Chili modeli-
kapitallashgan model. Kapitallashgan model sxemasi quyidagicha: pensiya 
badallarini investitsiya qilishdan va to’plashdan hosil bo’lgan kapital pensiya 
xarajatlarini qoplashga yo’naltiriladi. Pensiya badallari kapital to’lovchining 
shaxsiy hisob raqamida hisobga olib boriladi. Ushbu hisob raqamni pensiya 
fondlari yoki pensiya kassalari, sug’urta kassalari yoki banklar yuritadi. Pensiya 
mablag’larini tizimli investitsiya qilish bilan ushbu institutlar investitsiya 
daromadlariga ega.
Shu nuqtai nazardan pensiya tizimi moliyaviy barqarorligini jahondagi shu 
boradagi ilg’or, boy tajribalarni chuqur qiyosiy tahlil etish asosida 
takomillashtirish dolzarb, iqtisodiy adabiyotlarda kam o’rganilgan, muhim, ilmiy-
amaliy ahamiyatga ega ilmiy muammo hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili xorijiy 
mamlakatlar 
ilmiy 
doiralarida 
pensiya 
ta’minoti tizimining moliyaviy 
barqarorligini oshirish, optimal pensiya tizimi modelini tanlash borasida ilmiy 
tortishuvlar davom etayotganligini ko’rsatmoqda. Ayrim tadqiqotchilar pensiya 
ta’minoti tizimining moliyaviy asosini ustun darajada taqsimlanuvchi 
komponentlar tashkil etishi «zarur»
114
deb hisoblashsa, boshqalari jamg’ariladigan 
komponentlar tarafdori hisoblanadilar
115

Xalqaro amaliyot ko’rsatishicha, aksariyat mamlakatlarda – taqsimlanuvchi 
davlat hamda majburiy va ixtiyoriy jamg’arib boriladigan – aralash pensiya 
tizimlari amal qilmoqda. Pensiya tizimining aralash turi moliyaviy barqarorlik va 
114
Disney R. Public pension reform in Europe: policies, prospects and evaluation // The World Economy. 2003. Vol 
26. № 10. P. 1425–1445. Solovev A.K. Pensionnie sistemi v kontekste straxovix printsipov. //Jurnal NEA, №3(15), 
2012. Roik V.D. Evolyutsiya pensionnix sistem: mirovie tendentsii i opit Rossii //Chelovek i Trud. 2008. № 8. 
http://www.chelt.ru/2008/8-08/roik808.html. 
115
Stalebrink J. Public pension funds and assumed rates of return: an empirical examination of public sector defined 
benefit pension plans // American review of public administration. 2014. № 1(44). P. 92–111.; Rozanov A. Public 
pension fund management: best practice and international experience // Asian Economic Policy Review. 2015. № 
10. P. 275–295.; Klapper L., Panos G. Financial literacy and retirement planning: the Russian case // Journal of 
pension economics and finance. 2011. № 4. P. 599–618. 


247 
to’lanayotgan pensiya darajasi nuqtai nazaridan samarali hisoblanadi
116
. Jahon 
amaliyotida jamg’arib boriladigan va taqsimlanuvchi pensiya modellari sof holda 
kam uchraydi. Bir vaqtning o’zida majburiy va ixtiyoriy jamg’arib boriladigan 
qismlari mavjud pensiya tizimi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga 
(IHTT) a’zo mamlakatlar orasida faqat Norvegiyada amal qiladi
117

Quyidagi rasmda aksariyat mamlakatlarda uchraydigan pensiya ta’minoti tizimi 
berilgan. Nodavlat pensiya jamg’armalarining zarurati ikki sabab bilan asoslanadi. 
Birinchidan – bozor munosabatlari va demokratiya fuqarolarga ko’proq erkinlik va 
davlat tasarrufidan mustaqil bo’lish imkonini berish bilan bir qatorda, ularga 
farovon turmush tarzi va ijtimoiy jihatdan ta’minlanish borasida katta mas’uliyat 
yuklaydi.
Zamonaviy va samarali pensiya tizimlaridan biri jamg’arib boriladigan 
pensiya tizimi hisoblanadi. Dunyo amaliyotidagi zamonaviy pensiya tizimlari 
jiddiy pensiya islohotlari natijasida paydo bo’ldi. Natijada fuqarolarning pensiya 
ta’minoti xususida ikki mustaqil yondoshuv shakllandi. Birinchi yondoshuv har bir 
jamiyat a’zosining ishsizlik, qarilik, kasallik, nogironlikni sug’urtalashga 
asoslanadi. 
Taqsimlanuvchi 
pensiya 
tizimi 
muhim 
afzalligi 
shundaki, 
to’lanayotgan pensiya miqdori moliya bozorining holatiga va pensiya fondlarining 
faoliyatiga bog’liq emas. Shunday usulda moliyalashtiriladigan pensiyalar yuqori 
ish haqiga ega bo’lmagan shaxslar uchun ishonchli himoyani ta’minlaydi. Ammo 
shuni alohida qayd etish joizki, taqsimlanuvchi pensiya tizimida pensiya fondlari 
miqdori demografik omillarga va mehnat bozorining ayrim holatiga (bandlik, 
ishsizlik, ish haqi darajasi, pensiya badali to’lovchilar soni bilan pensiya oluvchilar 
soni o’rtasidagi nisbat) to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’ladi. Taqsimlanuvchi pensiya 
tizimida ma’lum yil davomida to’plangan mablag’lar joriy davrdagi pensionerlarga 
to’lashga sarflanadi. Shunday qilib, ishlab turgan fuqarolarning ijtimoiy soliq 
to’lovlari hisobidan kishilar qariganida pensiya xarajatlari moliyalashtiriladi. 
116
Fedotov A.I. Analiz modeley postroeniya pensionnix sistem // Trudi ISA RAN. 2008. № 38. S. 168–173.; 
Stalebrink J. Public pension funds and assumed rates of return: an empirical examination of public sector defined 
benefit pension plans // American review of public administration. 2014. № 1(44). P. 92–111.
117
Rozanov A. Public pension fund management: best practice and international experience // Asian Economic 
Policy Review. 2015. № 10. P. 275–295. 


248 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish