Kasbiy mahorati


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/39
Sana16.03.2022
Hajmi2,03 Mb.
#496555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
bolazhak tasvirij sanat oqituvchilarining kasbij mahorati kompetentligini

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:
bo‘lajak tasviriy san’at 
o‘qituvchilarini kasbiy- mahorati kompetentligini rivojlantirish, qalamtasir 
fanini takomillashtirishda quyidagilarni inobatga olgan holdagina muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishi mumkin, agar: 
-
bir-biri bilan mutanosblikda harakatlanuvchi bosqichma-bosqich 
muayyan tizimni shakllantiruvchi o‘zaro bog‘liqlarda o‘rganib chiqilsa; 
-
keltirilgan metodikani nazariy modellar ko‘rinishida berilgan 
pedagogik tadqiqot natijalariga asoslanib, pedagogik yangiliklarning o‘ziga 
xosligi va ularning yangiligini hisobga olgan holda amalga oshirilib borilsa;
-
tarkibiy model va konsepsiya ishlab chiqilsa, hamda didaktik shart-
sharoitlar nazariy jihatdan asoslangan bo‘lsa;
Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy- mahorati kompetentligini 
rivojlantirishda qalamtasir fanini mazmuni, turi va usullari oliy ta’lim 
muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash tizimida badiy ta’limning ilg‘or 
yutuqlari va rivojlantirish istiqboliga muvofiq samarali ta’lim tizimi amalga 
oshiriladi 
Tadqiqot ishida foydalanilgan adabiyotlar sharhi:
Bo‘lajak tasviriy 
san’at 
o‘qituvchilarini 
kasbiy 
mahorati-kompetentligini 
rivojlantirish
muammosini o’rganish va uning ta’lim olishiga oid masalalar kishilik jamiyati 
taraqqiyotining barcha bosqichlarida olimu-fuzalolar, mutafakkirlar, psixologlar, 
faylasuf va pedagog olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Qomusiy
allomalar – Abu Nasr Forobiy, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad 
Yugnakiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning komil inson 
tarbiyasi va uning mohiyati haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o‘z 
ahamiyatini yo‘qotmagan.


11 
Tadqiqot yuzasidan olib borilgan izlanishlar, adabiyotlarni o‘rganish va 
tahlil etishdan shunday xulosaga keldikki, E.Kvyatkovskiy, T.Mahmudov, 
M.Ovsyannikov, V.Skatershikov, S.Fayzulina, S.Shermuhammedov kabi olimlar 
tomonidan san’at, madaniyat, nafosatning falsafiy, pedagogik jihatlari ishlab 
chiqilgan. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi va nazariyasini ishlab chiqishda 
hamdo‘stlik mamlakatlari olimlari O.Artyunyan, V.Kuzin, N.Rostovsev, 
V.Strokov, K.Eralin, va O‘zbekiston olimlaridan R.Hasanov, N.Abdullaev, 
S.Bulatov, A.Inagamov, Q.Qosimov, B.Baymetov, S.Abdirasilov, R.Rajabov, 
A.Sulaymonov, 
N.Tolipov, 
U.Nurtaev, 
B.Azimov, 
B.Qo‘chqorov, 
X.Alyaminov, 
A.Amanullaev, 
J.Darmenov, 
B.Oripov, 
O.Xudoyorova, 
K.Gulyamovlarning ilmiy ishlarida bayon etilgan. Jumladan, O’.Nurtaev
tadqiqoti bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini O‘zbekiston sharoitida tizimli 
tayyorlash metodikasiga bag‘ishlangan bo‘lib, kadrlar tayyorlash milliy modeli 
va dasturining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari unda kadrlar tayyorlash milliy 
modelining zaruriy tarkibiy qismlari o‘zaro aloqadorlikda va alohida olingan 
holda tadqiq etilgan, shuningdek, mamlakatimizdagi va xorijiy mamlakatlardagi 
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, yangilanishlar asosida to‘plangan tajribalar 
qiyosiy tahlil qilingan.
Shuningdek, mazkur tadqiqotlar jumlasiga J.G‘.Yo‘ldoshevning malaka 
oshirish tizimida o‘qituvchi kasbiy tayyorgarligini faollashtirish masalalari, 
F.R.Yuzlikaev tomonidan olib borilgan bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning didaktik 
tayyorgarligini jadallashtirishning nazariyasi va amaliyoti, D.X.Nasriddinova-
ning oliy pedagogik ta’lim tizimida bo‘lg‘usi o‘qituvchi-bakalavrlarni 
tayyorlash 
jarayonini 
insonparvarlashtirish
1

Sh.N.Majitovaning 
kasbiy 
tayyorlash jarayonida bo‘lg‘usi o‘qituvchilar shaxsini faollashtirishning 
pedagogik asoslari; O.Q.Haydarovaning bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni ta’lim 
jarayoniga texnologik yondashuvga tayyorlashning nazariy asoslari kabi 
1
Nasriddinova D.X. oliy pedagogik ta’lim tizimida bo‘lg‘usi o‘qituvchi-bakalavrlarni 
tayyorlash jarayonini insonparvarlashtirish
1
). Avtoref. dis... kand. ped.nauk.-T., 2000. - 21 s. 


12 
tadqiqotlarini kiritish mumkin
2
.
Hamdo‘stlik mamlakatlari olimlari tomonidan talabalarning pedagogik 
faoliyatga tayyorgarligi K.M.Duray-Novakova, mehnat o‘qituvchilari va 
ustalarining kasbiy tayyorgarligi
3
, pedagogik faoliyat tarkibiy qismlari 
N.V.Kuzmina, o‘qituvchilarning ijtimoiy faolligi V.A.Slastenin V.E.Tamarin, 
D.S.Yakovleva, umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining professiogrammasi 
A.K.Markova, pedagogika institutlari bitiruvchilarining kasbiy faoliyatga 
moslashishining pedagogik asoslari kasbiy-pedagogik yo’naltirilganligi metodik 
jihatdan tadqiq etilgan. 
N.A.Muslimov 
pedagogning 
kasbiy 
kompetensiyasi 
mazmuniga 
o’qituvchi, tarbiyachi, pedagogning, unga mustaqil ravishda va yetarli darajada 
samarali tarzda pedagogik vazifalarni yechishga imkon beradigan shaxsiy 
imkoniyatlarini kiritadi
1

Rus pedagog olimi A.V. Xutorskiyning fikrlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u
"kompetentlik" va "kompetensiya

tushunchalarini o‘ziga xos tarzda talqin qilgan 
va o‘qituvchining kompetensiyasini ko‘rsatib bergan. 
Ma’lumki, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy mahorati 
kompetentligini rivojlantirishda qalamtasvir fanining ilmiy-nazariy, pedagogik-
psixologik, ilmiy-metodik tayyorgarligi, g‘oyaviy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy 
yetukligi majmua holda tushuniladi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish