Bichish – tikishga o`rgatish metodikasi fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlar va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi fani bo`yicha amaliy ishlar dasturda ko`rsatilgan mavzular bo`yicha egallangan nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash maqsadida tashkil etiadi. O`qituvchi o`quvchining bilim saviyasi va o`qitish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, amaliy ishlarni tashkil etadi. Amaliy ishlarni tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etish va rejasini berish maqsadga muvofiq bo`ladi. Amaliy ishlar o`quvchilarning barcha maxsus fanlardan egallagan bilimlarini hisobga olib, mustaqil tarzda bajarishga qaratiladi. Albatta amaliy ishni bajarish bo`yicha o`qituvchi tomonidan yo`llanma beriladi. Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy ishlarni tashkil etishda o`quvchilarni mustaqil ishlashlariga alohida e’tibor berish kerak. Amaliy ishlarni tashkil etishda noan`anaviy usullardan foydalanishga alohida e`tibor berilishi kerak. Amaliy ish jarayonida olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, ijodiy faoliyatlarini oshirish maqsadida mustaqil ishlardan beriladigan torshiriqlarlar hisobga olinadi. Mustaqil ishlarni topshirish muddatlari belgilanadi. Mustaqil ishlarning baholari alohida jurnal yoki o`qituvchining daftariga qo`yilib borilagi va o`rtacha baho semester yakunida asosiy jurnalga ko`chiriladi.
Bichish – tikishga o`rgatish metodikasi fanidan taxminiy kurs ishi mavzulari. 1. Bichish – tikishni o’rgatish to’garagi jarayonida Prezident risolalari, farmonlaridan foydalanish yo’llari.
2. Bolalar ish fartugini bichish-tikishni o`rgatish metodikasini yaratish.
3. Tikuvchilik materialshunosligi bo`limini o`qitish metodikasini yaratish.
4. Chaqaloq bolalar kiyimi toplamini tikishni o’rgatish metodikasini yaratish.
5. Ayollar va bolalar xalatini bichish-tikishni o`rgatish metodikasini yaratish.
6. Ayollar va bolalar tungi ko’ylagini bichish-tikishni o`rgatish metodikasini yaratish.
7. Ayollar va bolalar kiyimlarini loyihalash va badiiy bezash bo`limini o`rgatish metodikasini yaratish.
8. Tikuvchilik asbob-uskunalari va ularni ishlatishni o`rgatish metodikasini yaratish.
9. Bichish-tikish to`garaklarining mashg`ulotlarini kuzatish va tahlil qilish metodikasi.
10. Bichish-tikish to`garaklarini tashkil etish jarayonida o`quvchilar bilimlari, mahoratlarini baholash va rag`batlantirish.
11. Bichish-tikish to`garagi xonalarini zamon talablari asosida jihozlash.
12. Bichish-tikish to`garaklarini tashkil etish jarayonida o`quvchilarni tarbiyalash.
13. Bir asosda 3 ta qiz bolalar ko`ylagini tikishni o`rgatish metodikasini yaratish.
14. Bichish-tikishni o`rgatish to`garagi jarayonida “Ta`lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan foydalanish yo`llari.
15. Bir asosda qiz bolalar yubkasini tikishni o`rgatish metodikasini yaratish.
16. Milliy ko`ylak, lozimni bichish-tikishni o`rgatish metodikasini yaratish.
17. Tikuvchilik buyumlarini ta`mirlash bo`limini o`rgatish metodikasini yaratish.
Kurs ishlarini bajarish tartibi har bir fan kafedrasi tomonidan alohida ishlab chiqiladi.