O‘qitish texnologiyalari majmuaviy integrativ tizim sifatida. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari - majmuaviy integrativ tizimlar bo‘lib, ular o‘zida ta’lim maqsadlari bilan belgilangan kasbiy ko‘nikma, malakalar va shaxs xislatlarini o‘rganuvchilar tomonidan egallanishi hamda bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan operatsiya va harakatlarning tartiblashtirilgan to‘plamini aks ettiradi. Bu o‘rinda ta’lim maqsadlarining belgilanishi (kimga va nima uchun?), mazmunni tanlash va ishlab chiqishga tatbiq etish (nima?), ta’lim jarayonlarini tashkil qilish (qanday?), ta’lim metodi va vositalarini belgilanish (nimalar yordamida?), shuningdek, o‘qituvchilar malaka darajasi (kim?) hamda erishilgan natijalarni baholash metodi (qanday yo‘l bilan?)ga asoslanishi lozim. Keltirilgan mezonlarning majmuaviy qo‘llanilishi o‘quv jarayoni mohiyati va uning texnologiyasini belgilab beradi.
O‘qitish texnologiyasini loyihalash. O‘qitish texnologiyasining loyihalash tuzilishini pedagogik vazifaning qo‘yilishi va uni hal etish asosida ko‘ramiz.
O‘qitish texnologiyasini loyihalash
Pedagogik vazifaning belgilanishida quyidagilar inobatga olinadi:
ta’lim maqsadlarining tahlili va shu asosida o‘quv predmeti mazmuninianiqlash;
o‘quv predmeti mazmuni tuzilmasini ishlab chiqish va uni o‘quv unsurlaritizim ko‘rinishida ifodalash;
o‘quv unsurlarining o‘zlashtirilish darajalarini belgilash;
ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash, bu ko‘rsatkich o‘quvpredmetining mazmunini ifodalovchi o‘quv materialini o‘zlashtirganlik darajasidan kelib chiqadi;
o‘quv-moddiy baza hamda ta’limning tashkiliy shakllariga qo‘yiladiganchegaralarni belgilash.
Pedagogik vazifalarning hal etilishini ta’minlovchi o‘qitish texnologiyasini loyihalashga qaratilgan o‘qituvchi faoliyati ta’limning metod, shakl va vositalarini shakllantirish bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagog faoliyati uchta asosiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi: boshqarish turi, axborot almashinuv jarayonining turi, axborot o‘zatish vositalari tiplari va bilish faoliyatini boshqarish. O‘qitish jarayoniga faoliyat nuqtai nazaridan yondashish konsepsiyasiga asoslanib, uni tashkillashtirishning quyidagi mantiqiy ketma-ketligini qurish mumkin. Dastlab o‘quv materiali mazmunining tavsifi, uni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad (o‘zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo‘yilish shartlari tahlil etiladi. So‘ngra, o‘qitishning mos ravishdagi metodlari hamda ta’lim oluvchilar bilish faoliyatini boshqarish sxemasi belgilab olinadi. Shu asosda o‘qitish vositalari ro‘yxati tuziladi. Ushbu usuli bilan hosil qilingan metod va ta’lim vositalari tizimi tashkiliy shakllar bilan uyg‘unlashtiriladi, ya’ni, texnologiya ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |