Kasbiy faoliyatdagi asosiy tushunchalar
Reja :
1. Ish bilan bandlik xizmatida qayta o'qitish tizimi rivojlanishining maqsadi
2. Mehnat bozorini tartibga solishda faol ish bilan bandlik siyosati
3. O'quv yurtlari va buyurtmachilarning o'zaro munosabatlari strategiyasi
4. Yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tamoyillari
Mehnat bozori ish bilan bandlikni tartibga solishda faol rol o'ynaydi. Mehnat bozorida asosiy milliy resurs — ishchi kuchi shakllanadi hamda korxonalar, tarmoqlar va mintaqalar bo'yicha taqsimlanadi.
Raqobat — har qanday bozor mexanizmini tashkil etuvchi ajralmas qism bo'lib, u ko'p miqdordagi erkin xaridorlar va ish kuchini sotuvchilarning mavjudligi hamda ular uchun mehnat bozoriga erkin kirish va uni tark etish imkoniyatini beradi. Mehnat bozorida raqobatbardoshlikni ta'minlash ishchi kuchi sifat tarkibirii takomillashtirishni talab etadi.
Hozirgi kunda ishchi kuchi shakhda va yuqori malakah kadr- larga talabning o'sib borishi o'rtasidagi nomutanosiblik muhim muammolardan biridir. Shuning uchun muammoni hal etishning dolzarb yo'nahshi bo’lib, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi orqali ishchi kuchining sifat ko'rsatkichlarini oshirish hisoblanadi. Ma'lumki, ishsizlar armiyasi katta qismini davlat tomonidan nafaqa bilan ta'minlash, ularni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashni moliyalashtirishga nisbatan qimmatga tushadi. Bunday yo'nalishdagi faoliyat ravshanki, samaralidir. Masalan, respublikamizda 2014-yilda qayta o'qitishga yuborilgan ishsizlarning 89 % i ta'hm muddati tugagandan so'rig ishga joylashtirildi.
Ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashda, o'quv jarayonida zamonaviy o'quv texnologiyalari va usullarini ta'hm dasturiga kiritish va foydalanish, kelajakda ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradi.
Ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida yangi yo'nahsh bo’lib, ish beruvchilarning talablariga muvofiq maqsadh o'qitish va konkret ish o'rinlari bo'yicha alohida kasblarga o'qitish hisoblanadi. Bunda korxonalarga kerakli mutaxassislarni tayyorlashda kasbga o'qitish xizmati oldida buyurtmachi sifatida chiqadilar. Shuningdek, buyurtmachi korxonalar o'zlarinhig ishchi- xodimlari uchun o'quv dasturlari tayyorlash, qayta tayyorlash kurslarini o'tish, maqsadh o'qitishni tashkil etish, malaka oshirish maqsadlarida buyurtmalar berishlari mumkin.
Ish bilan bandlik xizmatida qayta o'qitish tizimi rivojlanishining maqsadi uch tomonlama muvaffaqiyatli natijalarga erishishni ta'minlamog'i kerak, ya'ni:
ishsizlar uchun — mehnat bozorida malakasini oshirish, qayta tayyorgarlikdan o'tish orqali o'zining raqobatbardoshligini ta'minlash;
ish beruvchilar uchun — birmuncha mos keladigan, kasbiy tayyorgarlikka ega ishsizlar zaxirasidan mustaqil ravishda tanlash imkoniyatining kengayishi;
ish bilan bandlik xizmati uchun — qayta tayyorgarlikdan o'tgan ishsizlar va ularni yollovchi ish beruvchilar o'rtasida mehnat shartnomalarini tuzish bo'yicha maqbul natijalarga erishish, bo'sh ish joylarini malakali kadrlar bilan to'ldirish, ish joyiga qabul qilingan ishchilar ni uzoq muddatga mustalikamhgini ta'minlash, ishsizlik darajasining kamayishi, ishsizlik davomiy- hgining qisqarishi, ish joylarini band qilish darajasining oshishiga erishishni ta'minlashdan iborat.
Ko'p yillik tajriba shuni ko'rsatdiki, ish bilan ta'minlashning faol tadbirlariga qilinadigan xarajatlar natijasida ishsizlar miqdori qisqarishi hisobiga ijtimoiy to'lovlarga qilinadigan xarajatlarni mutanosib ravishda kamaytirdi. Shuning uchun ishga joylash- tirishni takomillashtirishga (axborot xizmatlari, kompyuterlash- tirish, jihozlar va asbob-uskunalarga) sarflanishi ishga joylashtirish jarayonini jadallashtirish va ishsizlikni qisqartirishni ta'minlaydi. Kasbga o'qitishga qilingan xarajatlarni qoplash shuni ko'rsatdiki, kasbiy tayyorgarlikdan o'tgandan keyin ishga joylashganlar hissasi kasbiy tayyorgarliksiz ishga joylashganlarga nisbatan 1,9 marta o'sgan, mavsumiy jamoat ishlariga yo'naltirish har bir ishsizga qilinadigan xarajatlarni 3—5 % ga qisqartiradi.
Ish bilan bandlikning faol tadbirlariga qilinadigan xarajatlar shuni ko'rsatadiki, har bir so'm qilinadigan sarflarning qaytimi 1,1—1,2 so'm samara beradi, shunday summaga ishsizlarga ijtimoiy to'lovlar uchun qilinadigan xarajatlarning kamayishiga olib keladi.
Aholining ish bilan bandligini ta'minlashda bu yo'nahsh bo'yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: davlat ish bilan bandlik xizmati tarkibida xodimlarni kasbga yo'naltirish va psixologik qo'hab-quvvatlash bo'limlarini tashkil etish; kasbga yo'naltirishni psixologik jihatdan qo'hab-quvvatlash bo'yicha ilmiy asoslangan dasturlarni ishlab chiqish; bu yo'nahsh bo'yicha yetuk mutaxassislar va psixologlarni jalb etish; ishsizlarni kasbga yo'naltirish bo'yicha psixologlar maslahatini berish va boshqalar.
Mehnat bozori oqilona shakllanishining asosiy va hal qiluvchi sharti — mehnat resurslari bilan ish joylari o'rtasidagi o'zaro mutanosiblikni ta'minlashdir.
Mamlakatimizda mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta'minlash qancha dolzarbligini to'la tasavvur qilish uchun demografik vaziyatga bir nazar tashlaylik. Bizda aholining tabiiy o'sishi keyingi yillarda biroz sekinlashganiga qaramasdan, hamdo'stlik mamlakatlari orasida eng yuqoriligicha saqlanib turibdi. Keyingi yillarda, respublikamizda aholining o'sishi o'rtacha 1,5 % ni tashkil etmoqda. Bu esa, mehnat resurslarining mutanosib ravishda o'sishiga olib kelmoqda.
O'zbekistonda yashirin ishsizlik mavjud bo’lib, uning ko'lamlari rasmiy qayd etilayotgan ishsizlik darajasini ancha sezilarli ortda qoldirmoqda, shuning uchun ishsizlikning real darajasi mehnat bo'limlarida qayd etilayotgandan yuqori bo'hnoqda.
Ish bilan bandlik xizmatining ish bilan bandlik sohasidagi asosiy yo'nalishlari bo'yicha faoliyati holatining natijalari shuni ko'rsatadiki, mehnat bozorini tartibga solishda faol ish bilan bandlik siyosati quyidagi masalalarni hal etishga qaratilmog'i zarur:
Bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq ishchi kuchi sifatini oshirishda ish bilan band bo'lmagan aholi va ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Ishchi kuchini kasbga yo'naltirish va psixologik qo'llab- quvvatlash tizimini rivojlantirish;
Ishdan ozod etilgan ishchilarni ishga joylashtirish va qayta tayyorgarlikdan o'tishi bo'yicha dasturlarni ishlab chiqish;
Aholining ish bilan bandligiga ko'maklashish bo'yicha axborot xizmati ko'lamini kengaytirish;
Ish bemvchilarning talablariga yo'naltirilgan holda boshlang'ich, o'rta va oliy ta'hm tizimlarini takomillashtirish;
Ish beruvchilar uchun maslahat xizmatlari tashkil etish;
Ishchi kuchining taklifini ish beruvchilar talabiga muvofiqlashtirish.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, innovatsiyalar va fan sig'imi yuqori bo'lgan tarmoqlarni rivojlantirish asosida iqtisodiyotning barqaror o'sishini ta'minlash muhim ahamiyatga egadir. Shu sabab respublikamizda iqtisodiyotni tubdan isloh qilish jarayonida ta'hm sohasida jahonda munosib o'rinni egallashga qaratilgan yangi uzluksiz ta'lim tizimini yaratish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi va o'quv yurtlarining asosiy vazifasi — yoshlarga innovatsion ijtimoiy-iqtisodiy vazifalami hal qila oladigan oliy kasbiy ta'lim berishga yo'naltirildi.
O'quv yurtlari va potensial ish beruvchilar o'zaro munosabatlari mamlakat iqtisodiyoti va ta'hm sohasidagi islohotlarga bog’liq bo'ladi. Ma'lumki, uslibu sohada ta'hm xizmatlari va mehnat bozorlari o'rtasida nomutanosiblikni namoyon etuvchi muammolar mavjud. Ish bemvchilar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, o'quv yurtlari bitiruvchilari ko'p hollarda ularning talablariga javob bermaydi va, o'z navbatida, bitiruvchilar ham taklif etilayotgan ish o'rni, mehnat haqi darajasi va mehnat sharoitlaridan mam nun emashgi tufayli taklif etilayotgan mutaxassisliklariga mos keluvchi ish o'rinlarini rad etish hollari uchra- moqda. Bular, o'z navbatida, oliy ma'lurnotga ega kadrlarning ortiqchahgi va ularning tayyorgarligi sifati darajasi yuqori emashgi natijada yosh mutaxassislarning qobiliyatlaridan to’liq foydalan- maslikka olib kehshi mumkin.
O'quv yurtlari bitiruvchilarining mehnat bozorida munosib ish o'rnini topishlariga, ularning bozor munosabatlari qonunlari va sharoitiga tez moslashuviga bir qator to'sqinliklar mavjud bo’lib, ular jumlasiga, mehnat bozori hamda ta'lim xizmatlari bozori o'rtasidagi aloqalarni ta'minlovchi mexanizmlarning samarali faoliyat olib bormasligi, kasbiy tarkibning ish o'rinlari tuzilmasiga ayrim hollarda mos kelmasligi, ko'pgina buyurtmachi tashkilotlarda kadrlar siyosatining mukammal emasligi, bitimvchilarning melmat bozorida o'z imkoniyatlarini to’liq amalga oshirishiga, ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borishi bo'yicha yetarlicha ko'nikma va ma'lumotlarga ega emasliklarini kiritish mumkin.
O'qish jarayonidan mehnat faoliyatiga o'tish davrida yosh mutaxassislar qiyinchiliklarga duch kelishadi, bularga: ish tajriba- sining yetarli emashgi, moslashish davri qiyinchiliklari, kasbiy shakhanish, o'z qobiliyatlarini namoyon qilish. Bu esa, o'z navbatida, ularga ishga joylashishga ko'maklashish masalasiga ham o'zgacha nazar bilan qarashga sabab bo'lmoqda. Bunda bitiruvchi hamda ish beruvchi o'rtasida nafaqat oddiy mexanik vositachi, balki hozirgi zamon talablariga javob beradigan mavjud muammolarni hal etadigan zamonaviy tizim yaratilishi lozim.
Hozirgi vaqtda yosh mutaxassislar yetkazib berish haqida buyurtmachilar o'z takliflari bilan to'g'ridan to'g'ri o'quv yurtlariga murojaat etishmoqda. Bu esa mutaxassislar tayyorlashda individual yondashishni talab qiladi, natijada kadrlar tayyorlash javob- garligi ortadi va raqobatbardosh sifatli mutaxassislar tayyorlanadi. Ish beruvchilarning ko'pchiligi o'zlari uchun kerakli mutaxassis- larni izlab to'g'ridan to'g'ri mutaxassislik kafedralariga (50 %), qolgani esa ish bilan bandlik masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarga (38,4 96) murojaat qilishmoqda. Buyurtmachi tashkilotlarning dekanatlar va mutaxassislik kafedralari bilan aloqalari yaxshilanishi, ularning bitgalikda faoliyat ko'rsatishi bu sohadagi ishlarni jonlantirishga olib keladi. O'zaro aloqalardagi shakllanayotgan bu model o'quv yurtlarida marketing xizmatlarini rivojlantirishni hamda talabni o'rganishga olib keladi. Yosh mutaxassislarning marketingi o'quv yurtlarining rivojlanish taktika va strategiyasini belgilab olishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
O'quv yurti va ishlab chiqarish aloqalarini mustalikamlashning eng maqbul usullaridan biri — bu o'quv yurtlari qoshida korxonalar tashkil etishdir. Uslibu korxona va fhmalarning maqsadlarida quyidagilar belgilanishi lozim:
talabalarning malakah rivojlanishi hamda korxona va tashkilotiar uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratish;
talabalarda jamoalarda ishlash amaliyotiga tayyorgarlik ko'rishi va ish o'rinlariga moslashib ketish jarayoni asoratsiz bo’lishi uchun real biznes sharoitlarini yaratish;
talabaiar tomonidan orttirilib boriladigan amaliy mahoratlari o'qish davomida hisobga olib borihshi.
Bugungi kunda MDH innovatsiyalar va universitet texno- parklari sanoati 15—20 mingga yaqin xaytek-startaplarga — ilmiy va eksperimental kashiiyotlarni bozorda ilgari suruvchi korxonalarga muhtojdir. Universitet qoshida kimyoviy, biotexnologik, tibbiyot korxonalari buyurtmalarini bajara oladigan sertifi- katlangan laboratoriyalar tuzish, universitetlarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish borasidagi qonunchilik bazasini yaratish maqsadga muvofiqdir. Shu o'rinda uslibu korxonalarni raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta'minlashni ham yodda tutish lozimdir. O'quv yurti va buyurtmachi korxona o'rtasidagi aloqalar va ularning maqsadlari muvofiqhgi chizmasi 9.3-rasmda keltirilgan.
Keyingi vaqtda mutaxassislar tayyorlashda korxonalar tomonidan maqsadh buyurtmalar berish ham amaliyotga kiritilrnoqda, Maqsadh mutaxassislar tayyorlashdagi asosiy bosqichlar quyida- gilardan iborat bo'ladi:
o'quvchilar orasida kasbga yo'naltirish ishlarini olib borish;
Do'stlaringiz bilan baham: |