O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi. Umumiy o‘rta ta’lim negazida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turi bo‘lib unda - akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qish yo‘nalishi o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarning imkoniyatlari va qizikishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, so-halashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Bu ta’lim turida o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshka sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chukur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunarko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va bu ko‘nikmalarni biror bir oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida qo‘llashlari mumkin.
Kasb-hunarkolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi diplom beriladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi jarayonida umumiy o‘rta ta’limning kasbiy ta’lim bilan izchilligi va integrasiyasini ta’minlavchi integrasiyalashgan bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar berish uchun quyidagilar zarur:
- umumiy o‘rta ta’lim negazida ta’limni davom ettiruvchi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlar faoliyat ko‘rsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim bilan izchilligi va integrasiyasini ta’minlovchi ta’lim va kasb-hunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chikish;
- akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan va integrasiyalashgan dasturlar ishlab chikish va joriy etish.
Kasb ta’limining oliy ta’lim ta’lim bilan integrasiyasini ta’minlashga “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunda belgilab berilgandek ta’lim tizimi barcha bo‘g‘inlarining uzluksizligi asos bo‘ladi.
Uzluksiz ta’lim tizimining bir bo‘g‘ini bo‘lgan o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limning uzluksizligi, izchilligi hamda o‘zaro integrasiyasi davlat ta’lim standartlari doirasida, tegishli ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi.
Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslangan hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichdan iborat uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turi xisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Oliy ta’limning birinchi bosqichi bo‘lgan bakalavriat - mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestasiyasi yakunlariga binoan kasb bo‘yicha "bakalavr" darajasi beriladi va ular davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplomga ega bo‘lishadi.
Oliy ta’limning ikkinchi bosqichi bo‘lgan magistratura — aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’li xisoblanadi.
"Magistr" darajasini beradigan davlat malaka attestasiyasi magistrlik dasturining intixosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |