O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da fan bilan ta’lim jarayonining aloqalarini rivojlantirish masalalariga katta e’tibor berilgan va bu borada bir qator vazifalar belgilab berilgan.
Fan bilan ta’lim jumladan, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi jarayonining aloqalarini rivojlantirishda kasb (o‘rta-maxsus, kasb-hunar) ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi katta o‘rin tutadi.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi, uning muammolari va yechimlari,
istiqbollari sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi olimlar tomonidan o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi va kadrlar tayyorlash sohasida ilg‘or amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi. Ta’lim sifati davlat ta’lim standartlariga muvofiq kelishini o‘rganish va uni muvofiqlashtirishni tashkil etish va ta’minlash maqsadida pedagogika va ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqib amaliyotda qo‘llashadi.
Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning o‘rta-maxsus, kasbhunar ta’limi jarayonidagi keng ishtiroki ta’minlanadi va shu orqali, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi, pedagogik va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining aloqasi-integratsiyasi yo‘lga qo‘yiladi, yoshlarning fan-texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama kengayadi, ular Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning 1992 yil 2 iyuldagi va 1997 yil 29 avgustdagi qarorlariga binoan “Ta’lim to‘g‘risi”dagi Qonunlari hamda uning yangi mukammallashtirilgan varianti, 1997 yil 29 avgustdagi qarorlariga binoan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” amalga kiritildi. Bu xujjatlarda ta’limning jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy rivojlantirishning ustuvor sohasi ekanligi e’tirof etilib, ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi va uni boshqarish tartibi, pedagog xodimlarning huquqlari, vazifalari va mas’uliyati kabi masalalar qatorida fan va ta’lim jarayonlari aloqalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirishning qonuniy asoslari va yo‘llari belgilab berildi.
Respublika xalq ta’limining asosiy maqsadlari demokratik erkin davlat qurish, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish bilan bog‘langan. Zero, eski ta’lim-tarbiya tizimi bilan yangi jamiyat barpo qilib bo‘lmasligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir. Shuning uchun ham xalq ta’limi tizimining barcha sohalarida turli yo‘nalishdagi yangi rejalar, dasturlar, konsepsiyalar va nizomlar ishlab chiqilmoqda, Respublikamizning porloq istiqbolini belgilab beradigan mukammal uzluksiz ta’lim tizimini yaratish va uni takomillashtirish ustida qizg‘in ish olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi hayotida sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar xalq ta’limi tizimida o‘z aksini topmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, Respublika pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika o‘quv–metodika markazi, pedagogika o‘quv yurtlari olimlari va ilg‘or o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ta’lim mazmunini yangilash sohasida ilmiy izlanishlar bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
"Fan - texnika - ishlab chiqarish" tizimining har bir tarkibiy qismi ma’lum darajada mustaqil bo‘lib, ularning har biri fan-texnika taraqqiyotida o‘ziga xos vazifalarni bajaradi va aniq taraqqiyot qonuniyatlariga ega.
F an ilmiy tadqiqotlar asosida - g‘oyalarni jamlaydi, texnika - uni yangi mashina va texnologiyada moddiylashtiradi, kasbiy ta’lim asosi bo‘lgan berish orqali mutaxassislar bilan ta’minlanadigan ishlab chiqarish o‘z navbatida fan, ilmiy tadqiqotlar va texnika yutuqlarini amaliyotda qo‘llaydi. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi, uning muammolari va yechimlari, istiqbollari sohasida ilmiy izlanishlar fundamental va amaliy fanlar doirasida olib borilganligi sabab ushbu fanlardan birortasi ilmiy tadqiqotlar jarayonida - yetakchi omil bo‘lib, kasbiy ta’limni tadqiq qilishda "fan - ilmiy tadqiqotlar - texnika - kasb ta’limi - ishlab chiqarish" tizimining asosiy bo‘g‘ini, "ishlab chiqarish jarayonini oddiy mehnat jarayonidan ilmiy tadqiqotlar jarayoniga" aylantirish asosi hisoblanadi. Fan - ilmiy tadqiqotlar - texnika - kasb ta’limi - ishlab chiqarish integratsiyasi ta’lim integratsiyasining asosiy yo‘nalishi sifatida didaktik moslangan ko‘rinishda ham namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, fan umumta’lim va maxsus ixtisoslik turkumidagi o‘quv predmetlari doirasida umumiy va kasbiy ta’lim mazmunining shakllanish manbalaridan biri hisoblanadi va asosiy ilmiy bilimlar majmuida o‘z aksini topadi. Zamonaviy ilmiy bilimlarga oid g‘oyalardan biri ularni integratsiyalash g‘oyasi hisoblanadi. Ilmiy bilimlarni integratsiyalash g‘oyasi o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ham o‘z aksini topishi zarur.
Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi mazmun mohiyatini to‘laroq onglash uchun avvalombor “integratsiya” tushunchasining o‘zini ko‘rib chiqamiz.
"Integratsiya" tushunchasiga integratsiyalanadigan ob’ektlarning mohiyatiga ko‘ra turlicha ta’rif berish mumkin. Masalan:
"mamlakatlar integratsiyasi" tushunchasi ostida dunyodagi bir qanchamamlakatlarning iqtisodiy, ilmiy-texnik hamkorligi;
"ishlab chiqarish integratsiyasi" tushunchasi orqali sanoat, agrosanoat yokiilmiy-ishlab chiqarish majmualari tushuniladi. "Fanlar integratsiyasi" deyilganda esa bilimlar sintezining turli shakllari tushuniladi.
Umuman, ilmiy adabiyotlarda "integratsiya" tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan "integratsiya - bu ayrim tarkibiy qismlarning yangi xossa hosil qilib, bir butun birlashish jarayonidir". Pedagog olim V.P.Kuzminning xulosasiga ko‘ra, integratsiya - tizimli yondoshuvdan iboratdir. Chunki "tizim" - bir butunning ob’ektiv shakli, " integratsiya" esa ayrim qismlarning birlashish mexanizmi va natijasidir.
Biz, " integratsiya" tushunchasiga berilgan turli xil izohlarni umumlashtirgan holda, bu jarayonni u yoki bu fanning ularni unifikatsiyalar va majmualashtirishga olib keladigan tarkibiy qismlarning yagona dunyoqarash mantiqiy-metodologik o‘zaro ta’siri jarayoni deb bilamiz.
O‘rganib chiqqan ilmiy tadqiqotlarimizda "integratsiyalash, integratsiyalash jarayoni" tushunchasi bilan bir qatorda "differensiatsiyalash, differensiatsiyalash jarayoni" tushunchasi ham uchraydi. Integratsiyalash va differensiatsiyalash jarayoni inson tafakkurining ikki jihati bo‘lib, bir tomondan, olam - yagona butunlik sifatida, ikkinchi tomondan chuqur aniq qonuniyatlar va sifatiy o‘ziga xos turli xil tarkiblar, sistemalar sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ikkita jarayon bir-birini dialektik taqozo qiladi, to‘ldiradi va biri ikkinchisi orqali namoyon bo‘ladi.
Ko‘pchilik falsafa sohasidagi tadqiqot ishlarida integratsiya va differensiatsiya jarayonlarining o‘zaro munosabati o‘zgarmas va qo‘zg‘almas emasligi ta’kidlanadi.
Ilmiy bilimlar taraqqiyotining turli bosqichlarida bu jarayonlardan bittasi ikkinchisidan ma’lum vaqt mobaynida ustunlik qilishi mumkin. Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida, integratsiya jarayoni differensiatsiya jarayoniga nisbatan ustunlik qilmoqda. Shubhasiz, ilmiy bilimlar differensiatsiyasi fan-texnika taraqqiyotida ma’lum ahamiyatga ega, ammo u hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Bu vazifani ilmiy bilimlar integratsiyasi jarayoni bajaradi.
I.T.Frolov fikricha - "integratsiyalash g‘oyasi fan va texnika taraqqiyotidagi asosiy yo‘nalishdir".
Hozirgi kunda fanlar ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi muammosiga e’tibor ortib bormoqda. Bu holat o‘z navbatida tabiat va jamiyat taraqqiyoti muammolarining majmuaviy xarakterda ekanligini isbotlamoqda, ya’ni ularning yechimi bir qancha fanlarning yutuqlarini amalda ta’lim jarayonida qo‘llash bilan bog‘liqdir.
Hozirgi davrda ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasining yangi zamonaviy turi bilishning umumiy ilmiy shakllari va vositalari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida ularning shakllanish manbalari kasb ta’limida o‘rganiluvchi tabiiy, texnik, pedagogik, metodik, gumanitar va boshqa fanlar orqali o‘zlashtirib olinuvchi umumiy ilmiylik tusini beruvchi tushunchalar hisoblanadi. Zero ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi ko‘p tushunchalarga umumiy ilmiy tus berish va uni shakllantirish asosida namoyon bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |