Xotira jarayonining asoslari uch yo`nalishda o`rganilgan: psixologik, neyrofiziologik, bioximik.
Xotira jarayonlariga esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unitish jarayonlari kiradi. Esda olib qolish- qabul qilinayotgan predmet va hodisalarni tasavvurlar sifatida qabul qilishdir. Esda olib qolish – xotira, materiali bo`lib, qayta esga tushirish xotira mazmunidir. Esda olib qolish mexanik va mantiqiy, ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`ladi.
Mexanik esda olib qolish tashqi bog`lanishlar orqali xotirlab qolish bilan bog`liqdir.
Mantiqiy esda olib qolish ichki ma‘noga ega bo`lgan bog`lanishlarni xotiralashdir.
Ihtiyorsiz xotira oldindan maqsad qo`yilmagan, material tanlanmagan holda yuz beradi.
Ixtiyoriy xotira maqsad qo`yilib, material tanlangan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |