Касб-ҳунар таълими тизимини инновацион ривожлантириш, педагок кадрларининг малакасини ошириш ва уларни қайта тайёрлаш институти ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc


-jadval Anketa so‘rovnomalari natijalariga ko‘ra kasbiy kompetentligini shakllanganlik darajasi



Download 7,53 Mb.
bet25/31
Sana03.06.2023
Hajmi7,53 Mb.
#948520
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
Очилов Бобур диссертация тайёр

3.1-jadval
Anketa so‘rovnomalari natijalariga ko‘ra kasbiy kompetentligini shakllanganlik darajasi

Tajriba bosqichi va o‘quv yili



Oliy ta’lim muassasasi





Talabalar soni

Daraja (o‘zlashtirish)



Tajriba guruxida


(%) hisobida

Nazorat
guruxida


(%) hisobida

Tajriba guruxi

Nazorat guruxi

2021-2022 o‘quv yili

ToshDTU

24


23


Yuqori (a’lo)

5 (29.4%)

3 (28.8%)

O‘rta (yaxshi)

7 (33.5%)

7 (38.5%)

Past (qoniqarli)

12 (37.1%)

13 (32.7%)

3.2-jadval

“Taʼlimda axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha o‘quv yilining tajriba va nazorat guruhlarida tajriba avvalida o‘tkazilgan anketa so‘rovi natijalari jadvalda berilgan. “Taʼlimda axborot texnologiyalari” fanidan dars turlarini quyidagicha tashkil qilish maqsadga muvofiq: yangi mavzuni tushuntirishda ko‘rgazmali metoddan foydalanish, muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, munozara uyushtirish, talabalarning fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashish, ijodiy faolliklarini o‘stirish, mustaqil fikrlashlarini shakllantirish, ilmiy yangilikka bo‘lgan intilishlarini rivojlantirish kabilardir.


Shuningdek, anketa so‘rovnomalarini mustahkamlashda test metodidan foydalangan holda yana bir bor talabalarni bilim darajasini sinab ko‘rdik (2-ilova).


3.3-jadval
Talabalarning tajriba avvalida – “Taʼlimda axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha “TEST so‘rovnomalari” natijalariga ko‘ra kasbiy kompetentligini shakllanganlik darajasi

Tajriba bosqichi va
o‘quv yili



Oliy ta’lim muassasasi





Talabalar soni

Daraja
(o‘zlashtirish)



Tajriba guruxida
(%) hisobida

Nazorat guruxida
(%) hisobida

Tajriba guruxi

Nazorat guruxi

2022-2023 o‘quv yili

ToshDTU

24

23

Yuqori(a’lo)

4 (26.1%)

3 (25.2%)

O‘rta (yaxshi)

8 (33.0%)

6 (35.3%)

Past (qoniqarli)

12 (40.8%)

14 (39.4%)



3.4-jadval

Savollar


Tajriba guruhi 1 T 24




Nazorat guruhi 2 N 23

Tajriba avvalida




Tajriba avvalida

Yuqori
(%) hisobida

O‘rta
(%) hisobida

Past
(%) hisobida




Yuqori
(%) hisobida

O‘rta
(%) hisobida

Past
(%) hisobida

1-savol

22

35

43

20

35

45

2-savol

28

43

29

28

35

37

3-savol

24

44

32

22

35

43

4-savol

25

35

40

25

35

40

5-savol

27

30

43

28

39

33

6-savol

28

35

37

31

33

36

7-savol

24

28

48

22

36

42

8-savol

30

32

38

24

35

41

9-savol

28

31

41

33

37

30

10-savol

25

32

43

23

41

36

11-savol

24

31

45

22

33

45

12-savol

24

35

41

25

30

45

13-savol

28

30

42

24

36

40

14-savol

27

29

44

27

31

42

15-savol

28

26

46

25

39

36

Umumiy foiz

26,1%

33,0%

40,8%




25,2%

35,3%

39,4%



So‘rovnoma va test natijalarini taxlil etar ekanmiz, bugungi kunda bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarimizda kasbiy kompetentlik bo‘yicha o‘z bilimi va ko‘nikmasini mustaqil faoliyat ko‘rsatish talablariga va kasbiy layoqat talablarini o‘rganish darajasidan to‘la xabardor emasligi, ularda mazkur muammo mazmuni va mohiyati to‘g‘risidagi bilimlarini analiz-sintez qilish undan yaxlit bir xulosa chiqarib, o‘zi uchun foydalanish ko‘nikmalarining shakllanmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumki ta’lim jarayonida qo‘yiladigan natijaning ishonchliligi mazkur faoliyatga kirishishdan ko‘zlanagan maqsadning aniqligi bilan belgilanadi.
Yoshlarning harbiy saviyasi ularni «Kasbiy kompetentlik», «Kasbiy mahorat» kabi tushunchalarni asl mohiyatini ongli anglash bilan belgilanadi.
Professional ta’lim kafedralari talabalariga “kasbiy kompetentlikni shakllantirish omillari” nimalardan iborat degan savol bilan murojaat etdik.
Tadqiqot ishtirokchisi sanalgan talabalarning 35% mazkur savolga bilim, malaka va shaxsiy sifatlarni ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun qo‘llay olish deb qarasa, 24% shaxsning muayyan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha olgan bilim, malaka va ko‘nikmalari hamda shakllangan shaxsiy xislatlarini mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli qo‘llay olish qobiliyati deb qaraydi. Qolgan 41% talabalar esa umumiy javoblar bilan cheklanishdi.
OTM talabalarini kasbiy kompetentlik tushunchasiga oid bilimlarini bilish maqsadida «Sizningcha kasbiy mahoratni egallash uchun qanday tayyorgarlikka ega bo‘lish kerak?» degan savol bilan murojaat etganimizda respondentlarning aksariyat qismi kasbga oid bilim, kasbga oid tajribalarni egallash deb javob berishdi. 70% talabalargina berilgan so‘rovnomaga to‘g‘ri javob berishdi va o‘z fikrini quyidagicha ifodaladi.
Anketa so‘rovlari tarkibiga «pedagog kasbi to‘g‘risidagi fikringiz» mazmunidagi savol ham kiritilgan bo‘lib, bu haqda respandentlarning fikri bilan qiziqdik.
Ma’lumotlarga ko‘ra talabalarning 45%-55% kasbning o‘ziga hos afzalliklarini, fan va ilim bilan shug‘ullanish, xalqqa taʼlim berish uchun muhim sanalgan kasb ekanligini aytib o‘tdilar. 35% ishtirokchilar esa mazkur kasbning boshqa kasblardan farqini, bu kasbni tanlash orqali xalqqa, ona yurtga foyda keltirish shart ekanligi haqida keng to‘xtaldilar.
Tadqiqotning muammosi hisoblangan bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan bugungi kun yoshlarining qay darajada xabardor ekanliklarini aniqlash maqsadida respandentlarimizga «Kasbiy kompetentlik" tushunchasi va uning mohiyati degan savollar bilan murojaat etdik.
Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, talabalarning professional ta’limni egallash jarayonida kasbiy mahorat tushunchasining muhimligini va afzalligini ta’kidlab o‘tdilar, ularning fikricha mazkur bilimlar talaba yoshlarni kasbiy qiziqishini oshirishga, bilimlarini o‘z vaqtida chuqur egallashga, qobiliyat, idrokni va irodani mustaxkamlashda muhim omil, vosita bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdilar.


3.2-§. Pedagogik tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari tahlili


Tahlillar asosida chiqarilgan ushbu xulosa bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni qay darajada shakllanganligidan dalolat beradi.
Demak, talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning samarali usullar orqali o‘rgatishda avvalo ularning o‘zidagi ta’lim asoslarini o‘rganishga bo‘lgan bilishga qiziqishni o‘stiruvchi omillarni aniqlab, ular orqali ta’sir etishga erishish tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsadlarning biri ekanligini yana bir bor asosladi.
Shu bois tajriba-sinov ishlarini tashkil etishning mazkur bosqichida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim to’g’risidagi qonun haqidagi bilimlarni to‘laqonli idrok etishlarini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarning o‘tkazilishga alohida e’tibor qaratdik.
Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilari tayyorgarligi mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davrda suhbatini tashkil etilishidan maqsad talaba yoshlarda «Professional ta’lim», «Kasbiy kompetentlik», «Kompetentsiya» haqida mavjud bilimlarini umumiylashtirib, nazariy asoslash.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi mavzusida bahs-munozara uyushtirildi. Mazkur baxs-munozara «Aqliy xujum» texnologiyasidan foydalanilayotgan holda tashkil etildi. Ya’ni bir muammo yuzasidan turli xil g‘oyalar yig‘ib olinib mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi tomonidan umumlashtirildi.
Talaba-yoshlarda kasbiy kompetentlik tushunchasidan xabardorlik darajasining shakllanganligi tekshirildi. Mazkur tadqiqot jarayonida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning tashkil etish holatini o‘rganish, shu asosda muammoning ijobiy echimiga yordam beruvchi samarali shakl va metodlarining ishlab chiqib amaliyotda qo‘llashni ahamiyati yuqori ekanligi aniqlandi. Tadqiqotning umumiy maqsadiga binoan tajriba – sinov ishlarining bir qator vazifalari belgilandi. Oliy ta’lim muassasalarida “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda interfaol usullarni qo‘llash bo‘yicha tajriba – sinov ishlari olib borildi. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosi bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli sinov ishlarining samaradorligini va bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligining qaror topganlik darajasini aniqlash maqsadida ilmiy izlanishning so‘nggi bosqichida sinaluvchi talabalar o‘rtasida yana bir bor anketa so‘rovi tashkil etildi. Anketa so‘rovnomasidan sinaluvchi-talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllanganlik darajasini tajriba-sinov ishlari yakunidagi holatini tahlil etishga xizmat qiladigan savollar o‘rin oldi.


3.5-jadval

Download 7,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish