FAN BO‟YICHA IZOHLI LUG`AT
Aqliy ish qobiliyati - aqliy mehnatning biror turini bajarish uchun zarur bo‘lgan jismoniy va psixik funksional imkoniyatlar yig‘indisi.
Aqliy charchash - nerv tizimining potensial energiyasining haddan tashqari ko‘p sarflanishi natijasida aqliy ish qobiliyatini pasayishi.
Amaliy faoliyat - insoniyatning ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida tabiatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati.
Bilish ehtiyojlari - bilimlarni yoki fan asoslarini o‘zlashtirishga nisbatan qondirilmagan muhtojlikni sezishdan iborat faoliyat motivi.
Bilishga qiziqish - shaxsning voqelikdagi narsa va hjodisalarni, ularning sifat hamda xususiyatlarini, o‘zaro munosabatlari mohiyatini, shuningdek, turli qonuniyatlarni bilib olishga nisbatan doimiy barqaror yo‘nalishidan iborat individual xususiyati.
Diqqatsizlik - diqqatni muayyan ob‘ektga yo‘naltira va to‘play olmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |