“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Talaba yoshlarda manaviy-axloqiy odatlarni tarbiyalash jarayoni va uning vazifalari



Download 369,63 Kb.
bet58/80
Sana11.03.2022
Hajmi369,63 Kb.
#489399
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
Bog'liq
“kasbiy pedagogika” fan sifatida

2. Talaba yoshlarda manaviy-axloqiy odatlarni tarbiyalash jarayoni va uning vazifalari


Kamolotga erishgan, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash jarayoni uning doimiy, muntazam, izchil va tizimli ravishda tarbiyalashni taqozo etadi. Bu yo‘lda kasbiy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, fundamental, kasbiy fanlar singari g‘oyaviy mazmuni talabalarga, yangi jamiyatning har bir mutaxassisiga zarur bo‘lgan ijtimoiy dunyoqarashni shakllantiruvchi tasavvurlar zahirasini hosil qilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishga yangicha yondashuv asosida axloq malakalarini hosil qilish mumkin. Talaba yoshlarda yagona pedagogik jarayonda ma’naviy-axloqiy odatlarni tarbiyalashda quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:

  • o‘zbek milliy mentaliteti va jahon sivilizatsiyasi yutuqlariga tayanadiganmanaviy qadriyatlar tizimini mustahkamlash;

  • Sharq mutafakkirlari asarlarida qayd etilgan komil inson g‘oyasi, ta’limotigaamal qilish;

  • O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ta’lim-tarbiya xususan,barkamol shaxs, yetuk mutaxassis xususiyatidagi fikr-mulohazalarni o‘rganish va ularga amal qilish.

Tarbiyaviy ishlar mexanizmi. Bunday vazifalarni hal etsh pedagogik jamoaning jismoniy va manaviy barkamol avlodni tarbiyalash, talabalarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli, mehnatga halol munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash ishiga sezilarli hissa qo‘shayotgan yoshlar bilan ishlovchi barcha davlat va jamoatchilik tuzilmalari (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat sport qo‘mitasi, «Manaviyat va marifat» jamoatchilik markazi, «Mahalla», «Kamolot», «Sog‘lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug‘bek», «Umid», «Ustoz» jamg‘armalari, Inson huquqlari bo‘yicha markaz va hokazo) bajarayotgan ishlar, dasturlardan foydalanilgan holda tarbiyaviy ishlar mexanizmini ishlab chiqish va yoshlar tafakkuriga ta’sir etish ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Kasbiy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlarning mohiyati, uning milliy istiqbol mafkurasiga asoslangan, ma’naviy-axloqiy, huquqiy, vatanparvarlik, fuqaroviy, mehnat, madaniy-maishiy, ekologik va shu singari yo‘nalishlar bilan erishiladigan g‘oyaviy amal va ideallarga mos holda olib borilishi maqsadga molik masala. Bu muammolarni amalga oshirish barcha pedagoglarining oldida turgan yuksak vazifadir.
Mustaqillik sharoitida talaba-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda qator vazifalarni hal etish talab etiladi. Jumladan:
-har bir ta’lim oluvchining ongida davlat mustaqilligi xalqning oliy g‘oyaviyaxloqiy qadriyati ekani, o‘z vatani bilan faxrlanish, uning xavfsizligini ta’minlash va O‘zbekistonning ulug‘ tarixiy o‘tmishi, bozor munosabatlariga asoslangan yangi demokratik jamiyat qurishda tanlab olgan o‘ziga xos yo‘lini mustahkamlash, islom dini ruhi bilan sug‘orilgan oliy manaviy-axloqiy qadriyatlar, xalqning insonparvarlik an’analari hamda umuminsoniy sivilizatsiya yutuqlari ahamiyatini to‘g‘ri tushuntirish va uni e’tiqodga aylantirish;
-ta’lim oluvchilarda umuminsoniy insonparvarlik axloqi, madaniyati me’yorlari, zamonaviy qadriyatlar ehtiyoji, o‘zini yuqori tutish va viqor saqlash, oilaviy tan’tanalarda o‘zini ko‘rsatishga urinish, xizmat vazifasidan shaxsiy maqsadlar uchun foydalanish ko‘rinishlariga murosasiz bo‘lish ruhini tarbiyalab borish ularning yuqori axloq malakalari bilan qurollantirishning garovi bo‘lib hisoblanadi.
Axloqiy tarbiya tarbiyaviy ishlar majmuida yetakchi o‘rin tutadi. Axloq yoki odob deganda - kishilarning mazkur jamiyat uchun xarakterli va muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan tarixan bog‘liq bo‘lgan xulq-atvorlarni belgilab beradigan qonun-qoidalar yig‘indisi tushuniladi. Jamiyat tomonidan belgilanadigan talablar shaxs xulqini baholash uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq shaxs xulqining mazmuni mamlakatda sharqona axloq-odobga asoslangan milliy tarbiyani amalga oshirishdan iborat bo‘lishi lozim. Bunday jamiyatni qurish jarayoni yangi ijtimoiy munosabatlarni hosil qilish bilan bog‘liq. Shu ma’noda bugungi kun ta’lim tizimida amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning asosiy mezonlari milliy axloq me’yorlarini tashkil etadi.
Kasb ta’limi muassasalarida talaba-yoshlar orasida axloqiy tarbiyani amalga oshirish avvalo, ularda axloqiy tushuncha va ishonch hissini yaratishdan boshlanishi maqsadga muvofiq. Chunki yoshlarda axloqiy tushuncha va e’tiqodni tarkib toptirmay turib, axloqiy odatlar, shuningdek, xatti-harakat bilan bog‘liq odat va malakalarni hosil qilib bo‘lmaydi. Bunda asosan talaba-yoshlarga axloq-odob me’yor va qoidalari mazmuniga oid bilim berishga katta ahamiyat berish lozim. Bunda asosan yaxshi bilan yomon o‘rtasidagi farq tushuntiriladi. So‘ngra yaxshi xulqlarni hosil qilishga qaratilgan faoliyat uyushtiriladi. Ana shu yo‘sinda yoshlarda axloqiy tushunchalar vujudga keladi va xulqiy odatlar hosil qilinadi.

Download 369,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish