Irodaviy zo‟r berish - maqsadni amalga oshirish uchun ob‘ektiv va sub‘ektiv qiyinchiliklarni bartaraf qilishda namoyon bo‘ladigan nerv hamda iroda kuchi.
Irodasi bo‟shlik - shaxsning biror faoliyat turini bajarish uchun o‘zini majbur qila olmaslik yoki o‘z harakatlarini o‘z maqsadlariga bo‘ysundira olmaslikdan iborat salbiy xarakter xislati.
Ixtisoslashgan mehnat - muayyan kasbga doir maxsus bilimlar, ko‘nikmalar, malaka va madaniy odatlarning tarkib topishi hamda rivojlanishini talab qiladigan mehnat.
Ish qobiliyati - shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jismoniy hamda psixik funksiyalari yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |