431
jamg’armasidan o’z vaqtida
moliyalashtirish,
shuningdek,
Respublika
fuqarolarining pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’lardan maqsadli
foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish yo’nalishlarida samarali islohotlar
amalga oshirildi va oshirilmoqda. Ayniqsa, pensiya ta’minotiga tegishli me’yoriy-
huquqiy hujjatlarni takomillashtirilib borishi bu boradagi muammolarni hal qilish
imkoniyatlarini bermoqda.
Bugungi kunda jahonning ko’pgina davlatlarida pensiya jamg’armasining
daromadlari xarajatlarini qoplolmaslik holatlari kuzatilmoqda.
Mazkur holatlarni
mamlakatimizda yuz berishini oldini olish uchun bir qancha chora-tadbirlarni
amalga oshirishni talab etadi. Bundan tashqari pensiya va nafaqalar miqdorini
oshirish, pensionerlarning ijtimoiy himoyasini ko’chaytirish, aholi turmush
darajasini oshirish kabi bir qancha muammolar mavjud. Shuni ta’kidlab o’tish
joizki, pensiya tizimi bu aholini ijtimoiy himoyalash, ishlovchilarning to’kin
keksaligini ta’minlashning yaqqol namunasidir. Bu
vazifa har bir davlatning
ustuvor vazifalaridan biridir. Kishilik jamiyati rivojlanishi bilan bu vazifani asta
sekinlik bilan xususiy sektor zimmasiga o’tkazilib borilmoqda.
Jahon mamlakatlari pensiya tizimlari tuzilishi tahlili shuni ko’rsatmoqdaki,
mamlakat iqtisodiyoti rivojlanib borgan sari pensiya tizimlari xususiy sektorlarga
o’tkazib borilmoqda. Bugungi kunda pensiya tizimlari quyidagilardan iborat:
-
to’liq davlat pensiya tizimi;
-
to’lik xususiy pensiya tizimi;
-
davlat pensiya ta’minotiga qo’shimcha ravishda xususiy pensiya tizimi;
-
xususiy pensiya ta’minotiga qo’shimcha davlat pensiya tizimi.
Xususiy pensiya tizimining afzalligi shundan iboratki, unda fuqarolar
o’zlarining keksalik davri uchun o’zlari bosh qotirishadilar.
Bunda ular ishlagan
davrda o’zlari tanlagan hususiy pensiya bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarga
kerakli pul mablag’larini o’tkazib borishadi hamda ularni maqsadli ishlatilishini
nazorat qilib boradilar. Bunda davlatning manfaatlari quyidagilar iborat:
iqtisodiy tarmoqlarining rivojlanishi;
aholi turmush darajasining ko’tarilishi;
432
investitsion faollikning oshishi;
soliq bazasining oshishi;
aholi bandligining oshishi.
O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimining ikki xil turi amal
qiladi, ya’ni:
1.
Davlat (avlodlar birdamligi) pensiya ta’minoti tizimi;
2.
Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi.
Respublikamiz aholisining demografik o’sib borishi, turmush darajasining
yaxshilanishi va uzoq umr ko’rish darajasining ortib borishi natijasida yildan-yilga
yoshga doir pensiya oluvchilar soni ortib bormoqda.
Fuqarolarga pensiya
tayinlashning amaldagi tizimini takomillashtirish, mavjud ijtimoiy himoya
tizimining samaradorligini oshirish va barqarorligini ta’minlash asosiy
vazifalardan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiy salohiyati va odamlar ijtimoiy
muhofazasi bilan bog’liq ushbu masalada belgilangan qonun-qoidalarga qat’iy
amal qilinishini ta’minlash Pensiya jamg’armasi mablag’laridan
samarali
foydalanish muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasida pensiya tizimini
rivojlantirish bo’yicha bir qancha islohatlar olib borilmoqda va bu o’z samarasini
bermoqda. Aholining pensiya tizimidagi faolligini oshirish maqsadida, xususiy
pensiya ta’minoti tashkil etish kerak. Buning uchun
eng avvalo xususiy pensiya
fondlari faoliyatini tashkil etishning asosiy omili bo’lgan, qimmatli qog’ozlar
bozorini rivojlantirish, investitsiya bozorini rivojlantirish zarur bo’ladi. Tashkil
etiladigan xususiy pensiya tizimlariga iqtisodiyot sohasida faoliyat yuritishda keng
imkoniyatlar yaratib berish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: