35
hamda amaliy hatti-harakat usullari va shaxsiy fazilatlarini o‘zlashtirish orqali
erishiladi.
Kasb o‘ziga mehnat faoliyatining tor doirasi bilan tavsiflanuvchi ixtisosliklarni
mujassamlashtiradi. Ba’zi kasblar o‘ziga bir qancha ixtisosliklarni
qamrab olishi ham
mumkin. Masalan, o‘qituvchilik kasbi o‘qitiladigan o‘quv predmetlariga binoan:
umumta’lim, umumtexnik, maxsus fanlar bo‘yicha o‘qituvchiliklariga bo‘linishini
ko‘rsatishning o‘zi kifoya. Kasb va ixtisoslik shaxsning muntazam ravishda ma’lum
turdagi ish bilan shug‘ullanish metodlarini o‘zlashtirib borishni ifodalaydi.
Metod iborasi (yunoncha – methodos – tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya,
ta’limot ma’nosini anglatadi) voqelikni bilish, o‘zlashtirish, o‘zgartirish usullari
majmuasidir. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan.
Metodika - pedagogikaning o‘qitish
qonuniyatlari, qoidalari,
tashkil etish
shakllari, amalga oshirish va natijalarini nazorat qilib baholash metod hamda
vositalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog‘idir. N.S.Sayidaxmedov fikricha,
“metodika o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
majmuasidir. Metodikadan ko‘zlangan maqsad
predmet mavzulariga oid
nazariyalarni, aniq hodisalar tekisligiga ko‘chirishdir”
2
Metodologiya – “metod” va “logiya” iboralarining birligida bilish faoliyati
usuli, vositalari va mantiqiy tartibi haqidagi ta’limot ma’nosini anglatadi. Demak,
metodologiya har qanday faoliyatning zaruriy tashkiliy komponentidir. Shu jihatdan
metodologik bilimlar,
eng avvalo, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va
izchilligini o‘ziga qamrab olib, odat hamda meyorlar shaklida, ikkinchidan,
amalda
bajariladigan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Har ikkala holda ham
bilimning asosiy vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror
ob’ektni amaliy o‘zgartirishdan iborat.
Demak, kasb-hunar ta’limi pedagogikasi ijtimoiy hayotning ma’lum sohasida
faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, amaliy va shaxsiy fazilatlarni
shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni
haqidagi pedagogikaning muhim tarmog‘idir.
Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o‘ziga qamrab olib, Respublikaning aql-
zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat,
oila va davlat
oldidagi o‘z mas’uliyatini anglaydigan, har jihatdan barkamol, erkin shaxsni
shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Shuning uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: