90
Kuzatishga asoslangan tasniflash tadqiqotlari uch ko‘rinishga ega: 1)obzor
tadqiqotlari; 2) ta‘lim-tarbiya unsurlari orasidagi bog‘liqlikni aniqlash; 3) izlanish
tadqiqotlari.
Bunday sharoitda kuzatish to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita amalga oshiriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita kuzatish faktlarni qabul qilib olish, tushunib etish va
o‘lchashdan iborat. Qabul qilib olish- sezish organlari yordamida tekshiruvchi ob‘ekt
aniq joyda turganligini qayd qilish; tushunib etish tanlab olingan, qayd qilingan ob‘ekt
oldindan aniq yoki noaniqligini aniqlashdan, o‘lchash esa shu ob‘ektning sonini anik-
lashdan iborat.
Bilvosita kuzatish ob‘ektni bevosita kuzatish imkoniyati bo‘lmaganda amalga
oshiriladi. SHunday ob‘ektdagi shaxsning tug‘ma qobiliyati, imkoniyatlari, intizomlilik,
rostlik, kamtarlik, kamsuqumlik kabi xislatlari kirishi mumkin. Bunday xislatlarni
bevosita kuzatish natijasida aniqlash qiyin. SHuning uchun ham tadqiqotchi o‘ziga
qulay ko‘rsatkichlardan foydalanadi.
Bevosita va bilvosita kuzatish bilan bir qatorda faol kuzatish ham qo‘llaniladi.
Faol kuzatishda didaktik jarayonda bevosita tadqiqotchining o‘zi xam qatnashadi va
jarayonning borishiga ta‘sir etadi. Bunda ishtirok etishning ijobiy tomoni shundan
iboratki, tadkiqotchi bo‘lib o‘tayotgan jarayonning ikir-chikirlarini tushunib etadi, bu
esa o‘quv jarayonini tadqiqot talablariga yo‘naltirish imkonini beradi. Bunday usul
ayrim kamchiliklariga qaramasdan, ijodkor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilar
faoliyatini faollashtirishda keng qo‘llaniladi.
Bilvosita kuzatish tadqiqotchini hodisalarni o‘rganishga ko‘proq jalb etishga
imkonnyat yaratadi. Mashg‘ulotlar stenogrammalari, uchinchi odam tomonidai
tayyorlangan kuzatish bayonlari, foto-kinolavhalar, rasmlar, diagrammalar, statistik
mashg‘ulotlar shular jumlasidandir. Bu hujjatlar pedagogik faoliyatning natijalarini
xamda ijtimoiy muxit, xususan o‘kituvchi faoliyatining o‘quvchi shaxsida uyg‘otadigan
o‘zgarishlarni kuzatish imkonini beradi.
Ilmiy-tekshirish maqsadlarini aniqlash tadqiqotchini qiziqtirib qolgan muammoli
xolatni taxlil kilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bunday xolatni tahlil qilish va unda
ma‘lum va noma‘lumlarni aniqlash, qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganish, tajribali
shaxslarning bu masalaga bergan baxosi tadqiqotchiiing asosiy va ko‘shimcha
muammolarini aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: