9.3-rasm. O'quv yurti va o rxona maqsadlari mosligi.
talabalarga tanlov fanlarini o'qitishda korxonalar uchun kerakli kurslarni o'qitish, korxonalarda universitet kafedralarining filiallarini tashkil qilish va ularga shu korxonalarning tajribah xodimlari tomonidan dais o'tishlarini tashkil qilish, amaliyotlarini shu korxonalarda o'tkazishni tashkil qilish;
bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining ham shu korxonalarda bajarilayotgan ishlarga yaqin mavzularda bajarihshi va ularni shu yo'nalishda ishga qabul qilish;
kasbiy qayta tayyorlashda esa o'quv yurtlari va buyurtmachi korxonalar biigalikda yaratgan dasturlardan foydalanish.
O'quv yurtlari va mehnat bozori o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida quyidagilarni amalga oshirish taklif etiladi:
mutaxassislarni tayyorlash davlat arizalari, asosiy iqtisodiy sektorlardagi talabni e'tiborga olgan holda amalga oshirish;
o'quv yurtlari bitiruvchilarining ishga joylashish monito- ringini amalga oshiruvchi mexanizm ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;
• o'quv yurtlari qoshida marketing tadqiqotlarini amalga oshiruvchi, bitiruvchilarga mehnat bozoridagi talabni o'rganuvchi xizmatni tashkil etish lozim.
9.4-rasm. O'quv yurti va buyurtmachi korxonalarning o'zaro aloqalari.
O'quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash davlat ta'lim standartlariga, talabalarning va mehnat bozorining ehtiyojlariga bog’liq bo'lishi kerak. O'quv yurtlari faoliyatida uni bitirayotgan yosh mutaxassislarning mehnat bozorida o'z o'rinlarini topish yo'lida qilayotgan ish tajribalarini tahlil qilib, umumlashtirgan holda, ularning natijalarini barcha mehnat bozori va ta'hm xizmatlari bozori subyektlariga ma'lumot tariqasida yetkazib berishning mexanizmi yaratihshi zarur.
O'quv yurtlari va ishlab chiqarish sohalari o'rtasidagi o'zaro aloqalarning yangi tashkiliy usuharidan biri vasiylik kengashi hisoblanadi. Hozirgi kunda har bir o'quv yurtida vasiylar kengashi faoliyat olib boradi. Vasiylar kengashi bu ko'ngilli jamiyat, notijorat tashkilot bo’lib, muassasaga mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy bazani rivojlantirish, talabalar o'quv yurti xodimlarini ijtimoiy himoyalash maqsadida ko'maklashish istagini bildhgan jamoatchi boshqaruv tashkilotidir. Ammo hozirgi davrda uslibu imkoniyatdan to'lig'icha foydalanilmayapti. O'quv yurtining vasiylar kengashi bilan aloqasi bu muassasaning ishlab chiqarish bilan bevosita aloqasidir. Bu aloqalar orqali talabalarning amaliyotlari masalasi, ilmiy tadqiqotlar ko'lamining kengaytirilishi, yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish masalalari hal etilishi mumkin. Aloqalar o'zaro manfaatlari qondirilishi tarzida rivojlanishi lozim.
Tadqiqotlar shuni ko'isatmoqdaki, mutaxassislar mehnat bozorida talabalarga ularning kasbiy shakllanishi va mehnat bozorida raqo- batbardosliligini oshirish maqsadida o'quv yurtlari qoshida bitiruv- chilarni ishga joylashtirishga ko'maklashish bo'yicha jamg'arma tashkil etilishi lozim. Bu jamg'arma bitiruvchilarning ish o'rinlarini topishiga ko'maklashish bo'yicha faoliyati hokimiyat oiganlari va ish bilan bandlik xizmatlari bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, o'quv yurtlari qoshida kasblarni rejalashtirish bo’limlari faoliyat ko'rsatadi. Uslibu bo’limlar talabalar bilan konsultatsiyalar olib borishadi, ijtimoiy so'rovlar va testlar olish yo'h bilan ularning kasbiy qiziqishlarini, bilimlarini aniqlaydi, ularni ish beruvchilar bilan bo'ladigan sulibatga tayyorlashadi hamda ularga ish bilan band bo’lishda ko'maklashishadi, Talabalarga ish izlash texnolo- giyalari, ish xatlarini va murojaatnomalarni to'ldirish, videotasma va o'yinlar ishtirokida sulibatni samarali o'tkazish bo'yicha semi- narlar tashkil qilinadi, bo'sh ish o'rinlari yannarkalari o'tkaziladi, kompaniyalar bilan bitimlar tuziladi, talabalarga bo'lg'usi kasbiy faoliyatida yuzaga keladigan amaliy ko'nikmalar tushuntiriladi.
Yosh mutaxassislar bandligi masalasi bilan shug'ullanuvchi ish bilan bandlik tashkilotlari quyidagi uch asosiy yo'nalishda ish olib borishadi:
ma'lumotlarni to'plash hamda katta auditoriyalar bilan ishlash (xizmat pog'onalari kunlari, axborot bulletenlari va shu kabilar);
aniq firma va fakultetlar bilan ish olib borish (bu firma yoki fakultet kuni bo’lishi mumkin);
bevosita ish beruvchi bilan ish olib borishadi (bunga, bitiruvchilami ishga olishi mumkin bo'lgan firmalarni qidirib topish va bitiruvchilami kompaniyada bo'lishi ko'zda tutilgan sulibatga tayyorlash).
Ta'kidlab o'tilgan barcha usullar bitiruvchilar va ish beruvchilarning hamkoriigi munosabatlarini jadallashtiradi. Bundan tashqari, ularning bevosita aloqasi u yoki bu yo'nahsh bitiruv- chilariga istiqboldagi talabni aniqlash va zarurat tug'ilganda o'zgartirishlar kiritish imkoniyati bo'ladi.
Ish o'rnini Mash usullari quyidagilarni tashkil etadi: birinchisi mustaqil ravishda ish o'rnini izlash, o'quv yurtining marketing bo'limlari va maxsus bitiruvchilar bandligi masalasi bilan shug'ul- lanuvchi kadrlar agentliklariga murojaat qilish; bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi va xizmat pog'onalari kunlari. eGraduate dasturi tomonidan o'tkazilgan izlanishlarga ko'ra, yosh mutaxassislar bilan ish olib borishning besh usuli mavjud — bitiruvchilar dasturi, ishlab chiqarish amaliyoti dasturi, o'quv yurtida taqdimotlarni o'tkazish, bo'sh ish o'rinlari yarmarkalarida ishtirok etish та kompaniyalarda aniq ish o'rinlariga yosh mutaxassislarning tanlovini o'tkazish.
Chet mamlakatlarda eng ma'qul usul sifatida Graduate program (bitiruvchilar dasturi) e'tirof etiladi, chunki bu maxsus dasturlar taiabalar bilan hamkorlikda ish olib boradigan agentliklar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ular o'quv yurtida ish beruv- chilarning talabiga birioan bitiruvchi taiabalar o'rtasida birinchi saralash bosqichini amalga oshiradi.
Bu ishlarning monitoringi natijasida istiqboldagi taiabalar qabuli rejalarini aniqlash imkoniyati mavjud bo'ladi. Qolaversa, mutaxassislar haqida viloyatning istiqboldagi rejalarini tuzishga erishiladi. Bitiruvchilarni ishga joylashtirishda ta'hm berish jarayonida ishtirok etgan barcha tuzilmalar hamkorlikda ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir, o'quv yurti bitiruvchilarini ish bilan bandligiga ко' maklashisbning hududiy tuzilmasini 9.5-rasmda umumlashtirildi.
Ish bilan bandlikka ko'maklashishda mutaxassislik kafedralari hamda taiabalar birgalikda monitoringni amalga oshirish taklif etiladi. O'qitish jarayonida asosiy e'tibor talabalarning amaliy ko'nikmalarini oshirishga qaratiladi. Bularga:
ta'hm dasturlariga bitiruvchilarning buyurtmachi korxona- lardagi ishlab chiqarish sharoitlariga moslashuv jarayonlarini tezlashtimvchi tanlov va fakultativ fanlarni kiritish;
amaliyotning hamma turlarini o'z mutaxassishgi bo'yicha bo'lg'usi ish joylarida o'tkazish, bitiruv ishlarini va kurs ishlarini buyurtmachilar talablari asosida amalga oshirish;
potensial ish bemvchilar talablari asosida maqsadli- shartnoma asosida mutaxassislar tayyorlashni yo'lga qo'yish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |