133
qismni tashkil etsada, ulardan keyin Filippinlar, Hindlar, Vietnamlar, Koreyaliklar
va Yaponlar guruxituradi. Faqatgina turli xilshevada gapiruvchi Ispanlardan farqli
o’laroq, bu guruh vakillari tili bir birinikidan keskin farq qiladi.
Osiyolik iste’molchilar ko’p xarid qilishadi va boshqa millat vakillaridan
farqli o’laroq, bitta brendga va bitta mahsulotga juda sodiq bo’lishadi. Shu
sababdan, ko’p korxonalar shu guruh vakillariga o’z e’tiborlarini qaratmoqdalar.
Misol uchun, Subaru kompaniyasining asosiy xaridorlari Osiyoliklar, aniqroq qilib
aytganda Amerika Xitoyliklari bo’lganliklari sababli, korxona aynan shu guruhga
bor e’tiborini qaratgan.
57
84-rasm
Ko’p hollarda, marketologlar xaridorlarni ularda muammo borligiga
ishontirishadi va shu mahsulot shu muammolarni hal qilishga yordam berishini
ta’kidlashadi.
Misol uchun, Quill.com ning mashhur reklamasi, xaridor ko’p hollarda
uchraydigan muammosini ko’tarib chiqadi: Printeringiz siyohi tugab qolsa, nima
qilish kerak. Reklamadagi vizual effektlar, mavzuni hiralashtirib va yana paydo
qilib, juda ham samarali tarzda, ham muammoni ham yechimni ko’rsatadi.
“Siyohingiz tugab qolsa, biz uni tezlik bilan almashtirib beramiz” deb yoziladi,
Quill.com da.
58
Tadbirkor xaridorlar qaror qabul qilish jarayonida ko’pgina ta’sirlar duchor
bo’lishadi. Ayrim iqtisodchilar bu ta’sirlarni iqtisodiy deb ta’kidlashadi. Ular,
xaridorlar eng yaxshi mahsulot yoki xizmatlarni eng past narxlarda yetkazib
beruvchilar bilan hamkorlik qilishadi deb o’ylaydi. Iqtisodiyotda turg’unlik
davrlarida, bunday omillar xaridor uchun juda muhim hisoblanadi. Zero, tadbirkor
xaridorlar aslida ham iqtisodiy ham insoniy omillarni hisobga olishadi. Tadbirkor
xaridorlar ham odam, jamiyat a’zolari. Ular ham sabab ham xis tuyg’uga
asoslanishadi. Ko’pgina marketologlar tadbirkor xaridorlar qaror qabul qilish
jarayonlarida xis tuyg’u muhim rol o’ynashini tan olishmoqda.
57
Phillip Kotler, Gary Armstrong. Marketing asoslari. 15-nashr. Darslik. “Pearson Education Limited” nashriyoti.
2014 yil. 206-b.
58
Phillip Kotler, Gary Armstrong. Marketing asoslari. 15-nashr. Darslik. “Pearson Education Limited” nashriyoti.
2014 yil. 166-b.
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar,
iste’molchilar va shu bilan birga boshqa soha xodimlari
ham marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va
undan
samarali foydalanishlari lozim.
134
Reklama faoliyatining kelib chiqish tarixi qadimga borib taqaladi. Eng qadim
davrlarda kurash tushuvchi polvonlarni davrada va boshqa joylarda ularning janglari
haqida jar solib gapirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: