Касбий психология



Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/207
Sana09.06.2022
Hajmi6,46 Mb.
#647504
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

Detallarni charchashdan shikastlanishi
detal materiali chidamliligi chegarasidan yuqori tsiklik
yuklamada sodir bo’ladi. Bunda detallarni shikastlanishga olib keluvchi ma’lum tsikllar sonida
doimiy shakllanuvchi va o’suvchi charchashdan darzl paydo bo’ladi. Charchashdan shikastlanishni
ekstremal sharoitlarda avtomobillarni ekspluatatsiyasida ressoralar va yarim o’qlarda kuzatish
mumkin.
Zanglash (korroziya)
detal materialini agressiv atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirida kimyoviy va
elektromexanik ta’sir natijasida detal sirtida oksidlanish (zanglash) paydo bo’ladi, bu detalni
mustahkamligini kamayishiga va tashqi ko’rinishini yomonlashishiga olib keladi. Avtomobil
detallarini zanglashiga ko’proq qishki mavsumda yo’llarga sepiladigan tuz hamda ishlatilgan gazlar
ta’sir ko’rsatadi. Metallar sirtida saqlanib qolgan namlik zanglashni keltirib chiqaradi, bunday
zanglash avtomobilni yashirin bo’shliq va taglariga xosdir.
Avtomobillarni eskirishi
-bu mexanik, elektrik, issiqlik va boshqa yuklamalar ta’sirida
avtomobillarni ekspluatatsion xossalarini asta-sekin va doimiy o’zgarish jarayonidir. Bunday
yuklamalarni mavjudligi avtomobillarni ishlash rejimi va ekspluatatsiya sharoiti bilan aniqlanadi.
Avtmobillarni texnik holatini o’zgarishiga charchash, korroziya, eyilishdan tashqari
konstruktiv, texnologik va ekspluatatsion omillar ham ta’sir ko’rsatadi.
Konstruktiv
omillar quyidagilar bilan aniqlanadi:detalni shakli va o’lchovi bilan. Detal sirtiga
solishtirma bosim, kuchlanishni to’planishi, metallni zarba va charchash mustahkamligiga bog’liq;
-
konstruktsiyani qattiqligi, ya’ni qabul qilinayotgan yuklama ta’siri ostida bazaviy va asosiy
detalni deformatsiyalanish xossasi;
-
o’zaro joylashgan sirtlarni va birga ishlayotgan detallar o’qlarini aniqligi;
-
birikmani ishonchli ishlashini ta’minlovchi o’tirishni (posadkani) to’g’ri tanlash.
Texnologik
-bu detallarni tayyorlash uchun foydalaniladigan materiallar sifatiga, ularga mos
termik ishlov berish usulini qo’llash va yig’ish ishlariga (markazlash, o’qdoshlik, tirqishlarni
sozlash, qotirish sifati) bog’liq omillar.
Ekspluatatsion
omillar yo’l, transport va tabiiy iqlim sharoitiga bog’liq. Ular avtomobillarni
texnik holatiga ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Yo’l sharoiti yo’lning turi, qo’lamani holati va
mustahkamligi, ko’ndalang orofili va boshqalar bilan harakterlanadi. Yo’l qo’lamasini eyilishi va
buzilishi avtomobil ishonchliligini 14-33 foizga qisqartiradi. Avtomobil notekis tuoroqli yo’lda
harakatlanganda tirsakli valni aylanishlar soni, ilashish muftasini uzib-ulashlar soni, uzatmalar
qutisini qo’shib-ajratishlar va tormozlashlar soni, asfaltli tekis yo’lga nisbatan ortishi yonilg’i
sarfini ko’payishiga va avtomobil agregat va detallarini eyilish jadallligini oshishiga olib keladi.
Transport sharoiti
e
kspluatatsiya jarayonida avtomobilni ishlash tartibi, tashish sharoiti,
ishlatiladigan yonilg’i-moylash materiallari sifati, haydovchi malakasi va TXK sifati bilan
harakterlanadi.
Ishlash tartibi
harakat rejimiga ta’sir qiluvchi tashqi omillarni harakterlaydi va bu omillar
avtomobil va uning agregatlarini ish rejimiga ta’sir ko’rsatadi. Shahardagi jadal harakatlanish
nisbatan shahardan tashqaridagi yo’llarda (bir xil qo’lamali yo’llar) yuk avtomobillarini ish rejimi
quyidagicha farq qiladi: tezlik birinchi holat uchun 50-52 foizga, tirsakli valning o’rtacha
aylanishlar soni 130-136 foizga, uzatmalarni almashtirish 3-3,5 martaga, tormoz mexanizmlarini
ishqalanishini solishtirma ishi 8-8,5 martaga, egri traektoriya bilan harakatlanishi 3-3,6 martaga
ko’p.
Tashish sharoiti
harakat tezligi bilan birgalikda yukli yurgan yo’li uzunligi, bosib o’tgan
yo’lidan foydalanish koeffitsienti, yuk ko’tarish qobilyatidan foydalanish, tirkamalardan
foydalanish koeffitsienti va tashilayotgan yuk turi bilan harakaterlanadi.
Yuk turi
ham avtomobillarning texnik holatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Tosh, shag’al, tuoroq,
mineral o’g’itlar, kimyoviy materiallar avtomobillar kuzovi bo’yoqlarini shikastlanishiga va shu
bilan birga zanglashini tezlashiga olib keladi. Neft mahsulotlari, suv, suyuq kimyoviy materiallarni
tashish birinchidan avtomobillarni turg’unligini kamaytirsa, ikkinchidan avtomobillarni sig’imini


256
(tsisternyasini) shikastlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Soz holati
-avtomobilning me’yoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlaridagi barcha
talablarga mos keladigan vaqtdagi holati.
Nosozlik
-avtomobilning me’yoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlarida belgilangan
talablarning hatto birortasiga ham mos kelmaydigan holati.
Ishga yaroqlilik
-bu berilgan parametrlar qiymatini me’yoriy hujjatlarda belgilangan darajada
saqlagan holda belgilangan vazifalarni bajara olishidagi avtomobilning holati, ya’ni avtomobil ishga
yaroqli, agar u harakat xavfsizligiga xavf solmagan holda oassajirlar va yuk tashib olsa. Ishga
yaroqli avtomobil nosoz bo’lishi mumkin, misol, dvigatelni moylash tizimida moy bosimi
me’yoriydan oast bo’lsa, tomobilni tashqi ko’rinishi yomonlashgan va boshqalar.
Ishga yaroqsizlik
-avtomobilning belgilangan vazifalarni bajarish hususiyatini harakterlovchi
kamida bitta parametr qiymati me’yoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlarda belgilangan
talablariga mos kelmaydigan vaqtdagi holati.
Buzilish
-avtomobilning ishlay olish hususiyatini buzilish jarayonidir. Buzilishlar tasnifi ularni
kelib chiqish sabablarini aniqlash, ogohlantirish va bartaraf qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish uchun kerak. Buzulishlarni bir nechta tasnifiy belgilari mavjud bo’lib, ulardan asosiylarini
ko’rib chiqamiz.
Avtomobilni chetki holatida
uni vazifasi bo’yicha ishlatish ruxsat etilmaydi, iqtisodiy
maqsadga muvofiq emas yoki ishga yaroqlilik holatini tiklash mumkin emas yoki maqsadga
muvofiq emas. Shunday qilib, xavfsizlik talablari buzilishini bartaraf qilish imkoni bo’lmaganda
yoki texnik holati chetki holatni ruxsat etilgan chegarasidan chiqib ketsa, avtomobil chetki holatga
o’tadi.
Ishonchlilik
- bu avtomobilni vaqt ichida yoki bosib o’tilgan yo’l bo’yicha ekspluatasion
ko’rsatkichlarini talab etilgan chegarada saqlagan holda berilgan mezonda va ishlash sharoitida,
TXK, ta’mirlash, saqlash va transportirovka qilishda (tashishda) transport ishini bajarish xossasidir.
Avtomobillarni ishonchliligi uning loyihalashda va tajriba namunasini me’yorga etkazishda
kiritiladi, ishlab chiqarish jarayonida ta’minlanadi va muhim ekspluatasion xossalaridan biri sifatida
ekspluatasiya jarayonida paydo bo’ladi va saqlanadi. Shuning uchun avtomobillarni konstruktorlik,
ishlab chiqarish va ekspluatasion ishonchliligi mavjud.
Buzilmasdan ishlash
-bu avtomobilni ma’lum vaqt yoki bosib o’tgan yo’li birligida uzluksiz
ishga yaroqli holatini saqlash xossasidir, u kilometrlar yoki vaqtlar (moto-soat ishlashi) o’lchanadi.
Buzilmasdan ishlash ehtimolligi
- bu berilgan vaqt yoki bosib o’tilgan yo’l oralig’ida avtomobil
elemenlarida buzilish sodir bo’lmaydi.
Buzilish jadalligi
- bu vaqt yoki bosib o’tilgan yo’l birligida berilgan vaqt yoki bosib o’tilgan
yo’l momentidan keyin buzilish momentigacha sodir bo’lmagan sharti bilan avtomobil
elementlarini buzilish ehtimolligi
Buzilish oqimi parametri
-bu vaqt yoki bosib o’tilgan yo’l birligida avtomobil elementlarini
o’rtacha buzilishlari soni.
Uzoq muddat ishga yaroqlilik (chidamlililik)
- bu TXK va ta’mirlashga turishini hisobga
olgan holda avtomobilni ishga yaroqliligini chetki holatigacha saqlash xossasidir. Avtomobillarni
chetki holati, uni samaradorligini, rentabelligini pasayishi, eyilishni ko’payishi yoki harakat
xavfsizligi bo’yicha ekspluatasiya qilish mumkin emasligi bilan aniqlanadi. Chidamlilik
ko’rsatkichlari resurs (kilometrlarda) va xizmat muddatidir (yillarda).

Download 6,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish