110
yuzaga keladigan pul munosabatlari moliyaviy nazoratning ob’ekti bo’lib
hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning amal qilish ko’lami xo’jalik munosabatlarining
butun majmuini ham o’z ichiga qamrab oladi.
Mamlakatimizda cheklangan byudjet mablag’lardan
manzilli foydalanish
davlat byudjetini boshqarishni barcha bosqichlarining asosiy tamoyili desak
mubolag’a bo’lmaydi. Zamonaviy sharoitda moliyaviy resurslardan samarali
foydalanish zaruriyati davlat byudjeti mablag’larini iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy
sohalarga maqsadli taqsimlanishining doimiy nazoratini talab qiladi.
Moliyaviy nazoratning asosiy vazifalaridan biri
- moliyaviy resurslarning
holatini nazorat qilishdan iborat. Moliyaviy nazorat davlat byudjeti oldidagi
majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq ijro etilishini, davlat markazlashgan pul
jamg’armalaridan foydalanishga doir moliyaviy operatsiyalarning to’g’ri amalga
oshirilishini tekshirishni nazarda tutadi
.
«Albatta, Davlat byudjeti o’lchovsiz emas,
mablag’larni
qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni
ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo’lmaydigan haqiqat»
52
.
Moliyaviy nazorat tizimi-nazorat qilish sub’ektlari, nazorat ob’ektlari hamda
nazoratni amalga oshirish shakllari, usullari hamda vositalarini o’z ichiga oladi.
Moliyaviy nazorat tizimi o’z tarkibida - sub’ektlar (nazorat qiluvchilar), ob’ektlar
(nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlaydi.
Boshqacha qilib aytganda,
moliyaviy nazoratning ob’ektiga
moliyaviy
resurslarning
harakati,
shakllanishi,
foydalanishdagi
taqsimlash
usullari,
shuningdek, iqtisodiyotining barcha tarmoqlaridagi jamg’arma
shaklidagi pul
resurslari ham kiradi.
Barcha demokratik davlatlar davlat moliyaviy nazorati muhim bo’g’inini qonun
chiqaruvchi hokimiyat tizimi bo’yicha nazorat organi deb hisoblash qabul qilingan.
Odatda, barcha mamlakatlarda davlat mablag’larini xarajat qilish ustidan parlament
nazorati maxsus institutlari mavjud. AQShda Kongressning Bosh byudjet-nazorat
52
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim
ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi.
2016 yil.
111
boshqaruvi mavjud, Rossiyada Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi ishlab turibdi.
Buyuk Britaniyada bunday institut-Milliy nazorat-taftish boshqarmasi deb ataladi.
Kanadada-Bosh
taftishchi
mahkamasi,
Frantsiyada-Hisob-kitoblar
sudi,
Shvetsiyada-Milliy taftish byurosi shunday muassasalardan hisoblanadi.
Avstriya,
GFR, Frantsiya, Vengriyada bundestag va parlament huzurida Hisob palatalari
ishlab turibdi. Parlament nazorati institutlaridan tashqari, ko’pgina mamlakatlarda
ijroiya hokimiyati tizimi bo’yicha nazorat yoki hukumat
nazorati deb ataladigan
nazorat hamda davlat boshlig’i huzurida moliyaviy nazorat organlari (Prezident
nazorati) faoliyat ko’rsatmoqda. Rossiya Federatsiyasida bu - federal vazirliklar va
idoralardagi nazorat-taftish xizmatlari tizimidir. Mazkur tizimga Rossiya
Federatsiyasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati va audit departamenti,
Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi Federal G’aznachilik Bosh boshqarmasi,
Rossiya Federatsiyasi Soliq va yig’imlar vazirligi, Rossiya
Federatsiyasi Davlat
bojxona qo’mitasi, Rossiya Valyuta va eksport nazorati Federal xizmati, Rossiya
Bankining bank nazorati departamentlari, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Bosh
nazorat boshqarmasi (Prezident nazorati) kiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda
parlament, prezident va hukumat nazorat-taftish tizimlari parallel ravishda va bir-
biri bilan uzviy bog’liq holda faoliyat yuritadi.