Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
 
 
 
 
 
 
 
2.3.-rasm. Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish usullari
19
 
Moliyaviy nazorat mexanizmini amalga oshirish usullaridan foydalanishni 
takomillashtirish bilan moliyaviy nazorat yaxshilanadi. Xujjatlar asosidagi nazorat 
usullari rasmiy va arifmetik tekshiruv, yuridik baholash, mantiqiy nazorat, muqobil 
tekshirish, hisobotlarning sanoq bahosi. Faktlar bo’yicha nazorat usullari: 
ro’yxatga olish, ekspertiza, ko’z bilan kuzatish, nazorat o’lchovi, nazorat tariqasida 
ishga tushirish, vaqtni aniq o’lchash, ish kuni taqsimlanishini o’rganish, 
laboratoriya tahlilidan iborat. 
2.3.Pensiya tizimida moliyaviy nazoratning ahamiyati 
Moliya, byudjet, soliq intizomiga etarli darajada rioya qilinmayotganligi va davlat 
mablag’larini maqsadsiz ishlatilishida ko’psonli holatlarning mavjudligi barcha 
mamlakatlarda davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish zarurligini ko’rsatmokda. 
Iktisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo’qki, moliya sohasida davlatning 
nazorat organlari mavjud bo’lmasin. 
Davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati uning bajarayotgan 
funktsiyalarda namoyon bo’ladi. Aksariyat adabiyotlarda uning asosiy ikkita 
19
Efimova E.P. Metodologicheskie osnovi gosudarstvennogo finansovogo kontrolya. Monografiya. –Moskva. // 
Ekonomika. 2009. - S 22.
Davlat moliyaviy 
nazoratini amalga 
oshirish usullari 
Tekshiruv 
Audit 
Monitoring 
Tadqiq 
etish 
Taftish 
Moliyaviy 
tahlil 


41 
funktsiyasi: taqsimlash va nazorat ko’rsatiladi. Davlat aynan byudjetning 
taqsimlash funktsiyasiga tayanib, ixtiyoridagi markazlashgan moliya resurslarini 
shakllantiradi va u yordamida umumdavlat ehtiyojlarini pul resurslari bilan 
ta’minlaydi. Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni qanday 
amalga oshirilayotgani haqida moliyaning nazorat funktsiyasi xabar berib turadi. 

O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksiga muvofiq, Davlat byudjeti kassa 


ijrosini to’g’ri amalga oshirilishi, byudjet mablag’larining moliyaviy nazoratini 
amalga oshirishni talab qiladi. Davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimi joriy 
etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish byudjet 
tashkilotlari, byudjetdan mablag’ oluvchilar, davlat maqsadli jamg’armalari bilan 
birgalikda g’aznachilik organlariga ham yuklatildi. 
Davlat maqsadli jamg’armalari moliyaviy barqarorligini ta’minlash quyidagi 
asosiy vazifalarni hal etish bilan bog’liq: davlat maqsadli jamg’armalarining 
boshqaruvchi organlar faoliyati samaradorligiga; davlat moliyaviy nazoratining 
samaradorligiga; 
mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
keng 
ko’lamli 
islohotlarga; mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida kichik biznes va 
tadbirkorlikning ulushini kattaligini hisobga olib, ushbu sub’ektlar rivojlanishi va 
ko’lamini kengayishi uchun shart-sharoit; davlat maqsadli jamg’armalarni 
qo’shimcha daromad manbalarini kengaytirish; davlat maqsadli jamg’armalar 
faoliyati bilan bog’liq tizimida samaradorlik va tejamkorlik printsiplari asosida 
o’zgarishlar kiritish; davlat maqsadli jamg’armalar faoliyatiga doir huquqiy bazani 
takomillashtirish.
Davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining yagona 
rejasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi, 
tasdiqlanadi va ijro etiladi. Davlat byudjetining g’azna ijrosi qonun hujjatlarida 
belgilab 
qo’yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy 
bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi. G’aznachilik bilan davlat soliq, bojxona 
xizmati organlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, 
byudjetdan tashqari fondlar, davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi 


42 
organlar, Davlat byudjetida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik shaxslar, 
shuningdek byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilari Davlat byudjetining g’azna 
ijrosi sohasidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda almashib 
turadi. Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar, mahalliy 
byudjetlar, Davlat byudjetida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik shaxslar, 
shuningdek byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilari Moliya vazirligi 
G’aznachiligiga taqdim etilgan ma’lumotlarning to’g’riligi va asosliligi uchun 
javobgar bo’ladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 noyabrdagi 
“O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi Nizomni tasdiqlash 
to’g’risida”gi 553-son Qarori qabul qilindi. Mazkur Nizomga muvofiq, Moliya 
vazirligi O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini 
kelishilgan yagona moliyaviy, soliq, valyuta va narx-navo siyosatini shakllantirish 
ishlarini olib borishga, oltin zaxirasini ko’paytirish yo’li bilan O’zbekiston 
Respublikasining moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga, respublika iqtisodiyotini 
sog’lomlashtirishga, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida narx-navoni 
tartibga solishning iqtisodiy usullari rolini kuchaytirishga va aholini ijtimoiy 
himoya qilishga yo’naltiradi. Xalq xo’jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag’ 
bilan ta’minlaydi, respublika mintaqalarining yaxlit ishlab chiqarish va ijtimoiy 
taraqqiyoti uchun moliyaviy negiz yaratadi.
 
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, 
«Barchamizni oq yuvib, oq taragan, ona yurtimizning og’ir yukini, uning quvonch 
va tashvishini umr bo’yi elkasida ko’tarib kelgan mo’’tabar bobolarimiz va 
momolarimizni, ota-onalarimizni rozi qilish, ularning duosini olish – dunyodagi 
eng ulug’, eng savobli ish. …2015 yilga «Keksalarni e’zozlash yili» deb nom 
berib, uni mana shunday pok niyat va harakatlar bilan boshlayotganimiz 2015 


43 
yilning tinchlik va osoyishtalik, farovonlik va to’kinlik yili bo’lishiga, uning 
yanada mazmunli o’tishiga munosib hissa bo’lib qo’shiladi»
20

Moliyaviy nazorat qilish ob’ektlariga ko’ra: byudjet nazorati, davlat maqsadli 


jamg’armalari, byudjetdan tashqari fondlar yuzasidan nazorat, soliq nazorati, 
valyuta nazorati, kredit nazorati, sug’urta nazorati, investitsiya nazorati, pensiya 
nazorati, pul massasi nazoratidan iborat.
Moliyaviy nazoratning muhim shakllaridan biri byudjet nazorati hisoblanadi. 
Byudjet nazorati orqali davlat va mahalliy xokimiyat organlari muntazam ravishda 
tasdiqlangan jamlangan byudjetning daromad va xarajatlar rejalarini to’liq va 
sifatli bajarilishini nazoratga olish, ularning bajarilishiga ta’sir qiluvchi turli salbiy 
omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun zudlik bilan zarur chora-tadbirlar 
belgilash imkoniyatiga ega bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
-
fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
yo’nalishlarini ishlab chiqish; 
-
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlarining 
mutanosibligini ta’minlash; 
-
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tomonidan unga yuklangan 
vazifalar va funktsiyalarning, ayniqsa, pensiyalarni va boshqa tegishli 
to’lovlarni tayinlash va to’lashning belgilangan qoidalarini qo’llash 
yuzasidan bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish. 
Moliya vazirligi huzurida Nazorat-taftish bosh boshqarmasi “O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy 
nazorat-taftish boshqarmalari to’g’risida”gi Nizomga asosan faoliyat yuritadi. 
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining asosiy vazifasi byudjet 
jarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat 
20
Karimov I. Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo’limizni 
qat’iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir. O’zbekiston Respublikasi Prezedenti I. Karimovning 
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq 
so’zi. 2014 yil. 5 dekabr.


44 
qilishdir. Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari o’z ish-faoliyatini 
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejalariga asosan amalga 
oshiradi. Moliya vazirligi huzurida Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan 
zarur bo’lgan hollarda, moliya organlari va byudjet muasasalari faoliyatini rejadan 
tashqari taftish va tekshiruvdan o’tkazishadi, maxsus vakolatli organ ruxsati bilan 
esa, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini taftish va 
nazorat qilinadi. 
Bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz rivojlanib borish bilan birga, ijtimoiy himoyalash 
va kafolatlashning kuchli, tizimli va ta’sirchan mexanizmini yaratish va ijtimoiy 
barqarorlikka erishish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 4161-sonli Farmoniga muvofiq, pensiya va nafaqalarni tayinlash, 
to’lovini monitoring qilish, ularni hisobini yuritish O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi huzurida tashkil etilgan byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasining hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasini boshqarish bo’yicha quyidagi funktsiyalar yuklatildi: 

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari kelib tushishi va ularni 
sarflashning har yilgi hamda choraklar bo’yicha prognoz balanslarini 
shakllantirish; 

pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan to’lanadigan 
nafaqalarni o’z vaqtida hisoblash va to’lash; 

pensiyalar, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalarni to’lash xarajatlarini 
mablag’ bilan ta’minlash; 

pensiyalar, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalarni to’g’ri hisoblanishini 
hamda o’z vaqtida to’lanishini nazorat qilish. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish