Texnologlar ham terrorchi tashkilotlarning a’zolar bo‘lib, ularning asosiy vazifasi teraktlarning sodir etilishini texnik jihatdan ta’minlab berish hisoblanadi. Aniq terrorchilik xatti-harakatlarini sodir etish uchun shart-sharoitlarni tayyorlash va portlovchi moslamalarni yaratish sohasida texnik, hamda boshqa malakalarga ega bo‘ladilar. Kimdir Terrorchilar uchun soxta hujjatlar, kimdir transport vositasi va samolyot uchun chipta, yana kimdir portlovchi moslamalar uchun omborxonalar tayyorlaydi.
Uchinchi kategoriyadagi shaxslar terrorchi tashkilotning eng quyi pog‘onalarida turadilar va ularning asosiy vazifasi bevosita teraktlarni amalga oshirish hisoblanadi. Bular portlovchi moslamani hodisa joyiga olib boruvchi, masofada turib portlovchi moslamani harakatga keltiruvchi, o‘limdan qaytmaydigan yo‘l ko‘rsatuvchilar, o‘zini «qurbon» yoki «shahid» qiluvchi ayol va erkaklardir.
Tajovuzkor tip toifasidagi odamlar zo‘rlashga, o‘ldirishga, hamma narsani buzishga va hammani qo‘rqitishga xos tajovuzkor ehtirosga ega. Terror - emotsional qoniqishning asosiy usuli. Ushbu toifadagilar «qotib qolgan» (otmarozka), umuman ma’naviyatsiz, vahshiy, rag‘batlantirish uchun ishlovchi, kimni so‘yish va kimni otish ularga baribir.
Fanatik tip Terrorchilarning eng xavfli tiplaridan biridir, ular teraktlarni sodir etishga borishda o‘z o‘limiga oldindan va ongli tayyorlanadilar.
Zombilashtirilgan toifadagilar o‘z joniga qasd qilish vazifalarini ideal tarzda bajaruvchilardir. Dasturlashtirilgan avtomat sifatida va ta’sirga berilish oqibatida harakat qiladi. Vazifani bajarishda tez fikrlaydi va qo‘rquvni his qilmaydi.
Qasoskor tipning asosiy motivi o‘zi uchun, yaqinlari yoki do‘stlari hamda yagona e’tiqoddoshlari uchun qasos olish hisoblanadi. Ushbu toifadagilar ichida ko‘proq o‘spirinlar va ayollar uchraydi.
Avantyurist tip - qattiq siyosiy e’tiqod va barqaror siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lmagan odam. Ushbu toifadagi odamning boshqalardan farqi - yakka holda harakat qiladi.
Uchinchi kategoriyaga kiruvchi «bajaruvchilarni» o‘z joniga qasd qiluvchi-Terrorchilar toifasiga kiritish mumkin. Ushbu toifadagi odam- larda o‘lish va o‘ldirishga xohish yuqori bo‘ladi, o‘zini juda kuchsiz his qiladi. Ushbu e’tiqodning ichki motivlaridan biri o‘z kuchi bilan zaiflikdan qutilishdir. Bunday odamlarda tobelik ekstremal kechinma hisoblanadi.
O‘z joniga qasd qiluvchi Terrorchilarning maqsadlari - odamlar ko‘p joylarda, shaharning markaziy tumanlarida o‘zlariga katta e’tibor qaratishni nazarda tutadi. Agar aholidan to‘sib qo‘yilsa, u ko‘proq huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini yo‘q qilishga harakat qiladi. Ular muzokara olib borishda bir maqsadni ko‘zlaydi - yon-atrofiga imkoni boricha ko‘proq odamlarni yig‘ish, ya’ni o‘z jonini qimmatroqqa sotishga harakat qiladi.
Terrorizm keyingi paytlarda turli ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Agar ilgari muayyan maqsadlarga erishish yo‘lida uning odamlarni garovga olish, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otish, u yoki bu davlat obyektlarini portlatish, davlat arbobiga suiqasd qilish va hokazo ko‘rinishlari kuzatilgan bo‘lsa, bugun o‘z g‘arazli maqsadi yo‘lida to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson resurslaridan foydalanish hollari ham ommalashib bormoqda. Terrorizmning bu ko‘rinishi «qurbonlik» yoki «shahidlik» terrorizmi deb ataladi.
«Qurbonlik» yoki «shahidlik» terrorizmi xalqaro terrorizmning bir ko‘rinishi sifatida turli ijtimoiy-siyosiy tartiblarda muayyan sabablar va omillar ta’sirida namoyon bo‘ladi. Uning bunday ko‘rinishi O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. 2004-yil 29-30 mart kunlari «shahidlik» terrorizmi- ning dastlabki ko‘rinishi kuzatildi64.
Odatda «shahidlik»ni qaror qilgan shaxslar o‘z jonini qurbon qilishni taklif qilmaydilar. Ularni «ma’naviy murabbiyi» yoki sardori tanlab oladi. Shundan so‘ng esa uzoq muddatga rejalashtirilgan psixologik tayyorgarlik jarayonlari boshlanadi. «Qurbonlik» yoki «shahidlik» maqomidagi Terrorchilarni odatda Yaqin Sharq, Kavkazorti, Afg‘oniston va Pokistonda tayyorlaydilar.
«Qurbonlik» yoki «shahidlik»ka mubtalo bo‘lgan Terrorchilarni zararsiz- lantirish juda mushkul, chunki u o‘limga tayyor. Bunday nobakor ishlarga qarshi maxsus xizmat xodimlarining samarali mehnatlari orqali natijaga erishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, terrorchi har soniyada hayot bilan vidolashishga tayyor emas. U doimiy ravishda barmog‘ini harakatga keltiruvchi tugmada tutib turishi mumkin emas. Terrorchi o‘z joniga qasd etishi uchun kamida yarim daqiqa vaqt kerak bo‘lishi hisoblab chiqilgan. Mana shu yarim daqiqa hal qiluvchi vazifani bajaradi.
Terrorchi shaxsning sifatlari:
tajovuzkor va shafqatsiz (qattiq qo‘l) xulq-atvorga egalik;
o‘zini oqlash. Siyosiy mafkuraviy motivlar odatda shaxsni yashirin ehtiyojlarini qondirish sifatida namoyon bo‘ladi;
agressivlik xususiyati, ya’ni voqelikka to‘g‘ri baho bera olmaslik, aybni tashqi omillardan qidirish va o‘zining muvaffaqiyatsizligini vaziyatga yuklashga moyillik;
terrorchi tashkilotlarga, uning vazifa va ideallariga ko‘r-ko‘rona sodiqlik;
yetarli darajada aqliy rivojlanmaganlik, bilim darajasining pastligi;
odatda nosog‘lom oilalardan chiqqanligi, ijtimoiy patologik rivojlanishga ega bo‘lmaganligi. Jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmagan odamlar, ish o‘rnini yo‘qotgan yoki unga ega bo‘lmaganlar, yaqin kishi- larini yo‘qotganlar, jismoniy imkoniyati chegaralangan shaxslar, og‘ir psixotravmalarni boshidan kechirganlar, terrorchilik yoki diniy an’ana- larga rioya qiladiganlarning qarindoshlari, farzandlari yoki nevaralari bo‘lishi mumkin;
doimo o‘z «men»ligini himoya qilish, o‘z fikrini tasdiqlashga intilish, boshqa insonlarning istak va hissiyotlariga e’tibor bermaslik va fanatizm;
shoshqaloqlik, o‘zgaruvchanlik, ikkilanishlar va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |