“Kasbiy ta`lim” kafedrasi


Reklamada  shaxsiy  muloqot



Download 5,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/437
Sana14.01.2022
Hajmi5,28 Mb.
#361068
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   437
Bog'liq
KASBIY PSILGIYA 1KURS

Reklamada  shaxsiy  muloqot.
  Bevosita  tadbirkor  –  xarid  jarayonining 
ma’lum  bir  bosqichlarida,  ayniqsa,  xaridorning  o‘zi  sotayotgan  tovarni  afzal 
ko‘rishiga  erishish  va  uni  sotib  olishga  undash  kerak  bo‘lganda  eng  samarali 
kommunikatsiya vositasi hisoblanadi.  
Shuning  uchun,  soddaroq  vazifalar  kommunikatsiyaning  arzonroq  texnik 
vositalari orqali uzatilgan sari, tadbirkorlik faoliyatining strategik marketingdagi roli 
kuchayib  boradi.  Reklama  qilinishi  lozim  bo‘lgan  obyekt  ham  nihoyatda  ehtiyot 
bo‘lib  va  sinchkovlik  bilan  aniqlanadi.  Bunda,  masalan,  tovarning  qanchalik 
xaridorga  mos  kelishi,  uning  ehtiyojini  qondirish  xususiyatlari  tahlil  qilinadi.  Bu 
tovar  reklama  qilinar  ekan,  uning  jamiyatga,  atrof-muhitga  zararsizligiga,  ayniqsa, 
alohida e’tibor beriladi.  
86-rasm 
 
 
Tovar  va  firmalar  reklamasida  ham  shunga  o‘xshashlik  jihatlar  uchraydi. 
Lekin  ularning  sifat  ko‘rsatkichi  yillar  davomida  orttirgan  obro‘si,  markasi  har 
qanday  reklamadan  ham  yuqori  turadi.  Masalan,  Mersedes-bens,  Toyota,  Ford, 
Adidas,  Koka-kola  kabi  nomlar  millionlab  xaridorlar  uchun  tovarning  nomidan 
ko‘ra afzal va qadrliroqdir. Chunki tovar eskirishi, modadan qolishi va yo‘q bo‘lib 
ketishi  mumkin.  Biroq  uning  chidamliligi,  sifatliligi,  ilg‘or  konstruksiyasi,  go‘zal 
dizayni, did bilan o‘rab joylanishi va boshqa yaxshi tomonlari uning o‘rniga ishlab 
chiqarilgan  tovarda  namoyon  bo‘lishi  va  keyingilarida  qaytarilishi,  xaridor 
xotirasida qoladi va tovarga nom berishga asos bo‘ladi. Bu sifatlar reklama organlari 
tomonidan tovarning marka timsoliga aylantiriladi. 
                                                 
60
 Phillip Kotler, Gary Armstrong. Marketing asoslari. 15-nashr. Darslik. “Pearson Education Limited” nashriyoti. 
2014 yil. 169-173b. 
 
 
 
 
Reklama talabga ega bo‘lmagan tovarlarni sotilishini tezlashtirish uchun  
ishlatilgan. Bozorning shakllanishida boshlangan yangi jarayon  
reklamadan foydalanish va rivojlanishida o‘ziga xos yangi yo‘llarini talab 
qiladi. 


137 
 
Reklama  yo‘naltirilayotgan  xaridor  va  bo‘lajak  xaridorlarga  ham  aniq 
bo‘lmog‘i lozim.  
Masalan,  modali  shimni  yoki  sport  yengil  avtomashinasini,  asosan,  yoshlar 
xarid  qiladilar,  shunday  ekan,  ularning  reklamasi  televideniyeda  yoshlar  uchun 
beriladigan  ko‘rsatuvlar  oralig‘ida  berilmog‘i,    ayollar  bijuteriyasining  reklamasi, 
ularga  bag‘ishlangan  ko‘rsatuvlar  oralig‘ida  berilsa  maqsadga  tezroq  erishiladi. 
«Neksiya» yengil avtomashinasini yoki maxsus tikuv, to‘quv, presslash stanoklarini 
televideniyeda yoshlar uchun maxsus reklama qilish, ko‘zlangan natijani bermasligi 
mumkin, chunki ularning har birini o‘z iste’molchisi, xaridori bor.  
Reklama qiluvchi Tovar xaridorlarining kayfiyatini, ularning orzu-umidlarini, 
qiziqishlari  va  daromadlarini  ham  e’tiborga  olmog‘i  lozim.  Shularni  hisobga  olish 
maqsadida  ishlab  chiqarish  firmalari  qoshidagi  marketing  bo‘limining  reklama 
guruhlari  yoki  maxsus  reklama  bilan  shug‘ullanuvchi  firmalar  (agentliklar) 
xaridorlar bo‘yicha ma’lumotlar banki tuzadilar va uni saqlaydilar. Bu bank doimo 
yangilanib va to‘ldirilib turiladi. 
So’nggi  yillarda,  onlayn  ijtimoiy  tarmoqlar  ko’rinishidagi  ijtimoiy 
muloqotning  yangi  turi  sahnaga  chiqdi.  Onlayn  ijtimoiy  tarmoqlari,  insonlar  o’z 
ma’lumoti va fikrini ulashuvchi onlayn jamiyatlari hisoblanadi. Ijtimoiy tarmqolar 
bloglar (Gizmodo, Zinhabits), xatlar chun (Craiglist) kabilardan tortib, veb saytlar 
(Facebook,  Twitter,  Foursquare),  virtual  hayot  (Second  world)larni  o’z  ichiga 
oladi.  Marketologlar  shu  iste’molchilar  bilan  yaqinroq  munosabat  o’rnatish, 
mahsulotni 
targ’ibotqilish 
maqsadida 
“veb 
dunyosi”ni 
o’zlariga 
bo’ysundirishmoqchi.  Bir  tomonlama  ma’lumot  yuborish  o’rniga,  ijtimoiy 
tarmoqlarda  iste’molchilar  bilan  yaqin  aloqada  bo’lish,  suhbatlarida  qatnashish, 
ancha samaraliroq deb hisoblashmqodalar. 
 
Misol  uchun,  “Red  Bull”ning  Facebookdagi  a’zolari  8.4  milliondan  ortiq. 
Twitter  va  Facebookda  yuqori  maktab  o’quvchilari,  talabalar  bilan  muloqotda 
bo’lishning  eng  yaxshi  yo’li  hisoblanadi.  JetBlue  o’z  xaridorlari  bilan,  Twitterda 
muloqotda bo’ladi. 
 
Coca – Cola kompaniyasi yaqinda Edition 206 ni yo’lga qo’ydi, bunga ko’ra 
kompaniya  uchta  “Baxt  elchilari”ni  tanlab  olib,  ularga  365  kun  davomida  206  ta 
mamlakat  bo’ylab  yurib,  dunyo  bo’ylab  xaridorlarni  nima  baxtli  qilishini  aniqlab 
ma’lumotlarni  Facebook,  Twitter,  Youtube,  Flickr  kabi  ijtimoiy  tarmoqlarda  va 
Expedition 206 veb saytida ulashishdi.
 
Ba’zi kompaniyalar, ijtimoiy tarmqolarda kuchli o’rnashib olishdi. Tabiatga 
zarar  yetkazmaydigan  har  kunlik  oyoq  kiyim  va  soatlarni  ishlab  chiqaruvchi 
Timberland,  o’zida  tabiatni  asrovchilarni  birlashtiruvchi  onlayn  ijtimoiy 
jamoatchiligini tashkil qildi. (community.timberland.com)
 
Zero,  marketologlar  ijtimoiy  tarmoqlarda  ehtiyotkorlikni  unutmasliklari 
darkor. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilar tomonidan boshqariladi, shu sababdan  
marketing harakatlari salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
61
 
                                                 
61
 Phillip Kotler, Gary Armstrong. Marketing asoslari. 15-nashr. Darslik. “Pearson Education Limited” nashriyoti. 
2014 yil. 173-181b. 
 


138 
 
Marketing  tadbirlari  qaysi  firma  tomonidan  o’gkazilishidan  qat’iy  nazar  – 
«Procter  &  Gamble»  kompaniyasi ko’pgina  insonlar  ortiqcha vaznga  ega bo’lgani 
va  bunga  qaramasdan  o’z  sevimli  taomlaridan  voz  kecha  olmasliklarini  payqagan 
holda  ularga  yangi  «Olestra»  mahsulotini  ishlab  chiqdi  va  taklif  qildi;  Car  Max, 
foydalanilgan avtomobillar xaridorlarining aniqlik va ishonchga intilishlarini sezgan 
holda  ushbu  guruh  mahsulotlari bilan  savdo  qilishning  yangi  tizimini  yaratdi;  yoki 
IKEA  kompaniyasi,  ko’pgina  iste’molchilarning  sifatli  va  arzon  mebel 
mahsulotlariga  ehtiyojini  aniqlab,  uni  ishlab  chiqarish,  dizayn  va  savdosining 
yangicha  tamoyillarini  ishlab  chiqdi.  Bularning  barchasi,  shaxsiy  yoki  jamiyat 
ehtiyojlarini qondirish vositasi bilan foydali biznes imkoniyatlarini amalga oshirish 
uchun marketingni qo’llash maqsadga muvofiqligini yaqqol namoyon qiladi.
 

Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish