226
T/r
Ko’rsatkichlar
Yil boshidan
Hisobot oyida
prognoz
ijro
prognoz
ijro
1.
Davr boshiga qoldiq
x
x
2.
Jami daromadlar
jumladan:
3.
Jami xarajatlar
jumladan:
4.
Davr oxiriga qoldiq
x
x
Rahbar
__________________________
(imzo)
Bosh buxgalter
___________________
(imzo)
20___ yil ___ _________
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi uchun javobgar
tashkilot tugatilgan
taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tashkilotning tugatish kuniga
tayinlangan pensiya miqdorida kapitallashtirilishni hisobga olgan holda
ajratmalarni majburiy ravishda quyidagi tartibda amalga oshiradi:
a) mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo’yicha
pensiyalarni to’lashga:
agar nogironlik muayyan davrga belgilangan bo’lsa, nogironlikning amal
qilish muddatiga, biroq kamida besh yil uchun;
227
agar nogironlik muddatsiz belgilangan bo’lsa, ajratmalarni hisoblab chiqish
sanasida xodimlar O’zbekiston Respublikasida kutilayotgan umr ko’rish yoshiga
etgungacha bo’lgan muddatga;
b) boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari bo’yicha mehnatga qobiliyatsiz
oila a’zolariga nisbatan:
o’n sakkiz yoshga etmagan oila a’zolariga - ular ushbu yoshga etgunlariga
qadar;
vafot
etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki
nabiralarini boqish bilan mashg’ul bo’lgan oila a’zolariga - boquvchining bolalari,
aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralari, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish
haqi saqlanmagan ta’tilda bo’lish huquqini beradigan yoshga to’lgunga qadar;
ota, ona, o’gay ota, o’gay ona, xotin, erga- agar ular pensiya yoshiga
to’lgan yoki nogiron bo’lsalar, shuningdek buva va buviga - agar qonunga muvofiq
ularni boqishi shart bo’lgan kishilar bo’lmasa, ajratmalarni
hisoblab chiqish
sanasida ular O’zbekiston Respublikasida kutilayotgan umr ko’rish yoshiga
etgunga qadar bo’lgan muddatga.
«O’zbekiston
Respublikasi
byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg’armasi
mablag’larini shakllantirish va sarflash tartibi to’g’risida»gi Nizomga va
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasini boshqarishni yanada takomillashtirish to’g’risida»gi Qaroriga ko’ra,
jamg’arma mablag’laridan maqsadga muvofiq foydalanishni nazorat qilish Moliya
vazirligi va uning hududiy organlariga yuklatildi. Jamg’armaga o’tkazilgan
mablag’larni o’z vaqtida va maqsadga muvofiq to’lanishida pensiya va ijtimoiy
sug’urta bo’yicha nafaqalarni etkazib beruvchi Xalq banki bo’limlari va
«O’zbekiston pochtasi» ochiq aktsiyadorlik jamiyatining mas’uliyati oshirildi.
O’zbekiston Respublikasida davlat pensiya ta’minoti byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasidan amalga oshirilishini inobatga oladigan bo’lsak, 2016 yilda
Pensiya jamg’armasi xarajatlarining yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi 8,2
foizni tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich
taraqqiy etgan mamlakatlarda, xususan,
Bel’giyada 10,0 foizni, Frantsiyada 13,7 foizni, Germaniyada 11,3 foizni, Italiyada
228
15,4 foizni, Yaponiyada 10,2 foizni, Shvetsiyada 8,2 foizni, AQShda 6,8 foizni,
Rossiyada 9,2 foizni tashkil qilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bunda
taraqqiy etgan mamlakatlarning faqat davlat pensiya ta’minoti inobatga olingan,
ya’ni ushbu mamlakatlardagi xususiy pensiya fondlari xarajatlari hisobga
olinmagan. Albatta, agar taraqqiy etgan mamlakatlarda xususiy pensiya fondlari
xarajatlari ham hisobga olinadigan bo’lsa, bu ko’rsatkich bir muncha yuqori
bo’lishi aniq. Chunki taraqqiy etgan mamlakatlarda xususiy pensiya fondlari davlat
pensiya fondlari bilan parallel
ravishda faoliyat yuritib, aholini ijtimoiy himoya
qilishda muhim rol o’ynaydi.
Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalari va
tuman (shahar) bo’limlari pensiyalar,
ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari
va boshqa to’lovlarni to’lash uchun nazarda tutilgan Jamg’arma mablag’larining
o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirilishi, Jamg’arma mablag’laridan qat’iy maqsadli
foydalanilishi uchun javobgar.
Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya
to’lovlari va boshqa to’lovlarni to’laydigan tashkilotlar Jamg’arma mablag’larining
o’z vaqtida va maqsadli to’lanishi uchun javobgardir. Pensiya jamg’armasining ijro
etuvchi apparati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan
muddatlarda davriy buxgalteriya hisobotlarini taqdim etadi. Jamg’armaga
muddatida to’lanmagan majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni undirish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni
to’lashda Jamg’arma mablag’laridan to’g’ri foydalanilishini nazorat qilish
Jamg’armaning ijro etuvchi apparati va uning hududiy boshqarmalari hamda
tuman (shahar) bo’limlari, shuningdek tashkilotlarning
rahbarlari va bosh
buxgalterlari tomonidan amalga oshiriladi. Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va
kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarning to’g’ri tayinlanishi va
to’lanishini, shuningdek Jamg’arma mablag’laridan maqsadli foydalanilishini
nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh
boshqarmasi va uning mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Zarurat
bo’lganda, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh
229
boshqarmasi organlari tomonidan, mustaqil ekspertlar jalb qilingan holda bosh,
tumanlararo, tuman va shahar tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan
berilgan ko’rikdan o’tkazish dalolatnomalari va xulosalar hujjatlari takroran
ekspertizadan o’tkazilishi mumkin. Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya
to’lovlari va boshqa to’lovlarni to’lash bo’yicha xarajatlarning, shuningdek
tashkilotlarning
ijtimoiy
sug’urta bo’yicha xarajatlarining o’z vaqtida
moliyalashtirilishi yuzasidan monitoring olib borish Pensiya jamg’armasining ijro
etuvchi apparati va uning hududiy boshqarmalari hamda joylardagi tuman (shahar)
bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: