Saqlanuvchanlik
-
bu avtomobillarni saqlash, tashish va undan keyingi ekspluatasiya qilish
vaqtida ekspluatasion-texnik ko’rsatkichlarini saqlash xossasidir. Saqlanuvchanlik avtomobillarni
saqlash va konservatsiyalashni hamda ruxsat etilgan masofani (tashish vaqti oralig’i, avtomobilni
ta’mirlashsiz undan keyingi ekspluatasiya qilishga sozligi) maqsadga muvofiqligi bilan aniqlanadi.
Ta’mirboplik
-bu avtomobil konstruktsiyasini tejamli texnologik jarayonlarni qo’llash bilan
hamma turdagi TXK va T ishlarini bajarishga mosligi xossasidir. Avtomobillarni ta’mirbopligi
konstruktorlik-ishlab chiqarish va ekspluatasion omillar bilan aniqlanadi. Konstrutorlik-ishlab
chiqarish omillari avtomobil konstruktsiyasi xossasini aniqlaydi. Ular avtomobillarni yaratishda
hisobga olinadi. Ekspluatasion omillar konstruktsiya xossasi namoyon etiladigan muhitni aniqlaydi,
bunda ular avtomobilni yaratishda va ekspluatasiya qilishda hisobga olinadi.
Konstruktorlik
-ishlab chiqarish omillariga quyidagilar kiradi: nazoratbo’lik, engil etishishlik,
engil almashuvchanlik, o’zaro almashuvchanlik, agregat va tizimlarni unifikatsiyasi, TXK va
nazorat-diagnostika jihozlari va boshqa vositalarni ishlata olinishi.
Ekspluatasion omillar
-bu TXK va ta’mirlash ishlarini bajarish shaklini tashkil etish, ishlab
chiqarish texnik negizini holati, TXK va ta’mirlash ishlarini bajruvchilarini malakasi, ehtiyot
qismlar va materiallarga bo’lgan talabni to’la qondirish, texnik hujjatlarni to’laligi va sifatliligi va
boshqalar.
Nazoratbo’lik
-texnik diagnostikalashni turli vositalari va uslublari bilan avtomobil, agregat va
tizimlarni texnik holati diagnostik parametrlarini nazorat qilish omilidir. Ular avtomobillarga TXK
va ta’mirlashni yangi samaraliroq uslublarini amaliyotga joriy qilishga asosiy ta’sir ko’rsatadi.
Nazoratbo’lik avtomobilni ishonchliligini ta’minlash va xavfsiz harakatlanish talablari bilan
aniqlanadi.
Engil almashuvchanlik
-bu buyumni eng kam vaqt va mehnat sarfi bilan almashtirishga
mosligidir. engil almashuvchanlik bilan engil etishuvchanlikni bir-biriga almashtirib bo’lmaydi,
chunki avtomobilda shunday buyumlar borki, ekspluatasiya davrida ularga etishish oson, lekin
almashtirish qiyin. engil almashuvchanlik asosan ekspluatasiya jarayonida almashtiradigan
buyumlarni qotirilganlik uslublari, bo’linuvchilar konstruktsiyasi, almashtiriladigan elementlarni
massasi va gabarit o’lchovlari bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |