Kasbiy pedagogika


- maqsadga erishish jarayonida qo‗llaniladigan usul va uslublarni qo‗llash  yo‗riqnomasi.  Usul –



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/235
Sana06.06.2022
Hajmi4,74 Mb.
#640207
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   235
Bog'liq
kasbiypedagogika

 
- maqsadga erishish jarayonida qo‗llaniladigan usul va uslublarni qo‗llash 
yo‗riqnomasi. 
Usul

Maqsadga etishishda qo‗llaniladigan ta‘limiy tadbirlar yoki o‗quv 
jarayonini amalga oshirishda qo‗llaniladigan uslublar sistema
 
(majmui)si
 
.
Uslub 

ta‘limiy va tarbiyaviy maqsadlarga erishishda, muayyan to‗siqni engib 
o‗tish uchun qo‗llaniladigan tadbir va choralar sistema (ruschada uni pedagogik 
―priyom‖ deyiladi). 
Modul - ta‘lim-tarbiya jarayonidagi o‗quv materialining hajmi, oldiga qo‗yilgan 
maqsadi, bilimlarning mantiqiy bog‗liqligi va fikrning tugallanganligidan kelib chiqib, 
ierarxiya pog‗onalarga ajratilgan bo‗laklari. 
Pedagogik texnologiya
-
bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq 
maqsadga yo‗naltirilgan o‗quv jarayonini sistema sifatida qarab, ushbu maqsadning 
natijalarini kafolatlovchi ta‘lim jarayoniga texnologik yondoshadigan ta‘limiy tadbirdir. 
Fanni o‗qitish uslubiyotidan farqli texnologiya:

―qanday o‗qitish kerak?‖ degan savolga javob bermay, balki ahamiyatli 
qo‗shimcha bo‗lgan 
7
H. Fry, S. Ketteridge, S.Marshall. A Handbook for Teaching and Learning in Higher Education. Enhancing 
Academic Practice. Third edition. New York. 2012. -544 p. ISBN 0-203-89141-4 


125 

―natijaviy qanday o‗qitish va o‗quv jarayonini qanday qilib eng maqbul tashkil 
etish kerak? degan savolga javob beradi

aniq sharoitlardan kelib chiqqan va ma‘lum natijaga yo‗nalgan, aniq pedagogik 
g‗oyaga loyihalanadi; 

o‗z natijalarini q
ayta ishlab chiqarishi
bilan farqlanadi; 

ta‘lim oluvchilar va ta‘lim beruvchiga yo‗naltirlgan darsning uslubiy 
ishlanmalaridan farqli o‗laroq, ta‘lim olishda ularning o‗z faoliyatlari hisobiga yutuq 
ta‘minlanishiga yo‗naltiriladi. 
SHaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat: 
– ta‘lim jarayonida shaxs ob‘ekt emas, sub‘ekt hisoblaniladi; 
– har bir tahsil oluvchi qobiliyat egasi, ko‗pchilik esa iste‘dod egasi hisoblaniladi; 
– etnik ma‘naviy qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) 
shaxsning ustuvor xislatlari hisoblanadi. 
Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
– tahsil oluvchi va ta‘lim beruvchi huquqlarinihrmat qilish; 
– xatoni tuzatishga imkon berish; 
– o‗z nuqtai nazariga ega bo‗lish huquqi; 
– tahsil oluvchi va ta‘lim beruvchi munosabati zayli: ta‘qiqlamaslik; boshqarish 
emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; 
chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.
Bugungi kunda DTS asosida shakllantirilgan ta‘lim jarayonini zamonaviy 
pedagogik texnologiya asosida tashkil qilishda qo‗llaniladigan pedagogik usullarni 
uchta toifaga ajratilmoqda. Bu toifadagi usullar o‗quv predmetlari o‗quv 
mashg‗ulotlarining loyihalarini tuzganda va pedagogik texnologiyani ta‘lim jarayoniga 
joriy qilinayotganda, bilim sohalarining xususiyatidan kelib chiqib, kerakli joylarida 
ishlatiladi. Bularga quyidagilar kiradi: 
Birinchi toifadagi usullar ―An‘anaviy usullar‖ deb atalib, tinglovchi-yoshlarga 
bilimlarni ―etkazib berish‖ tamoyiliga asoslanadilar. Ularga: ―Aytib berish‖, ―Ko‗rsatib 
berish‖, ―Namoyish‖, ―Ma‘ruza taqdimoti‖, ―Savol-javob‖, ―To‗rt pog‗onali usuli‖ 
kabilar. Ikkinchi toifadagi usullar ―Interaktiv‖ usullar deb nomlanib, bilim oluvchilarni 
bilim egallashlarida ―Faollashtirish‖ tamoyiliga suyanadi. Uchinchi toifadagi usullar 
―Noan‘anaviy usullar‖ deyilib, ta‘lim – tarbiya jarayonini ―Jadallashtirish va 
samaradorligini oshirish‖ tamoyilidan kelib chiqadi (Metodik tavsiyaning 6-betida 
ko‗rsatib o‗tilgan). Bu uch toifadagi usullar tarixan tarkib topib, vaqt o‗tishi bilan biri-
biridan takomillashib, o‗z davrining talabiga javob berganlar. YUqorida aks etirilgan 
usullarning, ―Pedagogik texnologiyadan‖ tashqarisini amalda qo‗llayotganda, ijobiy 
tomonlari bilan bir qatorda kamchiliklari va noqulay tomonlari mavjudligi o‗quv 
jarayonida aniqlangan.
"Pedagogik texnologiya" quyidagi tamoyillardan kelib chiqadi: 
Birinchisi - ta‘lim-tarbiya jarayonini loyihalashda va shu loyiha asosida o‗quv 
mashg‗ulotini amalga oshirishda zamona ilmining ob‘ektiv borliqqa eng ilg‗or 
yondashuvi bo‗lgan "Sistemali (majmui) yondashuv" tamoyiliga hamda uning qonun va 
qoidalariga doimo amal qilish. Zero, o‗qitishning "Pedagogik texnologiya usuli" yuz 
foiz "Sistemalar nazariyasi" asosida yaratilgan
Ikkinchisi - ta‘lim-tarbiya jarayonini loyihalashda va uning asosida o‗quv 
mashg‗ulotini olib borishda didaktika (ta‘lim nazariyasi)ning barcha prinsiplari va 
qonun-qoidalaridan kelib chiqish. Buning uchun, o‗quv mashg‗uloti loyihasini tuzuvchi 


126 
va tuzilgan loyiha asosida o‗quv mashg‗ulotini olib boruvchilar didaktikani yaxshi 
bilishlari va undan pedagogik amaliyotda foydalana olishlari shart. 
Uchinchisi - o‗quv mashg‗ulotining loyihasini tuzganda, bu jarayonning ajralmas 
va tarkibiy qismlari bo‗lgan - "Maqsad va maqsadchalar", "Ularga ajratilgan vaqt", 
beriladigan bilimlar ichidagi "Tayanch tushunchalar", "Dars turi va tipi", "Pedagogik 
uslublar", "Axborot texnologiyalari" va "Didaktik materiallar" degan elementlarini 
o‗zaro uzviy, ya‘ni funksional bog‗liqlikda bo‗lgan yahlitlik sifatida ko‗rish. 
To‗rtinchisi - o‗quv jarayonini loyihalashda va undan amaliyotda foydalanishda 
tinglovchilar egallashlari shart bo‗lgan bilimlarni, o‗zlari mustaqil ravishda topishlariga 
urg‗u berish. YA‘ni, pedagog muayyan soatda tinglovchilar egallashlari shart bo‗lgan 
bilimlarni ularga aytib bera qolmay, bu bilimlarni ular faol fikr yuritib o‗zlari 
topishlariga erishishi lozim. 
Beshinchisi - Pedagogik texnologiya tamoyillari asosida tuzilgan loyiha bo‗yicha 
o‗quv mashg‗ulotini amalga oshirishda, egallanadigan bilimlarni tinglovchilar 
anglashlari, xotirasida saqlashlari va amaliyotda qo‗llay olishlarini bir vaqtning o‗zida 
olib borishga erishish. (Amaliyotda qo‗llash deganda faqat muayyan bir ishni bajarib 
berishni tushunib qolmay, egallangan bilimlarni aytib berish hamda amalda qo‗llash deb 
tushuniladi). 
Oltinchisi - har bir o‗quv mashg‗uloti yakunida erishiladigan natijalarning fe‘llar 
shaklida bo‗lishi. Buning uchun, har bir o‗quv mashg‗ulotining yakunida tinglovchi 
erishishi shart bo‗lgan ish harakatlar tizimi avvaldan belgilab qo‗yiladi. 
Ettinchisi - o‗quv mashg‗ulotining yakunida, oldindan shu mashg‗ulot uchun 
aniqlangan baholash tur va mezonlari asosida barcha tinglovchilarning bilimlarni 
o‗zlashtirganlik darajasini aniqlash 
Pedagogik texnologiyani va uning tarkibiy kismi bo‗lgan o‗quv mashg‗ulotlarini
loyihalashda va amaliyotga qo‗llashda quyidagi uchta toifadagi usullardan foydalanish
maqsadga muvofiq.
Birinchi toifadagi usullar ―An‘anaviy usullar‖ atalib, tinglovchi-yoshlarga 
bilimlarni ―etkazib berish‖ tamoyiliga asoslanadi. Ularga: axborotli – retseptiv yoki 
illyustrativ – tushuntirish; reproduktiv; muammoli bayon; evristik yoki yarim tadqiqot 
va tadqiqot, ―aytib berish‖, ―ko‗rsatib berish‖, ―namoyish‖, ―ma‘ruza taqdimoti‖, 
―savol-javob‖ va boshqalar kiradi. 
Ikkinchi toifadagi usullar noan‘anaviy yoki ―Interfaol usullar‖ deb nomlanib, 
bilim oluvchilarni bilim egallashlarida ―faolllashtirish‖ tamoyiliga suyanadi. 
Ularga―muammoli dars‖, ―fikriy hujum‖, ―aqliy hujum‖, ―kichik guruhlar bilan 
ishlash‖, ―davra suhbati‖, ―klaster usuli‖, ―B.B.B.‖,‖6x6x6‖, (―3x3‖, ―4x4‖, ...), 
―bumering‖, ―qora quti‖, ―beshinchisi ortiqcha‖, ―ishbob o‗yin‖, ―rolli o‗yin‖, ―bahs-
muno‗zara‖, ―qarama-qarshi munosabat‖, ―zakovatli zukko‖, ―zig-zag‖, ―charhpalak‖, 
―zinama-zina‖ va boshqa ko‗pdan-ko‗p usullar kiradi. 
Uchinchi toifadagi usullar ―Ilg‗or yoki Zamonaviy usullar‖ deyilib, ta‘lim – 
tarbiya jarayonini ―jadallashtirish va samaradorligini oshirish‖ tamoyilidan kelib 
chiqiladi. Ularga: ―yo‗naltirilgan matn‖, ―dasturlashtirish‖, ―texnologik xarita usuli‖ 
―modulli o‗qitish usuli― va «loyihalash usuli» xamda nihoyat barcha usullarning afzallik 
tomonlarini o‗zida mujassamlashtirgan ―Pedagogik texnologiya‖ usuli kiradi 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish