Ko‘rik tanlovlar – pedagogik jarayon natijalari sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi”, “Mohir usta”, “Ilg‘or guruh rahbari” “Namunali murabbiy” kabi mavzularda ko‘rik tanlovlar o‘tkazish mumkin. Ko‘riktanlovlarni o‘tkazish tartibi har bir kollej, viloyat yoki respublika miqyosida belgilanadi hamda uning g‘oliblari rag‘batlantiriladi.
Ilg‘or tajriba maktabi – eng avvalo o‘qituvchi, muhandis-pedagoglarda pedagogik jarayonni yaxlit holda takomillashtirishga oid tajribalarni o‘rganish, ommalashtirish kabilarni ko‘zda tutadi.
Kitobxonlar konferensiyasi – kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, muhandispedagoglari faol ishtirokida o‘tkaziladi. Konferensiyada muhokama etiladigan materiallarni tayyorlagan mualliflar bilan birga ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari professor o‘qituvchilari, ishlab chiqarish korxonalaridan vakillar taklif etiladi.
Kitobxonlar konferensiyasida ilmiy-uslubiy adabiyotlar, ularning dolzarbligi, amaliy masalalarni yechishdagi ahamiyati, yangiligi, ularni pedagogik jarayonga joriy etishdan kutilayotgan samaralar nuqtai nazaridan tahlil etilgan holda baholanadi.
Ochiq dars - uslubiy ishlarning keng tarqalgan shakli. Bunda o‘qituvchilar va muhandis-pedagoglarning ochiq darslarda ishtirok etishi va o‘zaro darslarga kirishi muhim ahamiyatga ega.
Odatda, ochiq darslar va o‘zaro darslarga kirish o‘qituvchilarga kasbiy pedagogik mahoratini yuqori ekanligini ko‘rsatib berish bilan birga yosh o‘qituvchilarga o‘rnak ko‘rsatishdan iboratdir. Unda yosh o‘qituvchilarning ishtirok etishlaridan ko‘zlangan maqsad – tajriba almashish, darsni tashkil etishning yangi shakllari, amalga oshirishning samarali metod va vositalarini tanlay bilishga o‘rgatishdan iborat. Ta’lim jarayonida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tufayli ochiq darsni muhokama qilish jarayonida o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikr yuritishi, o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi, o‘quv materialining hayot va amaliyot bilan bog‘liqligi, predmetlararo aloqaning ta’minlanganligi, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirilganligi, o‘quvchilarning ijodiy izlanishga yo‘naltirilganligi, ta’limtarbiya va rivojlanishning mushtarakligini ta’minlanganligiga e’tibor berish muhim hisoblanadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish zarurki, mashg‘ulotlarni ochiq dars deb atash shartli bo‘lib, ularni namunaviy dars deb yuritish maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Ta’lim muassasalarida tashkil etilib, o‘tkaziladigan barcha darslar ochiq, oshkoralik ruhida o‘tkazilgandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |