Milliy pensiya tizimini isloh etishning o’ziga xos xususiyatlari



Download 26,16 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi26,16 Kb.
#678336
Bog'liq
MILLIY PENSIYA TIZIMINI ISLOH ETISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


MILLIY PENSIYA TIZIMINI ISLOH ETISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Bugungi kunda xorijiy mamlakatlar Pensiya fondlari amaliyoti shuni ko’rsatmoqdaki, dunyo mamlakatlari aholisining demografik o’zgarishi, iqtisodiyotning rivojlanishi sari aholining turmush tarzi yaxshilanishi natijasida ularning o’rtacha umr ko’rish yoshining oshib borayotganligi va mexnat faoliyati bilan band bo’lgan aholiga nisbatan pensionerlar ulushining oshib borayotganligi natijasida Pensiya fondlarini moliyaviy ta’minlashda yuzaga kelayotgan muammolar avlodlar birdamligiga asoslangan pensiya tizimidan jamg‘arib boriladigan nodavlat pensiya fondlarini tashkil qilish va ularning moliyaviy daromadlarini oshirishda jamg‘arma mablag‘larini investitsion faoliyatini shakllantirish va ularni samarali boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishni taqazo qilmoqda.


O’zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish va takomillashtirishdan asosiy maqsad aholini ijtimoiy farovonligini oshirish hisoblanadi. Bunday ijtimoiy qo’llab-quvvatlash O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham o’z aksini topgan: “Aholining real pul daromadlari va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo’yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish...”1 mazkur sohaga ye’tibor jiddiy yekanligini ko’rsatmoqda. Milliy pensiya tizimlarini isloh qilishda, avvalo unga birinchi navbatda ta’sir yetuvchi omillarni tahlil yetish kerak:

  1. Ijtimoiy omillar – davlatdagi jamoatchilik va mehnat munosabatlarining rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Ijtimoiy omillar namunasi sifatida davlatning tarixiy va yetnik-madaniy rivojlanish jihatlarini, milliy mentalitet, jamiyat hayotining diniy tomonlarini, davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosat strategiyasi va taktikasini, aholining ijtimoiy tarkibini, mehnat bozoridagi vaziyatni, mehnatga haq to’lanishi darajasini va hokozolarni keltirish mumkin;

  2. Iqtisodiy omillar – davlatning imkoniyatlarini va pensiya tizimi quriladigan, ishlaydigan iqtisodiy sharoitlarni belgilaydi. Iqtisodiy omillar qatoriga davlat moliyasining ahvoli, jamiyatning farovonlik darajasi, davlat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasi va taktikasi, davlatning iqtisodiyotda tutgan o’rni, ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi va shu kabilar kiradi;

  3. Demografik omillar – jamiyatning pensiya himoyasiga talab-yehtiyojini o’zida aks yettirib, pensiya tizimining maqbul sifat va miqdoriy tafsilotlarini belgilashda muhim mo’ljal, yo’naltiruvchi mayoq hisoblanadi. Demografik omillarga boshqa ko’rsatkichlar qatori aholining yosh bo’yicha tarkibi, jamiyatda pensionerlar sonining ulushi, aholining o’sish darajasi, ish bilan band aholi va pensionerlar soni nisbati va shu kabilardir.

Hozirgi kunda ko’plab mamlakatlarda pensiya tizimini isloh qilish, uning samaradorligi, adolatliligi va barqarorligini oshirish bu mamlakatlar hukumatlari oldida turgan yeng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mavjud muammolarni bartaraf yetish pensiya tizimini isloh qilish orqali amalga oshirilib, bunga albatta, jahon amaliyotida o’zini oqlagan tajribalarni o’rganish va ularni joriy qilish orqali yerishiladi.
Xalqaro pensiya nazariyasida “pensiya rejasi” (ba’zan pensiya sxemasi deb ham yuritiladi) tushunchasi asosiy o’rinni yegallaydi. Pensiya rejalari, o’z nomiga monand ravishda, ishchilarni mehnat faoliyatini yakunlagandan so’ng doimiy pul ta’minoti bilan ta’minlash uchun ulardan va ularni yollagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan olingan pensiya badallaridan tashkil topgan aktivlarni rejali boshqarishni anglatadi. Pensiya rejalari dunyodagi yeng katta kapitalni o’zida jamlagan moliyaviy tizim hisoblanib, ularni boshqarishda moliyaviy menejerlar o’ziga xos mas’uliyat oladilar.
O’zbekistonda bunday rejalar mavjud yemas, aksincha mamlakatimizda davlat pensiya ta’minoti amalda fuqarolarning keksayganda, mehnat layoqatini yuqotganda va nogiron bo’lganda ularni ma’lum bir mablag‘ bilan (pensiya, ijtimoiy nafaqa) ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Xalqaro tajribalarda pensiya tizimining asosan ikki modeli xizmat ko’rsatmoqda. Bular: taqsimlovchi va jamg‘ariluvchi modellar.
Pensiya ta’minotining taqsimlovchi modeli (pay-as-you-go system) avlodlarning birdamligi tamoyiliga asoslanadi va shuning uchun ham biramlik modeli deb ataladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundaki, katta avlodning (pensionerlarning) pensiya ta’minotiga ma’suliyat yosh avlod (iqtisodiy faol aholi) zimmasiga yuklatiladi. Taqsimlovchi tizim, avvalo, davlat tizimi hisoblanadi. Taqsimot modelida, odatda, mehnat staji va ish haqi miqdoriga qarab, pensiyalarning kafolatlangan darajasi o’rnatiladi, lekin pensiyalar darajasi unchalik katta bo’lmaydi, chunki uning asosiy vazifasi qashshoqlikdan muxofaza qilish bo’ladi. Mazkur tizimning kamchiligi sifatida uning demografik o’zgarishlarga bog‘liqligini ko’rsatish mumkin, jamiyatda iqtisodiy faol (real mehnat faoliyati bilan band) aholi ulushining kamayishi va yosh bo’yicha pensionerlar ulushining ortishi sharoitida to’lovlarni moliyalashtirish davlat byudjeti uchun qo’shimcha xarajatni, ko’p hollarda, defitsitni vujudga keltiradi. Jamg‘ariluvchi model (funded system) sug‘urta tamoyiliga asoslangan – pensiya to’lovi qatnashchilarning mehnat faoliyati daomida shakllangan jamg‘armasidan amalga oshiriladi, ko’pchilik tadqiqotchilar jamg‘ariluvchi tizimda shaxsiy hisoblarni yo’lga qo’yish zarurligini ta’kidlasalarda, Shvesiya, Singapur va Malayziya tajribasidan aytish mumkinki, jamg‘ariluvchi pensiya tizimi doirasida mablag‘ jamg‘arish va joylashtirishni shaxsiy hisoblarni yuritmasdan markazlashgan jamg‘armalar sharoitida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday model o’rtacha va yuqori darajadagi maosh bilan ishlovchilarga o’z bo’lajak pensiyasining darajasiga faol ta’sir ko’rsatish (avvalgi maoshi darajasiga mos darajada pensiya olishni rejalashtirish) imkoniyatini
beradi.

  • Pensiya tizimiga ta’sir yetuvchi ijtimoiy, iqtisodiy va demografik omillarini chuqur o’rgangan holda milliy pensiya tizimini isloh yetishda quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

  • Pensiya tizimiga ta’sir yetuvchi omillarni o’rgangan holda milliy pensiya tizimini isloh qilish;

  • Davlat pensiya tizimidan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga o’tishni rag‘batlantirish;

  • Aholini pensiyaga bo’lgan qiziqishini orttirish maqsadida xorij tajribasi asosida pensiya hisoblashning ballik tizimiga o’tish;

  • Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini AT Xalq bankidan olish va aholining o’z ixtiyori orqali istalgan tijorat bankida yuqori foiz yevaziga jamg‘arib borishini yo’lga qo’yish;

  • O’zbekistonda ham davlat tomonidan nazorat qilinadigan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi bilan birgalikda nodavlat pensiya fondlarini ham joriy yetish.

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni.

Download 26,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish