Reorientatsiya psixologik muammo sifatida - Reorientatisya bu nisbatan yangi zamon tushunchasi bo’lib bu hozirgi zamonda texnologik yuksalishlar va iqtisodiy inqirozlar sababli ish o’rinlari bo’shatilishi orqali vujudga kelmoqda va nuqtada reorientatsiya yani insonning kasbi, proffesiyasini o’zgartirish amalga oshiriladi va ba’zida inson o’z kasbidan qoniqmasligi yoki toliqishi sababli ham o’z kasbini ozgartirishni istaydi. Hozirgi kunda O’zbekistonda bu jarayon nisbatan yaxshi yo’lga qo’yilmagan va to’g’ri kelgan kasb tanlanadi. Aslida reorentatsiya uchun bazi psixologik tamoillar mavjud bular:
1. SHaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari. - 1. SHaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari.
- 2. Xissiy jabhalari va irodaviy sifatlari.
- 3. Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari.
- 4. Ehtiyoji, motivi, motivatsiyasi, motivirovkasi.
- 5. Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati.
- 6. Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarog’ligi.
- 7. Iqtidori (iste‘dodi), qobiliyati, salohiyati.
- 8. Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, mahorati.
- 9. Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e‘tiqodi).
- 10. Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi.
- 11. Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovatsiyaga nisbatan munosabati.
- 12. Ijtimoiy etukligi, tashkilotchilik qobiliyati.
- 13. Ekstrovertligi va introvertligi.
- 14. Yuksak insoniy tuyg’ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi.
- 15. Fidoiylik, altristik, vatanparvarlik fazilatlari usutvorligi va boshqalar.
Yuqorida sanab o’tilgan mezonlar bo’yicha tekshirish ishlari bir nechta metodlar, metodikalar orqali ko’p seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi. Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga shaxslararo munosabatga (oid), maxsus ishlab chiqilgan materiallardan, maqsadli vaziyatlardan qiyinlashtirilgan topshiriqlardan, muammolardan psixologik treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi. - Yuqorida sanab o’tilgan mezonlar bo’yicha tekshirish ishlari bir nechta metodlar, metodikalar orqali ko’p seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi. Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga shaxslararo munosabatga (oid), maxsus ishlab chiqilgan materiallardan, maqsadli vaziyatlardan qiyinlashtirilgan topshiriqlardan, muammolardan psixologik treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi.
- Olingan natijalar sifat va miqdor jihatdan tahlil qilingandan keyin muayyan xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida reorientatsiya sub‘ekti roziligida ishga muhtoj shaxs taklif qilingan kasbga yo’naltiriladi. Ish joyining masofasi, uning ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli, muammoli jihatlari yuzasidan mukammal fikr almashiniladi, toki shartnoma qonuniy hujjat ekanligi (qiymatiga) zarar keltirmasin (ba‘zan kelishuvdan voz kechish holatlari ham yuz berib turadi).
- Psixologik kuzatishlarning ko’rsatishiga qaraganda, reorientatsiya (kasb tanlashga yo’llash) kabi bosqichlardan tashkil topgan bo’lib, ular qisqa fursatda (muddatda) o’tishi bilan o’zaro muayyan darajada tafovutlanadi. Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yo’llash, kasbga saralash, kasbiy moslashish tezkorlikda, mukammal o’ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |