Mehnat qobiliyati - shaxsning muayyan mehnat turini muvaffaqiyatli bajarishni ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan jismoniy hamda psixik funksional imkoniyatlari yig‘indisi.
Mehnat madaniyati - mehnatni to‘g‘ri tashkil qilishga doir bilimlar, malakalar va odatlar tizimidan iborat individual xislat.
Mehnat malakalari - mehnat faoliyatining ma‘lum bir sohasiga doir avtomatlashgan, mustahkamlangan harakatlar.
Mehnat psixologiyasi - psixologiyaning mehnat faoliyatining psixologik muammolarini o‘rganuvchi sohasi.
Mehnat terapiyasi - mehnat jarayonlaridan davolash maqsadlarida foydalanadigan fan tarmog‘i.
Mehnatsevarlik - mehnatni xurmatlash uning har qanday turini bajarishga doim tayyor turishdan iborat xarakter xislati.
Motiv - odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab.
Motivasiya - shaxsning nima uchun ma‘lum vaqtda boshqa fikr va harakatlarni emas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilganligini asoslab berishi, tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operasiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |