7.2. KASB-HUNAR TA’LIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Reja:
Ta’lim jarayonlarini tahlil etishda qo‘llaniladigan pedagogik kategoriyalar.
Talaba yoshlarda manaviy-axloqiy odatlarni tarbiyalash jarayoni vauning vazifalari.
Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiyani tashkil etish muammosi.
1. Ta’lim jarayonlarini tahlil etishda qo‘llaniladigan pedagogik kategoriyalar
Tarkib topgan ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan va u hozirda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan. Ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari pedagogikada ta’lim jarayonlarini tahlil etishda qo‘llaniladigan an’anaviy kategoriyalar hisoblanadi. Aynan o‘sha kategoriyalar ma’lum bir predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalar maqsadga muvofiq ravishda yo‘naltirilgan pedagogik va o‘quv faoliyatining qonuniyat hamda mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.
Uzoq yillar mobaynida pedagogik kategoriyalar hajmi jamiyat talabi darajasida maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun yetarli bo‘lib kelgan. Tan olish kerakki, pedagoglar ommasi barcha davrlarda pedagogik faoliyatni qoniqarsiz ahvolda deb baholab kelganlar. Bu o‘rinda pedagogik tushunchalarning tarif va tavsiflarining noaniqligi, ta’lim jarayonlarini tavsiflovchi bazi kategoriyalarning yetishmasligi, ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari o‘rtasida o‘zaro uzviylikning mavjud emasligi hamma vaqt tanqid ostiga olib kelingan va bunday mulohaza hozirga qadar saqlanib kelmoqda. Ushbu fikr bizningcha quyidagi ikkita muammoning mavjudligi bilan izohlanadi: birinchidan, kasbiy pedagogik ma’lumotga ega o‘qituvchilarning kasbiy mahorat darajasining pastligi, ikkinchidan, maxsus pedagogik tayyorgarlik va savodxonlikka ega bo‘lmagan pedagoglarning sonining salmoqli ekanligi.
Ta’lim natijalari o‘rganuvchining pedagogik jarayonlardan qanday salohiyat bilan o‘tganligiga bog‘liq.
Pedagogik jarayon mohiyati - o‘qituvchining ta’lim oluvchi ishtirokidagi faoliyatida o‘z aksini topadi, bunda pedagog qiyinchiliklarni yengib o‘tish yo‘lida ta’lim oluvchiga yordam beradi. Pedagogik yordamning mohiyati pedagogik jarayonni yo‘naltirganligi, tavsifi, shaxsni shakllantirish va tarbiyalashda hal etiladigan vazifalarni o‘zida aks ettirganligi bilan ifodalanadi. Pedagogik yordam e’lon qilingan, ko‘rsatilgan, eslatilgan, tushuncha berilgan, yo‘naltirilgan, haqqoniylashtirilgan, maslahat berilgan, kengashilgan, bartaraf etilgan, hamdardlik qilingan, ilhomlantirilgan, qiziqish va hurmatni izhor qilgan, talabchanlikni qo‘llabquvvatlagan hollarda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |