Касб-ҳунар таълими тизимини инновацион ривожлантириш, педагок кадрларининг малакасини ошириш ва уларни қайта тайёрлаш институти ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc


III BOB. BO‘LAJAK PROFESSIONAL TA’LIM O‘QITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI



Download 7,53 Mb.
bet21/31
Sana03.06.2023
Hajmi7,53 Mb.
#948520
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
Очилов Бобур диссертация тайёр

III BOB. BO‘LAJAK PROFESSIONAL TA’LIM O‘QITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI


3.1-§. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish


Pedagogik adabiyotlarda bu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda asosiy e’tibor tadqiq etilayotgan muammoning amaliy jihatlarining yoritilishiga qaratilishi zarurligi ta’kidlab o‘tiladi. Darhaqiqat, har qanday pedagogik jarayon o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘qituvchi hamda yaquvchi o‘rtasida yuzaga kelib, o‘zida didaktik yoki tarbiyaviy xususiyatlarni namoyon etuvchi amaliy faoliyat mazmunini yoritadi. Nazariy-pedagogik g‘oyalar aynan ta’lim yoki tarbiya jarayonining mohiyatini amaliy o‘rganish, tahlil etish va umumlashtirish asosida shakllanadi. Shu sababli ilmiy izlanishni olib borishda muammo bo‘yicha amalga oshiriladigan tajriba-sinov ishlari yagona, yaxlit pedagogik tizimning yadrosi sifatida namoyon bo‘ladi.
Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosini tadqiq etish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini olib borishda yuqorida qayd etilgan fikrlarga tayanib ish ko‘rildi. Dastlab tajriba-sinov ishlarini olib borish yuzasidan maxsus dastur va ishchi reja ishlab chiqildi.
Maxsus dasturda bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, bu borada hal etilishi ko‘zda tutilgan vazifalar, tajriba-sinov ishlarining tashkil etilish bosqichlari, har bir bosqichning xususiy maqsadlari, ularning nazariy tahlilini o‘tkazilish shartlari kabi holatlar o‘z ifodasini topdi. Quyida maxsus dasturning mazmuni haqida so‘z yuritiladi.
Tajriba-sinov ishlarini olib borishdan ko‘zlangan maqsad – bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish imkoniyatini yaratuvchi pedagogik shart-sharoitlar va omillarni aniqlab chiqishdan iborat.
Tajriba-sinov ishlarini olib borishdan ko‘zlangan maqsadga erishish quyidagi pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish hisobiga ta’minlandi:
Mazkur maqsadni amalga oshirish, bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish imkonini beruvchi tadqiqot ishlarini tashkil etdik.
Tadqiqot vositasida quyidagi pedagogik vazifalarni ijobiy xal etilishi nazarda tutiladi:

  1. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga doir suhbatlar tashkil etish, test so‘rovi yoki anketa so‘rovlarini o‘tkazish.

  2. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash.

  3. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonining samaradorligini ta’minlovchi shakl, metod va vositalarni aniqlash.

  4. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid maxsus metodikani tajriba sinovidan o‘tkazish.

  5. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga erishish.

  6. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid maxsus metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlarining natijalarini umumlashtirish, tahlil etish.

Tadqiqotning tajriba-sinov ishlari 2021-2023 o‘quv yillari davomida uch bosqichda olib borildi. Tajriba maydoni etib, Toshkent davlat texnika universiteti “Energiya mashinasozligi va kasb ta’limi” kafedrasi 60112400 – Professional ta’lim (transport vositalari muhandisligi (avtotransport)) ta’lim yo‘nalishi talabalari belgilandi. Tajriba maydonlaridan sinov ishlariga jami 47 nafar talaba jalb etildi. Jami sinaluvchi-talabalar amaliyotga tatbiq etilgan metodika samaradorligini xolis baholash maqsadida tajriba hamda nazorat guruhlariga biriktirildilar. Tajriba guruhlaridagi sinaluvchi-talabalarning soni 24, nazorat guruhidagi sinaluvchi-talabalarning soni esa 23 nafarga teng bo‘ldi.
Tajriba guruhida dissertant tomonidan tavsiya etilayotgan hamda bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi darajalarini shakllanishini ta’minlashga yordam beruvchi metodika asosida amaliy faoliyat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, nazorat guruhlarida esa an’anaviy tartibda o‘quv-tarbiya ishlari olib borildi.
Shunday qilib, bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan ilmiy izlanishni olib borishda tajribasinov ishlarini tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratildi. Sinov ishlari bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid maxsus dastur asosida tashkil etildi.

Download 7,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish