2.4.O’zbekiston Respublikasida pensiya tizimi nazoratini shakllantirishning
o’ziga xos xususiyatlari va asosiy vazifalari
45
Har bir mamlakatda davlat alohida sub’ekt bo’lishi bilan birga jamiyatni
boshqaruvchi asosiy o’zak hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shuni
unutmaslik zarurki, davlat daromadlarini doimo ko’paytirish bilan bir katorda
xarajatlar samaradorligini oshirib borish zarur. Moliyaviy nazoratni davr talabiga
mos ravishda tashkil etish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish
mumkin. Xarajatlar samaradorligini yaxshi va to’liq yo’lga qo’yishda moliyaviy
nazoratni odilona va oqilona tashkil etish lozim. Moliyaviy nazoratdan eng ko’p
samara uning barcha shakllarini o’zaro harakatida erishilishi mumkin. Ayniqsa, bu
byudjet mablag’larini talon-taroj qilishga qarshi kurashda zarur. Sodir bo’layotgan
o’g’irliklarning oldini olish, bunday holatlarning sabablarini aniqlash, kelgusida
ularga yo’l qo’yilmasligi uchun o’zaro bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar tizimini o’z
ichiga qamrab olishi kerak.
Iqtisodiyotni turli tarmoqlari bilan byudjetning ko’pqirrali aloqalarini byudjet
ko’rsatkichlarining aniq manzilli xarakteri ifodalaydi. Byudjet mablag’larini
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida to’g’ri ishlatilishini nazorat qilishga asos
yaratadi. Byudjetni daromadlar va xarajatlar ko’rsatkichlari tizimi orqali nazorat
qilinadi. Mamlakatimiz mustaqillikni qo’lga kiritgach, eng avvalo, erkin bozor
iktisodiyotiga o’tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, jahondagi rivojlangan davlatlar
tajribasini o’rganib bozor infrastrukturasini yaratish yo’lida muhim strategik
maqsadlar ishlab chiqildi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida va bozor
munosabatlari rivojlangan taqdirda ham moliyaviy nazoratning salohiyati
pasaymasdan, balki, oshib boradi. Bu sharoitda moliyaning o’zi kabi moliyaviy
nazoratning ham maqsad va vazifalari, shakllari tubdan o’zgaradi. Endi u fakatgina
jazolovchi organ sifatida emas, balki davlatning o’z vazifalarini bajarish uchun
zarur bo’lgan mablag’larni to’liq to’planishi, byudjet mablag’laridan maqsadga
muvofiq, samarali xarajat qilishni nazorat qilish, maslahat va ko’rsatmalar berish
kabi vazifalarni bajaradi.
Pensiya ta’minoti moliyaviy resurslarni qayta taqsimlashning yirik oqimi bo’lib,
iqtisodiyotda mahsulotlar, resurslar va daromadlarning makroiqtisodiy doiraviy
46
aylanishiga, aholining iqtisodiy faolligini rag’batlantirishga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Pensiya tizimi bilan iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uzviy bog’liq bo’lib, to’g’ri
tashkil etilgan pensiya tizimi iqtisodiyotni investitsiyalashning moliyaviy manbasi
bo’lib xizmat qilishi mumkin. O’rta istiqbolda pensiya tizimi samaradorligini
oshirish mezonlari
aksariyat band aholini pensiya tizimi bilan qamrab olish, pensionerlarga pensiyaga
chiqqunga qadar bo’lgan davrdagi turmush darajasi bilan qiyosiy taqqoslanadigan
munosib turmush farovonligi va sifatini ta’minlaydigan moliyaviy barqarorlikdan
iborat bo’lishi lozim.
O’zbekiston Respublikasida pensiya tizimidagi islohotlarni olib borishda bu
boradagi xorijiy tajribani har tomonlama o’rganish, jahon mamlakatlarida
aholining ijtimoiy himoyasiga xizmat qiladigan, keksaygan paytida fuqarolarga
munosib turmush sharoitlarini ta’minlaydigan, shu bilan birga, bozor sharoitlariga
mos bo’lgan, fuqarolarning o’z farovonligini ta’minlashdagi mas’uliyatini
oshirishga xizmat qiladigan mukammal pensiya ta’minoti tizimini shakllantirish va
uning iqtisodiy-moliyaviy asoslarini mustahkamlash masalalari islohotlarning
diqqat markazidagi dolzarb masalalari qatorida turibdi.
Xorijiy mamlakatlarda jamiyat rivojlanishi va ijtimoiy aloqalar murakkablashishi
bilan ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lgan fuqarolar qatoriga iqtisodiy sabablar
oqibatidagi ishsizlar, kambag’allar, shuningdek, inflatsiyaning yuqori sur’atlaridan
moddiy ahvollari og’irlashganlar kiradi. Bunday toifadagi fuqarolarni ijtimoiy
jihatdan qo’llab-quvvatlash jamiyat miqyosida muayyan moliyaviy resurslarni
jamlash va ijtimoiy ta’minot maqsadlariga safarbar qilishni talab etadi. Bu
maqsadlardagi moliyaviy resurslar nazorati kuchaytiriladi. Frantsiyada pensiya
ta’minoti taqsimlash xarakteriga ega. Pensiyalar to’lanishi kasaba tashkilotlari yoki
ishchilar uyushmalari hamda ish beruvchilar tomonidan davlat boshchiligida
nazorat qilinadi. Pensiya ajratmalari majburiy hisoblanib, ishchi-hizmatchilar va
ish beruvchilar o’rtasida taqsimlanadi.
Milliy pensiya tizimi mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishidagi o’ziga xos
xususiyatlarni hisobga olgan holda shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyotida ishlab
47
chiqarishning qisqarishi, aholi turmush darajasining pasayishi, ijtimoiy himoyaga
muhtoj fuqarolar sonining ortishi va boshqa qator holatlar fuqarolarning pensiya
ta’minoti tizimini yaratish va pensiya miqdorini doimiy ravishda qayta ko’rib
borish zarurligini taqozo etadi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish pensiya
ta’minotini bozor munosabatlari talablariga moslashtirishga qaratilgan. Bu talablar
birinchi navbatda pensiyalarni tayinlashda mehnat staji davomiyligining
ahamiyatini yanada oshirishni nazarda tutadi. Byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasi mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish va
uning monitoringini samarali tashkil etish zarur. Hozirgi iqtisodiy sharoitda
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri pensiya
ta’minoti tizimini isloh qilish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash
hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratning maqsadi-tekshirilayotgan ob’ektdan amaldagi moliyaviy
qonunchilik
talablariga
qay
darajada
rioya
etilayotganligini
aniqlash,
qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda uni bartaraf qilish choralarini ko’rish,
aybdor shaxslarni va ularning javobgarligi masalalarini hal etish, kelgusida
shunday qonunbuzarliklar yuz berishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida salbiy shart-
sharoitlarga barham berish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi
idoraviy jihatdan O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga qarashli hamda o’z faoliyati to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining birinchi o’rinbosari - Moliya vaziriga, Jamg’armaning Kuzatuv kengashi
raisiga hisob beradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
–
fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy ta’minotga va ijtimoiy
sug’urtaga bo’lgan huquqlarini amalga oshirish;
–
maxsus, maqsadli, hisobraqamlarida davlat ijtimoiy sug’urtasiga majburiy
badallar va ajratmalarni jamlash;
–
qonun hujjatlariga muvofiq pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, shuningdek,
48
ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar to’lashga xarajatlarni mablag’ bilan
ta’minlash.
Pensiya jamg’armasi
ijro etuvchi apparatining, uning hududiy boshqarmalari,
tuman (shahar) bo’limlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi,
tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari ta’minoti respublika byudjeti mablag’lari
hisobiga amalga oshiriladi. Jamg’armaning daromadlari bo’yicha, Jamg’arma
mablag’lari bo’yicha majburiy to’lovlar, badallardan mablag’larni hamda boshqa
to’lovlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligidagi
Yagona g’azna hisobvarag’iga jamlaydi. Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar,
kompensatsiya va boshqa to’lovlarga xarajatlarni moliyalashtirishni ta’minlaydi.
Badallar va boshqa to’lovlar tushishi hisobini olib boradi, shuningdek yuridik
shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslarning hamda
dehqon xo’jaliklari a’zolarining mehnat daftarchalarini belgilangan tartibda
yuritadi va saqlaydi. Hozirgi kunda milliy pensiya tizimini moliyaviy
mustahkamlash uchun zahira fondi mavjud. Zahira fondi kamida ikki-uch oylik
pensiyalar summasi hamda ijtimoiy nafaqa to’lovlari miqdorining ta’minlashga
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |