39
Kichik mutaxassislar quyidagi lavozimiy vazifalarni bajarishlari ko‘zda
tutiladi:
- kompyuter va boshqa texnikalardan, texnikaviy va fizikaviy fanlar sohasida
foydalanish usullarini qo‘llash bilan bog‘liq texnik-texnologik
topshiriqlarni bajarish;
- texnik jihoz va transportlarni ishlatish.
- mashinalar, mexanizmlar, qurilmalar, moslamalar hamda muhandislikka oid
texnik jihozlar va asboblarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash, metall
konstruksiyalarni o‘rnatish, dastgohlarni o‘rnatish va boshqa ishlarni amalga oshirish;
- xom ashyo qazib olish va qayta ishlash, metallurgiya, qurilish binolari va
inshootlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z kasbiy
bilimlarini tatbiq etish;
- bosish (qoliplash) ishlarini bajarish;
- oziq-ovqat, to‘qimachilik mahsulotlari, yog‘och va metall buyumlar, shu
jumladan badiiy hunarmandchilik buyumlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash;
- bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich maktablarda ta’lim va tarbiya ishlarini
amalga oshirish;
- sog‘liqni saqlash,
gigiyena, insonlarga g‘amxo‘rlik qilish, qishloq joylarda
o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish, yetishtirish bo‘yicha zarur ishlarni amalga
oshirish;
- kadrlarni tanlab olish, joy-joyiga qo‘yish va ularning ijtimoiy ta’minoti,
soliqqa tortish va turizmga aloqador davlat xizmatlari, buxgalteriya hisobi, huquqiy,
statistik, ish yuritish korxonalarini boshqarish va tijorat. Moliya va savdo-sotiq
sohasidagi bilimlarni texnik qo‘llash bilan bog‘liq ma’muriy va ishlab chiqarish
vazifalarini bajarish;
- ijtimoiy masalalar bo‘yicha yordam ko‘rsatish va maslahat berish;
- sport va boshqa qiziqarli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, madaniyat va
san’at sohasida ijodiy faoliyat ko‘rsatish, diniy marosimlarni o‘tkazishda aholiga
yordam ko‘rsatish va shu kabilar. Bu vazifalarni
bajarish uchun tabiiyki, kichik
mutaxassis ma’lum hajmdagi va darajadagi bilim (ko‘nikma va malaka) hamda
shaxsiy fazilatlarni o‘zlashtirishi zarur bo‘ladi. Mutaxassis egallagan lavozimidagi
vazifalarni talab darajasida bajarishi uchun zarur va yetarli bilim hamda shaxsiy
fazilatlar davlat ta’lim standartlarida o‘z ifodasini topadi.
Amaliyotga kasb-hunar ta’limining davlat standartini kiritishdan asosiy
maqsad uni yangi huquqiy va tashkiliy metodik asosda reintegratsiya etishdir. Kasb-
hunar ta’limini standartlashtirishning nazariy asosi akademik S.Y.Batishev tomonidan
ishlab chiqilgan:
bosqichli ta’lim nazariyasi; tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarni
guruhlash nazariyalari tashkil etadi.
Kasb-hunar ta’limi davlat standarti yaqin kelajakda o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini majmuaviy belgilab beruvchi
yechim sifatida xizmat qiladi. Pedagogik manbalarda kasb-hunar ta’limi davlat
standarti quyidagicha talqin etiladi: bo‘lajak kichik mutaxassislar egallashi zarur va
yetarli bo‘lgan mazmun darajasi va ko‘lami; o‘quvchilarning maksimal o‘quv
yuklamasi hajmi, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablar
va hokazo.
40
Kasb-hunar ta’limi davlat standartining mohiyati uning ichki va tashqi
aloqalari tahlil etilsagina to‘liq ochilishi mumkin, standartlarning tashqi aloqalari eng
avvalo ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda o‘z
ifodasini topadi, bundan standart
ijtimoiy buyurtmani talablar shaklida o‘zida ifodalovchi me’yoriy hujjat ekanligi
kelib chiqadi. Kasb-hunar ta’limi standartining ichki aloqadorligi esa uni o‘zaro
aloqador va ta’sirdagi elementlardan tashkil topgan mustaqil tizim sifatida qaralganda
namoyon bo‘ladi. Standartni tashkil etuvchi elementlarning xususiyatlari, o‘zaro
aloqadorligi uning mohiyatini ochib berishga imkon beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda
standartning rolini tushunish uchun uning vazifalarini bilish muhimdir. Lo‘nda qilib
aytganda, standart nima uchun va kimga kerak? Birinchidan, o‘qituvchilar va
o‘quvchilar uchun o‘zlarining hamkorlikdagi faoliyatlarini tashkil etish uchun,
ikkinchidan, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbarlari va nazorat qilish mexanizmini
shakllantirish uchun; uchinchidan, bandlik idoralari xodimlari uchun, ishga
joylashtirish va qayta tayyorlash ishlarini
rivojlantirish maqsadida; to‘rtinchidan,
ijtimoiy hamkorlar uchun, ya’ni ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va barcha
mehnat munosabatlari bilan shug‘ullanuvchilar uchun; beshinchidan, yaqin va uzoq
chet el hamkorlarimiz uchun, xalqaro mehnat bozorida inson huquqlarini erkin o‘zaro
ta’sirini ta’minlash uchun zarur. Shunday qilib, kasb-hunar ta’limi davlat standarti
o‘ziga xos kasbiy ta’lim sifatini boshqarish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Buning
uchun u kasbiy ta’lim sifati bilan bog‘liq ko‘plab komponentlarni qamrab olishi
kerak. Keng ma’noda kasb-hunar ta’limining sifati jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish vazifalariga qanchalik mos kelishi bilan aniqlanadi. Fan-texnika
taraqqiyoti bilan bog‘liq holda kasb-hunar ta’limi o‘quv-meyoriy
hujjatlari tez
o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Malaka darajasi aniq shaxsning kasbiy mahoratini
xarakterlaydi. Malaka darajasi shaxsning o‘qib o‘rganganligiga bog‘liq, demak, uni
ob’ektiv ravishda baholash mumkin bo‘lgan o‘lchamlar: hajmi, sifat daraja
ko‘rsatkichlariga ega bilim va shaxsiy fazilatlar bo‘lishi mumkin. Kasb qanchalik
murakkab bo‘lsa, unga mos holda kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirish uchun shuncha
ko‘p vaqt talab etiladi. Mehnatning intellektual darajasi aqliy va manual (jismoniy)
faoliyatning o‘zaro munosabatini ko‘rsatadi. Ilmiylik darajasi esa mehnat
faoliyatining texnik-texnologik jihatlari bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ko‘p
funksiyalilik mehnatning murakkabligi, turli xildagi vazifalarni bajarishi bilan
xarakterlanadi. Mehnat faoliyati algoritmining murakkabligi faqatgina turlicha emas,
balki bir paytning o‘zida parallel ravishda aqliy va manualni bajarilishi bilan
xarakterlanadi. Stereotip kasb-hunar darajasida mahsulli va mahsulsiz faoliyatlarning
o‘zaro nisbatida namoyon bo‘ladi.
Boshqacha
qilib aytganda, Davlat ta’lim (tarmoq) standarti (DTS)
mutaxassisliklarning yozma modeli bo‘lib, kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan
talablarni hamda shaxsiy fazilatlarni o‘ziga qamrab oladi. Uni quydagicha tasvirlash
mumkin (1-chizmaga qarang).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki DTS va TTS ko‘p vazifali hujjat bo‘lib, ish
beruvchilar, bandlik xizmati, vazirlik va tashkilotlar, ilmiy metodik tashkilotlar,
o‘quv muassasalari, fuqarolar uchun mo‘ljallanadi. DTS asosida quyidagilar amalga
oshiriladi:
ta’lim mazmuni tanlab olinadi va shakllantiriladi;
41
o‘quv dasturlashtirish va metodik hujjatlar, ta’lim vositalari ishlab chiqiladi;
ta’lim natijalariga qo‘yilgan talablar shakllantiriladi;
kasbiy tayyorgarlik sifatini nazorat
qilish tizimi ishlab chiqiladi;
ta’lim muassasasi attestatsiya qilinadi;
kasbiy maslahat, kasbga yo‘naltirish, kasbiy tanlash ishlari tashkil etiladi;
mutaxassislarning malakasini oshirish shakllari aniqlanadi;
DTSning o‘zi esa tasniflagich asosida ishlab chiqiladi;
DTSni ishlab chiqishni tashkil etish. DTSning amaliy muhimligini hisobga
olib, uni quyidagi tartibda ishlab chiqish tavsiya etiladi:
mualliflik jamoalarini tuzish;
alohida bo‘limlarni ishlab chiqish, ularni dastlabki baholash va o‘zgartirishlar
kiritish;
DTS loyihasini tuzish uni ekspert baholash;
yakuniy ishlov berish, tahrirlash, rasmiylashtirish va tasdiqlash.
DTSni ishlab chiqish bo‘yicha mualliflar jamoasiga amaliyotchilar, soha va
pedagogika fani
namoyondalari, mehnat bo‘yicha mutaxassislar, psixologlar,
fiziologlar kiritilishi maqsadga muvofiq. DTS ustida ishlashning asosiy bosqichi
ekspert baholash bosqichidir. Ekspert baholashning asosiy vazifasi xatolarni aniqlash,
mohiyati, mazmuni, terminologik noaniqliklarini aniqlash va ularni kelgusida tuzatish
yo‘llarini ko‘rsatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: