Eksperimentni o’tkazish - bu jiddiy javobgarlikni talab etadi. Kuzatuvchi
ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi zarur. Eng zo’r g’oyani ham kuzatuvchi
malakasizligi tufayli buzib yuborishi mumkin. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi
sinaluvchiga ta’sir jarayonini tashkillashtiradi. Qonun-qoidalar bilan tanishtiradi,
kerak bo’lsa o’rgatish, tayyorlash ishlarini olib boradi va nihoyat kuzatuvchi
eksperimentdan so’ng sinaluvchi bilan so’rovnoma o’tkazadi (posteksperimental
intervyu):
Eksperimentga tayyorgarlik.
Kuzatuvchi eksperimentga xona va
jihozlarni tayyorlash. Eng asosiy
bosqich va yo’riqnoma bilan
tanishtirish.
Sinaluvchilarga yo’riqnoma va motivni
etkazish, yo’riqnoma o’z ichiga motivni
olishi kerak. Sinaluvchi eksperiment
jarayonida qanday imkoniyatlarga ega
bo’lishini bilishi kerak.
Eksperiment boshida sinaluvchilarni
qobiliyati, sinaluvchi sifatida ishtirok etishi
xohishiga qarab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |