2-Mavzu: Kesish jarayonining turlari va asosiy elementlari
.
Reja:
1.Kesish jarayonining turlari.
2.Kesish jarayonidagi harakat xillari.
3.Kesish jarayonining asosiy elementlari
.
Tayanch so’zlar va iboralar:
kesib
ajratish,kesib olish,qirindi ajratish
,asosiy ,muhim yordamchi va surish harakatari,kesish tezligi,surish kattaligi,kesish
chuqrligi, krsiluvchi qatlam qalinligi va eni,qirindining hajmi.
Kesish jarayonining uchta asosiy turi bor.
Kesib ajratish
. Kesish jarayonining bu turi
pona shaklidagi asbob bilan
bajariladi, bunda material ikki bo’lakka bo’linadi.(3-rasm,a)
Kesib
olish
.
Bu
holda
kesish jarayoni
ikkita kesuvchi asbob
vositasida
amalga
oshiriladi va bunda ham
material ikki bo’lakka
bo’linadi (3-rasm,b).
Qirindi
ajratish
.
Bunda kesish jarayoni
har xil kesuvchi asboblar
yordamida zagatovka sirtidan materialning ma’lum qatlamini qirindi tarzida ajratib
olishdan iborat (3-shakl,v).
Kesishning yuqorida ko’rib o’tilgan uchala turida asbobning kesuvchi qirrasi
kesish jarayonida nisbiy harakat qiladi.
Birinchi holda
ta’sir ettiriladigan kuch kesuvchi asbob tanasidan o’tib,
o’tkirlik burchagi β ni teng ikkiga bo’ladi, buning natijasida tig’ning ikkala
yuzasiga qariyb bir xil nagruzka tushadi, bunda qirindi hosil bo’lmaydi.
Ikkinchi holda
kesish kuchi asbobning yuzalaridan biri bo’ylab o’tadi va
kesish kuchlanishi hosil qiladi, bunda ham qirindi hosil bo’lmaydi.
Uchinchi holda
kesish kuchi asbobning oldingi yuzasiga tushadi. Buning
natijasida esa materialning ma’lum qavati qirindi tarzida ajraladi.
Turli-tuman kesish asboblari yordamida metallni
kesish usullari hilma-xil
bo’lishiga qaramay, ularning hammasida, amaliy jihatdan olganda, asbobning ish
qismi kesilayotgan materialni bo’laklarga ajratish
yoki materialning muayyan
qismini qirindi tarzida kesib olish maqsadida shu material tanasiga botiriladigan
ponadan iborat bo’ladi.
Ishlov berilayotgan yuzadan qirindi kesib olish natijasida aniqlikning tegishli
klassiga muvofiq keladigan yuzali, xilma-xil shakldagi detallar hosil bo’ladi.
Materiallarni kesib ishlash jarayonida kesuvchi asbob zagatovkaga botib,
unga
nisbatan yoki aksincha, zagatovkani keskichga nisbatan harakatlanishi
natijasida ma’lum qalinlikdagi metall qatlami qirindi tarzida yo’niladi. Metall
мин
м
Дn
/
1000
kesuvchi stanoklarda zagatovkadan qirindini yo’nish bilan detall tayyorlash
usulining asoslariga – yo’nish,
randalash, parmalash, frezalash, jilvirlash,
pratyajkalash va boshqa jarayonlar kiradi.
Metallarni kesib ishlash usullarining sxemalari
bilan tanishib chiqar
ekanmiz, bu jarayonlar bir necha oddiy harakatlarning qo’llanishidan tashkil
topganligini ko’ramiz.
Masalan, tokorlik stanogida qirindini ajratish uchun zagatovkaning aylanma
harakati bilan keskichning unga nisbatan ilgarilanma harakati qo’shiladi.
Metallarni kesib ishlashning hamma usullariga oid harakatlar asosiy va
yordamchi harakatlarga bo’linadi.
Asosiy harakat esa o’z navbatida muhim va surish harakatiga ajratiladi.