2. Kasb-hunar ta’limi natijalarini nazorat qilishning individual o‘ziga xos xususiyatlari va baholash mezonlari O‘quv vazifalari, o‘quv-ishlab chiqarish ishlarining mazmuni hamda xarakteri, nazorat qilish bosqichlarini hisobga olish zarur.
Bu vazifalar yechimini topishning asosiy yo‘llaridan biri o‘quvchilar bilim ko‘nikma va malakalarini baholashda ob’ektivlikni oshirish; baholarni aniq ilmiy asosda qo‘yish hisoblanadi.
Ana shunday mezonlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
Nazariy ta’lim bo‘yicha bilimlar mukammalligi (o‘rganilgan obektning muhim jihatlarini yorita olishdagi miqdoriy ko‘rsatkichi);
Tizimlilik (bilimlar elementlari orasidagi aloqadorliklarning
anglaganligi);
Haqiqiyligi (bilimlardan aniq shart-sharoitlardan foydalana olish
qobiliyati);
Mustahkamligi (o‘zlashtirilgan bilimning xotirada saqlanishi);I. Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha:
xatti - harakat usullarining o‘zlashtirilganligi;
o‘quv-ishlab chiqarish vazifalari (ishlari)ni bajarishda texnik, mehnat vahayot xavfsizligi talablariga amal qilinishi.
texnik-texnologik talablarga amal qilinishi;
vazifani (ishni) belgilangan me’yoriy vaqt birligida bajarilishi va shukabilar.
Zikr etilgan mezonlar va ko‘rsatkichlarni baholar bilan aniqlashtiruvchi nisbatlar aniq o‘quv predmetlari bo‘yicha dasturlar ishlab chiqqan mualliflar va kasb-hunar kolleji metodik komissiyasi tomonidan belgilanishi zarur. Bu me’yorlar asosida talim natijalarini joriy, oraliq va yakuniy baholash mumkin bo‘ladi.
Eslatma: Agar biror buyum (mahsulot) tayyorlash imkoni mavjud bo‘lmasa, ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha (ko‘nikma va malakalar) o‘quvchilar tomonidan tahlil qilinishi, ish o‘rnini tashkil etish; texnologik jarayon mohiyatini tushunish va asoslash, laboratoriya amaliy ishlarni bajarishga ko‘ra baholanishi mumkin.
Umuman kasb-hunar ta’limi natijalariga ko‘plab omillar ta’sir etadi. Ularning muhimlarini chizma shaklida quydagicha ifodalash mumkin (9-chizmaga qarang).
9 – chizma. Kasbiy ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar
Ta’lim-tarbiya jarayoni natijalarini nazorat qilishga qo‘yilgan pedagogik talablar nimalardan iborat?
Reyting nazorat turlarini aytib bering.
Og’zaki nazorat turlariga nimalar kiradi?
Yozma nazorat turlariga nimalar kiradi?
Kasbiy ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering.