“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Egallangan bilim va ko‘nikmalarni tekshirish (nazorat) darsi



Download 369,63 Kb.
bet19/80
Sana11.03.2022
Hajmi369,63 Kb.
#489399
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
Bog'liq
“kasbiy pedagogika” fan sifatida

Egallangan bilim va ko‘nikmalarni tekshirish (nazorat) darsi. Nazorat ishi o‘tkaziladigan darsning tuzilishi murakkab emas. O‘qituvchi topshiriqlarni e’lon qiladi, o‘quvchi va talabalar ularni bajaradilar va dars oxirida ishlar yig‘ib olinadi. Nazorat ishining savollari va topshiriqlari shunday ifodalanishi kerakki, o‘quvchilarning javoblaridan ular bilimlarni shunchaki eslab qolgani emas, balki ishning mohiyatini tushungani ham ko‘rinib turishi lozim.
Hozirgi kunda zamonaviy dars tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda. Zamonaviy dars deganda- o‘qituvchi o‘quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib, uning aqliy salohiyatini ishga solib, rivojlanishini ta’minlovchi dars tushuniladi. O‘quvchi esa, o‘z navbatida, bilimlarni chuqur o‘zlashtiradi va ko‘nikmasiga aylantirib, ma’naviy barkamollik sari odimlaydi.
Zamonaviy dars mezonlari quyidagilardan iborat:
· Dars o‘quvchi va talaba shaxsiga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro faol munosabatlariga asoslanadi;
· Dars jarayoni tabaqalashtirish va o‘quvchi-talabalarning shaxsiy qobiliyatlariga yondoshuv asosida amalga oshiriladi;
· Dars o‘quvchi-talabalarning yuqori darajadagi qiziqishi, aqliy faolligi va muvaffaqiyatga erishuviga qaratiladi;
· Dars pedagogikaning barcha turdagi metodologik asoslaridan kelib chiqib amalga oshiriladi;
· Darsda beriladigan bilim mazmuniga ko‘ra, turli pedagogik usul va uslublardan foydalaniladi;
· Darsda nazariya va amaliyot o‘zaro bog‘liqlikda talqin etiladi;
· Dars sifat va samaradorligini ta’min etuvchi nazorat turlaridan foydalaniladi;
· Darsda vaqtdan unumli va maqsadli foydalaniladi;
· Dars majmu yondoshuv tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Darsni zamonaviy tarzda tashkil qilish uchun quyidagi me’yoriy hujjatlar taxt bo‘lishi shart: namunaviy o‘quv dasturi, ishchi o‘quv dasturi, taqvimiy o‘quv reja, konspekt yoki ma’ruzalar matni, darsning ishlanmasi va texnologik xaritasi, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va boshqa didaktik materiallar, talabalarning mustaqil ish mavzulari, maslahat va qoldirilgan darslarni qayta topshirish jadvali, baholash mezonlari va test savollari. Shunga qo‘shimcha qilib, o‘tiladigan fan bo‘yicha darslik va bir qator metodik qo‘llanmalarni ham tayyorlab qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Metodik qo‘llanmalarga: mazkur fanni o‘qitish metodikasi, shu fanda amaliy mashg‘ulotlarni olib borish metodikasi, kurs ishlarini bajarish metodikasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:

  1. Kasbiy ta’limning tashkiliy shakllari qanday xususiyatlariga binoan turlanadi?

  2. Sinf-dars tizimining asosiy o‘ziga xos jihatlari nimalar hisoblanadi?

  3. Sinf-dars tizimining kamchiliklarini ayting.

  4. O‘qitishning texnik vositalari deganda nimani tushunasiz?

  5. O‘qitishning texnik vositalari qanday guruhlarga bo‘linadi?

  6. Ko‘rsatmali qo‘llanmalarga qanday talablar qo‘yiladi?

Download 369,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish