Kasb tanlashga yo‟llash - pedagoglar, psixologlar, vrachlar va boshqa mutaxassislarning yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdagi maslahati, tushuntirishlari kabi tadbirlar tizimi.
Kasbga qiziqishlar - shaxsning ma‘lum bir kasbga nisbatan doimiy va barqaror motivlashtirilgan qiziqishidan iborat individual xususiyati.
Kasbga layoqatlilik - shaxsning muayyan kasbga yaroqlilik darajasini ko‘rsatuvchi jismoniy va psixik sifatlar yig‘indisi.
Kasbga tayyorgarlik - muayyan kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlash imkoniyatini ta‘minlovchi maxsus bilim, ko‘nikma, malaka, odat, sifat, xususiyatlar, mehnat tajribasi va xulq normalariga ega bo‘lishlik.
Kasbga tegishli ma‟lumot - mehnat faoliyatining ma‘lum bir sohasi uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va odatlar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |