Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Xodimlarning kasbiy ixtisosligini tahlil qilish metodikasi



Download 492,19 Kb.
bet126/128
Sana08.03.2022
Hajmi492,19 Kb.
#486198
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
3.1. Маъруза матнлари

2. Xodimlarning kasbiy ixtisosligini tahlil qilish metodikasi
«Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi – degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov1, yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi».
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim xizmatlari bozorining strategik maqsadi sifatida, bozor munosabatlarining vujudga kelishi sharoitida samarali ishlashga qodir bo‘lgan muhandis-pedagoglar faoliyatining barcha darajalari va sohalari uchun mutaxassis kadrlarni tayyorlash va bu bilan O‘zbekiston iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishining butun jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatish masalasi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash har yili 38-40 ming kishi atrofida o‘zgarib turadi.
1990-2000 yillarda mutaxassislar tayyorlashning yillik o‘sishi kuzatildi, 2000 yilda bu ko‘rsatkich 41690 kishini tashkil qiladi. Bugungi kunda oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan qo‘shimcha talab asta-sekin o‘sib borib va 2003 yilda 50 ming kishini, 2005 yilga kelib esa 55-60 ming kishini tashkil qiladi.
SHuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitini ko‘zda tutib, mutaxassislarni tayyorlash sohasidagi tarkibiy siljishlar saqlanib qolinadi. Bu «Iqtisodiyot va boshqaruv» ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojning yanada oshishini keltirib chiqaradi. 1999-2000 yillarda iqtisodiy va huquqiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘rtacha yillik qabul qilish 16,4 ming kishini yoki umumiy qabulning 9,2%ni tashkil qiladi va 1990 yildan buyongi davrda 1,3 marta ortdi. Bu, o‘z navbatida, Oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarning umumiy sonida ushbu ixtisoslikdagi talablar soni ulushining 1990 yildagi 9,940% o‘rniga 1997 yilda 116,5% gacha olib keldi.
O‘zbekistonda 1992 yilda 53 ta davlat oliy ta’lim muassasi mavjud bo‘lib, ularning ulushi oliy ta’lim muassasalari umumiy sonning 100%ini tashkil etardi. Davlat oliy ta’lim muassasalari sonining o‘sish jarayoni quyidagi tarzda yuzaga keldi: 1985-1990 yillar mobaynida ularning soni oliy ta’lim muassasalarining 100%i darajasida barqarorlashdi; keyingi yillarda ularning o‘sish sur’ati bir yilda taxminan 3-4 tani tashkil qildi; 1990-1996 yillarda esa ularning soni 58 taga yoki 23,4% oshdi.
Davlat oliy ta’lim muassasalarida 1997 yilda 158,2 ming talaba ta’lim oldi, bu 1995 yil bilan solishtirganda 68,8%ni tashkil qildi. 2000 yilga kelib talabalarning soni 172,4 ming kishi, 2002 yilda esa 198 ming kishiga etdi (yillik o‘sish sur’ati 2-3%). Faqatgina 1995-2000 yillarda talabalar sonining o‘sishi qayd etildi; tegishlicha, har yili o‘sish sur’ati 1,5% ni tashkil qildi (1995 yil-192070, 2000 yil-198017)
Oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy hududlar bo‘yicha taqsimlanishi bir xil emas: masalan, ularning 31% yoki 30 ta oliy ta’lim muassasasi Toshkent shahri va poytaxt viloyatida joylashgan, shulardan Toshkent shahrida 30 ta oliy ta’lim muassasasi yoki 40%; Farg‘ona vodiysida 11 ta yoki 17,8%; qolgan hududlarning ulushi 34,2% darajasida bo‘lib, Samarqand shahrida 6 ta oliy ta’lim muassasasi joylashgan, bu O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalari umumiy sonining 9% iga teng.
Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari soni oliy ta’lim muassasalarining ulushiga taxminan mos keladi, masalan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining oliy ta’lim muassasalari barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari sonining 47,2%ini qamrab oladi, bu erdagi oliy ta’lim muassasalarining ulushi esa qariyib 48% ni tashkil qiladi.
Bugungi kunda malakali mutaxassis xodimlar ish faoliyatini tekshirishda ularning ixtisosligi tahlil qilinadi, komissiyalar tuziladi. Tuzilgan komissiya a’zolari o‘qituvchilar va vrachlardan iborat bo‘ladi.
Reja tuziladi:
1. Mehnat turi va miqdorini aniqlash;
2. Texnik-tashkiliy sharoitlar;
3. Ishchi xodimlar bajaradigan ishlar;
4. Kvalifikatsiya;
5. Maxsus tajriba;
6. Javobgarlik;
7. Maxsus texnik talablar;
8. Maxsus jismoniy texnik talablar;
9. Tashkiliy tayyorlashga taklif;
10. Ilmiy texnik progressga etib borishi.
Bu tahlillarni sharoitni hisobga olgan holda bajarish kerak. Xodimlarning o‘qishi uchun o‘sha tashkilot etarli darajada o‘quv materialiga ega bo‘lishi kerak. Tahlilning natijasi xodimlarning tarkibiga bog‘liq. Mehnatning sifati – uning mexanizatsiyalashganligi va avtomatlashtirilganligi, yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlanganligi bilan belgilanadi. SHu bilan bir qatorda xodim ning ma’lum bir sohadagi aniq faoliyatini belgilab beradi. Ma’lum sohadagi xodimlarning ish quroli bilan ishlashi sifatni boshqarishni belgilab beradi.



Download 492,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish