Psixologiya va tarix. Psixologiya va tarix fanlarining uzviy bog’liqligi
ayniqsa, mustaqillik yillarida tarixni xolisona o’rganish va shu bilan birga inson
shaxsining madaniy-tarixiy shart-sharoitlarga bog’liq tarzda rivojlanishi ayniyatini
xalq ommasi ongiga etkazishda namoyon bo’lmoqda.
Zero, inson ruhiyati va u vakil bo’lgan millat va elat psixologiyasi orqali
tarixiy voqealarga baho berish milliy istiqlol g’oyalarini yoshlar ongiga
singdirishning muhim vositalaridan biridir.
Psixologiya va sotsiologiya. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy
munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, o’z
navbatida psixologiya ham ushbu fan erishgan yutuqlardan foydalanadi va ularning
ko’lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil
ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb
etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular
jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |