Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
- Ayollar kiyimini tikishda qo`llaniladigan barcha turdagi ishlarni bajara olishi;
- texnik shartlari bo`yicha yangi texnika va texnologiyani, ish qurollari, moslamalarini qo`llagan holda barcha turdagi ayollar yengil kiyimlarining namunalarini tayyorlay olishi;
- tikuvchilik mashinalari, kerakli ish qurollari va moslamalarining tuzilishi, ishlash texnologiyasini bilishi va ularda ro`y beradigan kichik nuqsonlarning sababini aniqlab, tuzata olishi;
- dazmolning qizish darjasini aniqlay olishi va gazlamaga moslashtirishi;
- tayyor mahsulotning sifatini aniqlay olishi;
- kiyimdagi nuqsonlarni topa olishi va bartaraf etishi;
- tikuvchilik kiyimlarini tikishda tayyor buyumlarda uchraydigan nuqsonlarni, ularning kelib chiqish sababini aniqlay olishi va shu nuqsonlarni bartaraf etish usullarini tanlay olishi;
- ayollar, bolalar yengil kiyimlari, ich kiyimlari, bayram liboslarini bichib – tika olishi va jarayon jadvallarini tuza olishi;
- tikish qirqimlarini grafik ko`rinishini chiza olishi kerak.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
- qo`lda, mashinada, namlab-issiqlik ishlovi berish ishlari atamalarini;
- kiyim detallariga ishlov berish usullarini;
- kiyim mayda detallariga ishlov berish qoidalarini;
- tikuvchilik buyumlarini tikish bosqichlarini;
- bolalar kiyimlarini tikish talablarini;
- belli, yelkali, milliy kiyimlarni tikish bosqichlari va xususiyatlarini;
- bayram kiyimlarini tikish xususiyatlari, ketma-ketlik asosida tikish texnologiyasi talablarini;
- ayollar va bolalar buyumlarini bichish-tikishda rioya qilinadigan texnik me`yorlarni bilishi.
Fanning o`quv rejasidagi hoshqa fanlar bilian o`zaro bog`liqligi, uslibiy jihatdan uzviyligi va ketma- ketligi
Bu fan o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan uzviy bog`liq. Ushbu fanni yaxshi o`zlashtirish uchun umumta’lim fanlardan matematika, anatomiya, tasviriy san’at, chizmachilik, umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan tikuvchilik materialshunosligi, tikuvchilik jihozlari, tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash, ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat muhofazasi va boshqalar.
Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash loyihalash fanida tayyorlangan tikuvchilik buyumlari andazalari tikuvchilik texnologiyasi darslarida qo`llaniladi, tikish bosqichlari tanlanib, ketma-ketlik jarayoni xaritasi tuzdiriladi. “Tikuvchilik texnologiyasi” fani jarayonida buyum yoki buyum uzeli maketi tiktirilsa, aynan shu buyum “Tikuvchilik texnologiyasi” o`quv amaliyoti jarayonida tiktiriladi. Bu 3 ta fan bir - biri bilan juda bog`liq. Bu tajriba yaxshi natija beradi.
Dastur yozishda bu fanlar bo`yicha o`rgatiladigan buyum xillarini aynan bir xil olishga harakat qilindi. Dasturga kiritish imkoniyati bo`lmagan buyum xillarini amaliyot va mustaqil ish dasturiga kiritiladi.
Dasturga kiritilgan buyum xillarini o`quvchilarning takliflari, zamon yo`nalishi, milliy kiyimga bo`lgan ehtiyojlarga ko`ra o`zgartirib, fan kafedra yig`ilishida ko`rib chiqib, pedagogika kengashida tasdiqlanib, qo`llashga ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |