Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Keng qamrovli va yuqori malakali xodimlar tayyorlashga qo‘yiladigan asosiy talablar



Download 492,19 Kb.
bet127/128
Sana08.03.2022
Hajmi492,19 Kb.
#486198
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
3.1. Маъруза матнлари

Keng qamrovli va yuqori malakali xodimlar tayyorlashga qo‘yiladigan asosiy talablar
Keng qamrovli va yuqori malakali xodimlarni boshqarishda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi nomli yangi mehnat turi paydo bo‘ldi. Ularning mehnatida bir qancha umumiyliklar bor.
Keng qamrovli mutaxassis xodim o‘z faoliyatida bir qancha kasblarni qamrab oladi, zarur bilimlarga, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladi. Bu aralash texnologiya uchastkalardagi ishlab chiqarish funksiyalarini amalga oshirishda qo‘l keladi. U ishlab chiqarishning fan sohasidagi bilimlar bilan qurollangan bo‘lib, ishlab chiqarishning o‘zgarib turadigan shartlariga tez ko‘nikib keta oladi.
Keng ko‘lamli mutaxassis xodimning professionalligi shu bilan belgilanadiki, uning yangi joyga va yangi sharoitga tez ko‘nikishidir. Bunday hollarda qayta qurish va to‘g‘irlash ko‘nikmalari hosil bo‘ladi. Amaliy ko‘nikmalar o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi, bular ishlab chiqarish sharoitlarining o‘zgarishi, mehnat jarayonlari tuzilmalari va uning miqdori bilan o‘zgaradi.
Professionallikning yuqori bosqichlarga ko‘tarilishi ko‘p funksiyalarni bajarishi boshqa kompleks mehnat bilimlarida hamda ish faoliyatining kengayishi bilan kelib chiqadi. Professional ishchi xodim o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni tahlil qila oladi. Bu jarayondagi asosiy narsa, bu nazariy bilimlarni bilishda emas, balki amaliyotda ishlata olishdir.
Bugungi kunda integratsiya jarayoni texnik jarayonda yangi texnikani boshqara oladigan xodimlarni talab qiladi. Yuqori malakali xodimlar yuqori bilimlarga umumiy texnik bilimga, tajribaga ega bo‘lgan, hamda ular ishlab chiqarishda yangi bilimlarni o‘zining amaliy faoliyatida qo‘llay oladigan ishchi xodimdir.
Alohida tarmoq korxona yoki tashkilot miqyosidagi muhandis-pedagog mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish strategiyasi xususida gapiradigan bo‘lsak, bu strategiyaning ham bir qator o‘ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Bunday strategiyadagi asosiy masala bo‘lib tegishli tarmoq va uning korxona yoki tashkilot sharoitidagi yangi xo‘jalik yuritish tizimida yanada samarali faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash maqsadida ularni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy shakl va usullarini aniq ishlab chiqish va amaliyotga samarali joriy etish hisoblanadi. Bu strategiyaga ko‘ra, tarmoqdagi ishlab chiqarish faoliyatining barcha bo‘linmalariga istiqbolni to‘g‘ri baholay oladigan qo‘l ostidagi kishilar bilan hamkorlikda ishlay oladigan va o‘z mutaxassisligi sohasini puxta o‘rgangan rahbar kadrlarni tanlash, shuningdek ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlari uchun yuqori malakali, vijdonli va har qanday sharoitga moslasha olish qobiliyatiga ega bo‘lgan muhandis-pedagog mutaxassislarni tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. SHu maqsadlarda muhandis-pedagog mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning turli usul va shakllari strategiyada o‘z ifodasini topadi.
Ma’lumki, har qanday korxona yoki tashkilotda mutaxassislar ishini muvaffaqiyatli tashkil etishda ularni kompleks va tizimli tarzda o‘qitish muhim ahamiyatga egadir. SHundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, mutaxassislarni tayyorlashni rivojlantirish strategiyasi o‘z ichiga barcha ishlab chiqarish bo‘g‘inlarini qamrab oladigan turli xil o‘qitish shakllarini olishi kerak. SHuning bilan birga mutaxassislarni tayyorlashni doimiy va uzluksiz tarzda amalga oshirishni ta’minlash ham strategiyaning hal qiluvchi ahamiyatga ega tarkibiy qismi hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, alohida tarmoq korxona yoki tashkilotlar miqyosidagi mutaxassislarni tayyorlashni rivojlantirish strategiyasidagi mutaxassislarni malakasini oshirish va o‘qitish shakllarini o‘zida ifodalagan model tasvirlangan.
Ko‘rinib turganidek, bu strategiyada mutaxassislar tayyorlashning aniq shakl va usullarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, tarmoq, korxona yoki tashkilotlardagi strategiya ham ko‘plab bosqichlarga ega bo‘ladi, biroq imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bu bosqichlarga keyingi izlanishlarda to‘xtalib o‘tamiz.
YUqorida mutaxassislarni tayyorlashni rivojlantirish strategiyasini ikkiga bo‘lib ko‘rib chiqdik. Biroq, bu degani bular bir-biridan alohida rivojlanadigan strategiyalar ekan deb xulosa chiqarishni anglatmaydi. Zero albatta har qanday tarmoq, korxona yoki tashkilotdagi bunday strategiyalar, birinchi navbatda, tegishli davlat strategiyalaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida muhandis-pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimini rivojlantirish strategiyasiga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:
1. Mamlakatdagi tarkibiy o‘zgarishlar. Ma’lumki, O‘zbekiston rejali iqtisodiy boshqaruv tizimidan yangi bozor iqtisodiyoti mexanizmi sari intilmoqda. Bu esa, tabiiy ravishda, yangi iqtisodiy shart-sharoitlar va tuzilmalarni yaratish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Bunday sharoitda yangicha bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarsiz hech qanday muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham mamlakatimizdagi iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar mutaxassislar tayyorlash tizimini rivojlantirishning zamonaviy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qilmoqda.
2. Bugungi kunda «mehnat bozori»dagi ishsizlik muammolari. Bu ayniqsa, o‘tish davridagi mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekistonda ham alohida echim talab qiladigan muammolardan hisoblanadi. O‘tish davridagi mamlakatlarda ko‘plab sanoat ob’ektlarining to‘liq hajmda ishlash imkoniyatlarining kamayishi, davlatning ko‘plab nazorat organlarini qisqartirilishi, shuningdek, yangi ob’ektlarga aylantirilayotgan korxona mutaxassislarining zamonaviy bilimlarga ega bo‘lmasligi oqibatida mehnatga layoqatli ishsizlarning soni ortib boradi. Buning oldini olish uchun esa, bu ishsizlarni qisqa muddatli qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish orqali bozor talablariga mos bilim va tajribalarni oshirishga katta ehtiyoj seziladi.
Muhandis-pedagog kadrlar, ta’lim oluvchilar va uni ta’minlash uchun zarur resurslar o‘quv-tarbiya jarayonining asosiy komponentlari hisoblanadi.

O’quv-tarbiya jarayoni


5-chizma



Ta’lim oluvchilar



Resurslar



Ilmiy-pedagogik va pedagogik kadrlar


Muhandis-pedagog mutaxasislar ta’lim xizmatini talab etuvchilar sifatida oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura)ning barcha bosqichida ma’naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan shaxs sifatida shakllantiruvchilardir. Davlat ta’lim standartlari va resurslari vositasida ularning sifatli ta’lim olishi va kasbiy tayyorlanishi kafolatlanadi. Ta’lim oluvchilarning vazifasi har tomonlama rivojlangan shaxs bo‘lib etishishlari uchun oliy ta’lim tizimidagi keng imkoniyatlardan foydalanishdan iboratdir.1


Oliy ta’lim resurslari quyidagilardan iborat:
- moliyalar (byudjet va byudjetdan tashqari manbalardan olinadigan);
- moddiy-texnika bazasi, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan;
- kompyuter texnologiyalarining texnikaviy, matematik va dastur ta’minoti;
- informatsiya bazasi (darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, ko‘rgazma materiallar va jihozlar va h.k.).
O‘quv-tarbiya jarayonining sanab o‘tilgan komponentlari kadrlar tayyorlash uchun zamin yaratadi. Ularning sifati va raqobatbardoshligi ayrim olingan har bir komponentning va umumiy zaminning rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir.
XXI asrga kelib, yangi texnika va texnologiyalarning jadal sur’atlarda o‘sib borayotganligi, hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari ayniqsa, halqaro internet tizimining butun dunyoni qamrab olayotganligi, mamlakatimizga chet el sarmoyasi orqali rivojlangan mamlakatlarning import asbob-uskunalarini kirib kelayotganligi, shuningdek, korxona va tashkilotlarda yangi talablar asosida boshqaruv va ishlab chiqarish tizimlarini takomillashtirish zaruriyati kabilar etuk malakali mutaxassislar tayyorlashni talab qilmoqda.
Shunday qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida O‘zbekistonda muhandis-pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimini rivojlantirish strategiyasini jahon talablari darajasida amalga oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. SHuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz joizki, zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday strategiyada birinchi navbatda, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyalashuvni yanada chuqurlashtirish masalasiga asosiy e’tibor qaratilishi kerak. SHunday bo‘lgandagina respublikamizda muhandis-pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimidagi sifat kriteriyasini kutilgan darajada rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa, mamlakatimiz korxona va tashkilotlaridagi iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikka erishishni, mos ravishda mamlakat makroiqtisodiy o‘sishiga erishishni ta’minlaydi.

Download 492,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish