Tuzuvchilar:
|
M.Tursunxo`jayeva
|
–
|
1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.
|
|
Z.Ibragimova
|
–
|
1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Q.Abdullayeva
|
–
|
Nizomiy nomli TDPU katta o`qituvchisi, PFN
|
|
|
|
|
|
A.Shamsuddinov
|
–
|
Toshkent shahar S.Raximov tumani 22-o`rta maktab direktori
|
|
|
|
|
Kirish
To`garak rahbari avvalo tikuvchilik texnikasining barcha turlarini bilishi, ulardan to`g`ri, unumli foydalana bilishlari lozim. Buning uchun uskunalarning tuzilishi, ishlashi va oddiy, murakkab sozlanishidan xabardor bo`lishi kerak.
Tikuvchilik jihozlari fanining vazifasi: tikuvchilik uskunalarining tuzilishi, ishlashi, sozlanishi, undan to`g`ri va unumli foydalanishni o`rgatishdir.
Fanning maqsadi: tikuv buyumlarining sifati, tashqi ko`rinishi, pishiq-puxtaligini oshirish maqsadida mashinaning sifatli ishlashi, uning xizmat qilish umrini uzaytirish yo`llarini o`rgatish.
O`quvchilar nazariy va amaliy bilimlar orqali quyidagilarni o`rganishlari lozim:
1. Tikuv mashinasining tashqi, ichki tuzilishi va asosiy ish bajaruvchi a`zolari, mexanizmlarining vazifalarini tushuna bilish.
2. Mashinani ishga tayyorlash, moylash.
3. Mashinadan foydalanganda xavfsizlik texnikasi, yong`in, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish.
4. Gazlama turi, qalinligiga moslab igna, ip va baxya yirikligini aniqlash.
5. Baxya sifatini aniqlay olish va iplar tarangligini sozlay bilish.
6. Mashina ishidagi nuqsonlar sababini aniqlash va uni yo`qotish usullarini bilish.
7. Kichik mexanizatsiya vositalari, moslamalarini qo`llay olish.
8. Gazlama turi va buyumga moslab namlab-issiqlik ishlov berish uskunalarini parametrlarini tanlash, ishlatishni bilish.
9. Maishiy va sanoat mashinalarini ajrata bilish ulardan xavfsiz, unumli foydalanish.
10. Tikuvchilik sanoati (ishlab chiqarish korxonasi) mashinalari uskunalaridan va yangi tikuvchilik texnikalaridan xabardor bo`lish. Bu fan umumta`lim fanlaridan - chizmachilik, fizika, matematika fanlari bilan, maxsus fanlardan - tikuv jarayoni, mehnat muhofazasi, tikuvchilik gazlamashunosligi, tikuv buyumlarini loyihalash, modellash, badiiy bezash fanlari bilan bog`liq.
Tikuvchilik jarayoni fani bilan uzviy bog`liqligi sababli o`quv rejasida soatlar umumiy berilgan. Ushbu dasturda tikuvchilik jihozlari uchun 60 soat ajratilgan. Dastur tuzishda hozirda foydalanib kelinayotgan 2M-kl PMZ; “Chayka” PMZ, “Brother”; “Huskvarna”; “Pfaff”; “Singer” mashinalari asos qilib olindi. Kollej o`z imkoniyatiga qarab, boshqa zamonaviy tikuv mashinalariga ega bo`lsa, yuqoridagi sanab o`tilgan mashinalar bilan almashtirsa bo`ladi.
Ishlab chiqarish korxonasi mashinalari maishiy mashinalar asosida o`rganilib, korxonaga ekskursiya o`tkazish bilan mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |