Kasbiy psixologiya



Download 3,02 Mb.
bet17/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima, qachon, qayerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va mohirona yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:

  • ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini saranjomlash, yorug‘likka qulay joylashib olish;

  • muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko‘rish;

  • aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish, aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi soat 5 dan 11 gacha, kunduzgi soat 16 dan kechki 20-24 gacha aqliy faoliyat unumdorligi yuqoriligini kuzatish mumkin).

Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida diqqatning asosiy xususiyatlari (taqsimlanishi, tarqoqligi, barqarorligi, tez o‘rin almashishi) ham o‘zisha xos ahamiyat kasb etishi, ya’ni sodir bo‘lgan voqea-hodisalarning zarur tomonlarini o‘rganish va aniqlik kiritishda, jinoyatchi shaxsning psixik holatini kuzatishda qo‘l kelishini anglab yetish lozim. Masalan, diqqatning hajmi 7-12 ta obyektni to‘liq qamraydi, barqarorligi 10-12 daqiqa to‘liq saqlanadi, bir soniya ichida diqqatni 3-4 marotaba ko‘chirish mumkin.

Shunday ekan, ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z xizmat faoliyatida kasbiy diqqatni yuzaga keltirish uchun quyidagi usullardan foydalanishlari zarur:

  • obyektni kuzatish jarayonida jinoyatchining o‘ziga xos xusu­siyatlarini inobatga olish va jinoyatchi o‘rinda o‘zini tasavvur qilishi;

  • obyektni kuzatish jarayonida diqqatni to‘g‘ri taqsimlash va tez ko‘chira bilish ko‘nikmasini shakllantirish usullaridan foydalanish;

  • davomli mashq qilish yordamida diqqat markazida 2-7 tadan, 8-15 tagacha bo‘lgan obyektni ushlab turish;

  • diqqatni bir obyektdan ikkinchisiga ko‘chirishda har bir soniyadan unumli foydalanish;

  • diqqat doirasining torayishini hisobga olish, ya’ni axborot qanchalik muhim bo‘lmasin, bir obyektga bog‘lanib qolmaslik;

  • umumiy kuzatuv obyektida, sharoitni o‘rganish maqsadida, diqqatni teng taqsimlash orqali obyektni qismlarga bo‘lib kuzatish.

Diqqatni kuchaytirish usullari:

  • javobgarlik hissini sezish, faoliyat samaradorligini belgilovchi ahamiyatli tomonlarni hisobga olish;

  • muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishda irodaviy kuchga tayanish;

  • obyektni «e’tibor bilan kuzat», «yaxshilab qara», «yana bir bor tekshir» kabi diqqatni kuchaytiruvchi buyruqlarni berish;

  • salbiy hissiyotlarni kuzatish jarayoniga aralashtirmaslik;

  • kuzatuvchanlik faoliyatini susaytiruvchi omillarni inobatga olmaslik.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish