3. Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiyani tashkil etish muammosi
Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiya muammosini amalga oshirish uchun qator muammolarni hal etishga e’tiborni qaratmog‘i lozim. Ular:
-o‘qitish jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiya va axborot texnologiyasi asosida uyushtirish;
-talaba va ustoz o‘rtasidagi axloqiy hamda aqliy munosabatni qaror toptirishga erishish;
-ta’lim -tarbiya ishlarining qat’iy reja asosida olib borilishi;
-o‘quv muassasasida ijobiy emotsional muhitni yaratish;
-ta’lim oluvchilarning o‘quv muassasasi hayoti ichki tartibi qoidalariga rioya qilishlariga erishishni ta’minlash. Yagona ta’lim-tarbiya jarayonida axloqiy tarbiyani tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza kabi metodlardan foydalanish, turli mashqlar faoliyat orqali ijobiy sifatlarni hosil qilish mumkin.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar: Zamonaviy o‘qitish texnologiyalarining mazmuni nimadan iborat?
Pedagogik texnologiyani loyihalash to’g’risida ma’lumot bering.
Talaba yoshlarda ma’naviy-axloqiy odatlarni tarbiyalashda qanday vazifalar hal etilishi lozim?
Axloq yoki odob deganda nima tushuniladi?
7.3. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA USLUBIY ISHLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH Reja: Kasb-hunar kollejlarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi.
Kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan uslubiy ishlar.
Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni boshqarish.
1. Kasb-hunar kollejlarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi
Fan-texnikaning jadal taraqqiyoti, ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarining amaliyotga keng ko‘lamda joriy etilishi, bozor munosabatlariga o‘tish kabilar pedagoglardan o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlarini faollashtirish omillaridan oqilona foydalanib,mashg‘ulotlar va sinfdan tashqari tadbirlar samaradorligini oshirishni talab etmoqda. Ana shuning uchun ham kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlar tashkil etilib o‘tkaziladi.
Bunday ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad: rahbarlar, pedagog va muhandispedagoglarning kasbiy-pedagogik mahoratlarini oshirish yo‘li bilan pedagogik jarayon sifat va samaradorligini oshirishdan iborat.
Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlar odatda yakka tartibda va jamoaviy shakllarda tashkil etilib, quyidagilarni ko‘zda tutadi:
ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish vaularni ommalashtirish maqsadida targ‘ib qilish;
pedagog va muhandis-pedagog xodimlarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
axborot resurslari markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
pedagoglar va muhandis-pedagoglarga o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlarigashart-sharoit yaratish;
ochiq dars tashkil etib o‘tkazuvchi o‘qituvchilarga ko‘mak berish;
pedagogik jamoani yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishtirib borish;
fan yutuqlarini amaliy tajriba- sinovidan o‘tkazish;
o‘quvchilarni olimpiadalar, ko‘rik-tanlovlar va turli tadbirlarga tayyorlashgako‘maklashish kabilardan iborat.