Kasbiy psixologiya


§. JINOYATCHILARNI QO‘LGA OLISHDA PSIXOLOGIK OMILLARNI



Download 3,02 Mb.
bet98/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

§. JINOYATCHILARNI QO‘LGA OLISHDA PSIXOLOGIK OMILLARNI

HISOBGA OLISH

Qo‘lga olish - jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsga nisbatan uning jinoyatga aloqadorligini aniqlash hamda unga qamoq tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasini hal qilish maqsadida qo‘llaniladigan qisqa muddatli majburlash chorasi.

Gumon qilinuvchini quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lgandagina qo‘lga olish mumkin:

  • agar shaxs jinoyat sodir etayotganida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushgan bo‘lsa;

  • shohidlar, jumladan jabrlanuvchi bu shaxsni jinoyat sodir etgan shaxs sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatganlarida;

  • gumon qilinuvchining o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida jinoyatning aniq izlari topilganida.

Gumon qilinuvchini qo ‘lga olish - shaxsga majburiy (qonun doirasida) ta’sir ko‘rsatish, uning erkinligini cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan tergov harakati.

Qo‘lga olish vaziyati odatda o‘zining jadalligi, holatlarning tez o‘zgarishi bilan ajralib turadi. U zudlik bilan mas’uliyatli qarorlar qabul qilish, vaziyatni har tomonlama tahlil etish, vaqt tanqisligi sharoitida qat’iyat bilan harakat qilishni talab etadi.

Qo‘lga olish ijrochilari maxsus tayyorgarlik ko‘rgan tezkor xodimlardir. Biroq bir qator hollarda ushlash dalillarni topish, qayd etish va olish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi sababli, tergovchining unda ishtirok etishi zarur bo‘ladi. Tergovchi bunday vaziyatda tergov harakatining tashkilotchisi va rahbari hisoblanadi.

Qo‘lga olishda ushlanayotgan shaxsning psixologik xususiyatlarini, uning muayyan vaziyatlarda ehtimol tutilgan harakatlarini inobatga olish zarur. Bularning bari muayyan kasbiy bilimlarga ega bo‘lishni, refleksiv, nostandart fikr yuritishni, ushlanayotgan shaxs xatti-harakatlarini oldindan ko‘rishni talab etadi. Bunda ushlanayotgan shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasi, jismoniy va hissiy-irodaviy xislatlari (tajovuzkorligi, dadilligi va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar muhimdir. Qo‘lga olinayotgan shaxsning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari - uning g‘ayriijtimoiyligi (retsidivligi), axloqsizligi, psixopatik jihatlari (affektivligi) va boshqa- larning darajasini ham inobatga olish muhimdir. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda ushlash joyi, vaqti va usuli haqida qaror qabul qilinadi. Ushlash ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash uchun choralar ko‘rilishi kerak.

Mazkur tergov harakatini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun ushlana­yotgan shaxsning ayni paytdagi ruhiy holatini ham hisobga olish lozim. Yuqori darajadagi xavflilik, zo‘riqish, umidsizlik, nafrat, affekt, stress, frustratsiya, shuningdek, alkogol va narkotiklardan mastlik keskin jismoniy harakatlar qilinishiga, tajovuzkor qarshilik ko‘rsatish yuzaga kelishiga sharoit yaratadi.

Tajovuzkor, qurollangan jinoyatchini ushlash favqulodda xususiyatga ega bo‘lmagan hollarda (agar, masalan, jinoyatchining yo‘li to‘silgan va u yashirinish va atrofdagilarga zarar yetkazish imkoniga ega bo‘lmasa) ushlashni haddan tashqari tezlashtirmaslik kerak - chorasizlik holatini cho‘zish ushlash uchun qulay ruhiy sharoit yaratadi.

Qurollangan huquqbuzarlarni qo‘lga olishda quyidagilar amalga oshiriladi:

  • qo‘lga olish joyini to‘sish;

  • to‘silgan hududda jamoat tartibi saqlanishini kuchaytirish;

  • qo‘lga olish hududidagi rejimli tadbirlar;

  • qo‘lga olish hududidan begona fuqarolarni chiqarib yuborish;

qo‘lga olish, to‘sish, himoyalash va zaxira guruhlarini shakllantirish

  • ;tibbiy va boshqa ta’minot guruhlarini shakllantirish;


  • Download 3,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish