Kasbiy psixologiya


§. YUZLASHTIRISH PSIXOLOGIYASI VA UNING O‘ZIGA XOSLIGI



Download 3,02 Mb.
bet95/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

§. YUZLASHTIRISH PSIXOLOGIYASI VA UNING O‘ZIGA XOSLIGI

Yuzlashtirish - tergov harakati bo‘lib, aynan vaqtda shaxsni so‘roq qilishdir. Bu harakatning maqsadi jinoyatga oid muhim holatlar to‘g‘risida avval olingan ko‘rsatmalarda mavjud bo‘lgan qarama-qarshilikni yo‘q qilishdan iboratdir. Bu tergov harakati ikkita ayblanuvchi (gumonla- nuvchi), ayblanuvchi (gumonlanuvchi) va guvoh, ayblanuvchi (gumonla- nuvchi) va jabrlanuvchi, ikkita guvoh, jabrlanuvchilar o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin.

Yuzlashtirish ma’lum ma’noda ruhiy xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqa so‘roq qilish harakatlaridan quyidagilari bilan farq qiladi.

  1. yuzlashtirish paytida murakkab ruhiy munosabatlar vujudga keladi. Tergov ziddiyatli tus oladi, chunki shaxsning birinchi bergan ko‘rsatmalari yuzlashtirish paytida to‘g‘ri kelmasligi mumkin;

  2. yuzlashtirishda so‘roq qilinuvchilardan biri haqiqiy ko‘rsatma bersa, ikkinchisi yolg‘on ko‘rsatma beradi;

  3. yuzlashtirishda jinoyat hodisasi va so‘roq predmetiga aloqador ikkita shaxs uchrashadi.

Yuzlashtirish qatnashchilari ruhiy jihatdan unga tayyor bo‘lishlari lozim. Yuzlashtirishdan avval tergovchi quyidagi tayyorgarlik harakat­larini o‘tkazishi kerak:

  • ko‘rsatmalardagi ziddiyatlarga baho berib, ular ish bo‘yicha ahamiyatga ega yoki ega emasligini aniqlashi kerak;

  • ish bo‘yicha katta ahamiyatga ega ziddiyatlarni bartaraf etish uchun yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazish va uni o‘tkazish to‘g‘risida taktik qarorga kelishi lozim (ziddiyatlar boshqa tergov harakati asosida yo‘q bo‘lishi mumkin emas);

  • yuzlashtirish vaqtini va joyini belgilash;

  • yuzlashtirishda qatnashuvchilarning shaxsini o‘rganish va ular o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash;

  • yuzlashtirish rejasini tuzish lozim va unga yuzlashtirish predmeti, unda ishtirok etuvchi shaxslarning yuzlashtirishda qiladigan xatti-harakat variantlarini tahlil qilish, so‘roqning, savollarning shakli va ketma- ketligini belgilash;

  • yuzlashtirishda ishlatiladigan qayd qiluvchi vositalarni (qalam, qog‘oz, bosma-mashinka, magnitofon, videoyozuv asboblarini, yoritkich- larni va h.k.) tayyorlab qo‘yish;

  • yuzlashtirishga chaqiriladigan shaxslarning tegishli sanada va vaqtda kelishi, shuningdek, yuzlashtirishda boshqa shaxslarning ishtirok etishi zarur deb topilsa (masalan, voyaga yetmagan ayblanuvchining himoyachisi) bunday shaxslarni yuzlashtirishga chaqirish choralarini ko‘rish.

Yuzlashtirish o‘tkazilgani to‘g‘risida bayonnoma tuziladi va unda tergovchining savollari va qatnashchilarning javoblari ketma-ketlikda qayd etiladi. Yuzlashtirishda ko‘rsatmalarni qo‘shimcha qayd qilish uchun magnitofon yoki video yozuv uskunasi ishlatilishi mumkin va bu to‘g‘risida bayonnomada tegishli belgi qo‘yiladi va ularning ishlatilishi haqida qatnashuvchilar yuzlashtirishdan avval ogohlantiriladilar.

Yuzlashtirish jarayoni boshlanishida avval yuzlashtirilayotgan shaxslarning bir-birlarini qanchalik bilishlari va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar o‘rganiladi. Shundan so‘ng ular navbatma-navbat sodir etilgan voqea, hodisa yuzasidan o‘zlarining ko‘rsatmalarini beradilar. Tergovchi haqiqatni aniqlash maqsadida so‘roq qilinayotganlarning bir- birlariga savol berishlariga ruxsat beradi.

O‘z-o‘zidan ma’lumki, so‘roq jarayonida yuzlashtirilayotgan ikki shaxs bir-biriga qarama-qarshi fikrda, nizoli vaziyatda bo‘lishadi. Shu o‘rinda tergovchi birinchi navbatda diqqatini aniq va to‘g‘ri ko‘rsatma berayotgan shaxsning ko‘rsatmalariga qaratishi taktik jihatdan to‘g‘ri hisoblanadi.

Shuningdek, yuzlashtirish jarayonida tergovchi o‘z ruhiy, emotsional- hissiy holatini to‘liq boshqarishi va murakkab, nizoli vaziyatlarda tinchlik va xotirjamlikni saqlashi hamda so‘roq qilinayotgan shaxsni chuqur o‘rganishi natijasida uning shaxsiy xarakteridagi «nozik joylarini» bilishi zarur.

Yuzlashtirish jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy-psixologik effektlar ingibitsiyasi, ya’ni boshqa odamlarning qatnashishi effektidan samarali foydalanish zarur. Ushbu vaziyatda shaxs xulq-atvori (modifi- katsiya) o‘zgaradi, ya’ni u qatnashchilarning ta’siridan yo‘nalish oladi, natijada so‘roq qilinayotganda himoyalanish mexanizmining ustunlik qilishi kuzatiladi.

Yuzlashtirishdan asosiy maqsad tergov jarayoniga qarshi, yolg‘on ko‘rsatma berayotgan shaxsni aniqlashdir. Bizga ma’lumki, aniq ma’lumotlar psixologik ta’sir ko‘rsatish omillari asosida olinadi. Shu ma’noda sodir etilgan voqeani birma-bir, to‘liq tasvirlash qarama-qarshi shaxslarga psixologik ta’sir ko‘rsatishning hal qiluvchi usullaridan biri sanaladi. Shuningdek, yuzlashtirish jarayonida ko‘rsatma berayotgan shaxsga nisbatan hech qanday tazyiq va boshqa psixologik ta’sirlar o‘tkazilishi mumkin emas.

Mavzuga oid savol va topshiriqlar

  1. Tergov harakatlarini olib borishning o‘ziga xos psixologik asoslari nimalardan iborat?

  2. Voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish qanday o‘ziga xosliklarga ega?

  3. Tintuv o‘tkazishga psixologik ta’rif bering.

  4. Tergovchi shaxsidagi professionallik sifatlariga tavsif bering.

  5. Yashirish joylarini tanlashda hisobga olinadigan psixologik omillar nimalardan iborat?

  6. So‘roq qilish jarayoniga psixologik tayyorgarlik ko‘rishda nimalarga e’tibor qaratiladi?

Yuzlashtirish jarayonida ishtirokchilarning psixologik holatiga ta’rif bering

.12-mavzu

JINOYATCHILARNI QIDIRISH VA JINOYATLARNI OCHISH FAOLIYATINING PSIXOLOGIK ASOSLARI


  1. Download 3,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish