Xodimlar psixologik tayyorgarligining mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin:
jinoyatchilikka qarshi kurashga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish xislatlarini shakllantirish;
maxsus operativ xizmat faoliyatining turli jihatlariga psixologik yo‘nalganlikni rivojlantirish;
kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlantirish;
turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish uquv va ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko‘nikmalarini ta’minlash;
fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik-pedagogik usullarini qo‘llash mahoratini shakllantirish;
operativ xizmat faoliyatining og‘ir vaziyatlarida o‘zini tuta olish va psixologik barqarorlikni ta’minlash;
shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlantirish, xodimlarga o‘zini tutish va boshqarish usullarini o‘rgatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |