Касб-ҳунар таълими тизимини инновацион ривожлантириш, педагок кадрларининг малакасини ошириш ва уларни қайта тайёрлаш институти ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc



Download 7,53 Mb.
bet27/31
Sana03.06.2023
Hajmi7,53 Mb.
#948520
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Очилов Бобур диссертация тайёр

Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar


Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish omillari muammosi bo‘yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi quyidagicha belgilandi:

  1. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish omillari bilan bog‘liq nazariy va amaliy tadqiqot natijasida «Kasbiy kompetentlik» tushunchasi mazmuni va uni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari aniqlandi, bu muammoni pedagogik tayyorgarlikka nisbatan qo‘llash shart-sharoitlari belgilandi.

  2. Bizning nazariy qarashlarimiz asosida pedagogika fanining metodik ta’minoti shartlari aniqlandi va bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish imkoniyatlari belgilandi.

  3. Tarbiya nazariyasi va amaliyoti taxlili shuni ko‘rsatdiki, bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashning ayrim bosqichlarida maxorat, bilimni egallashda ijodiy xususiyat hosil bo‘ladi. Bu xususiyatlarning har biri aloxida farqlanuvchi belgilari, pedagogika strukturasi va shartlariga mos keluvchi tomonlariga ega bo‘ladi.

  4. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishning didaktik shartlari, usullari, bosqichlari, ko‘rsatkichlari aniqlandi.

  5. Tajriba tahlili va nazariy tadqiqot natijalari bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishni tashkil etishda pedagogikning etakchi rolini, uning shaxsi, bilimi, ishga va professional ta’lim talabalariga bo‘lgan munosabati, kasbiy mahorati masalaning muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga egaligini tasdiqladi.



XULOSA



  1. Bo’lajak professional talimi o’qituvchilari o‘z faoliyati jarayonida ibrat, namuna ko‘rsatish bilan yoshlarning kasbiy faolligini, his-tuyg‘usini, xatti-harakatini rivojlantirishi va ta’sir eta olishi muhimligi aniqlandi.

  2. Har bir mashg‘ulot uchun material tanlash, uni murakkablashtirish va oldingi hamda keyingilari bilan aloqasini ta’minlashni nazarda tutish, mashg‘ulot o‘yin, mehnat topshiriqlari va shu kabilarni yoshlarning yosh imkoniyatlari,ularni tarbiyalash va rivojlantirish istiqbollarini hisobga olish tizimi aniqlandi:

Tajriba-sinov ishlarini olib borishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:

  1. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish va ularda zarur bilimlarning samarali o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida ta’lim texnologiyalarini qo‘llash keng imkoniyatlarni yaratadi.

  2. Ilmiy izlanishni olib borish davrida modul ta’limi, muammoli ta’lim, interfaol ta’lim, rivojlantiruvchi ta’lim, hamkorlik ta’limi va o‘yin texnologiyalari kabi ta’lim texnologiyalari bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishni samarali tashkil etish, ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlay olishi aniqlandi. Garchi, mustaqil ta’lim, individual ta’lim, tabaqalashtirilgan ta’lim, dasturiy ta’lim, masofaviy ta’lim hamda innovatsion ta’lim ham bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini samarali shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, biroq, ularni “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida samarali qo‘llay olish uchun muayyan vazifalarni hal etish zarurligini ko‘rsatdi.

  3. Oliy ta’lim muassasalarida “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning mavjud holatini o‘rganish bu yo‘lda fan o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilayotgan pedagogik faoliyat natijalarining mavjud imkoniyatlar darajasidan past ekanligini ko‘rsatdi. Bu holat tajriba-sinov ishlari davrida sezilarli o‘zgarishlarni sodir etish zarurligini taqozo etadi. Tajriba-sinov ishlarini olib borishda masalaning bu jihatiga alohida e’tibor qaratildi.

  4. Tajriba-sinov ishlarining modul ta’limi, muammoli ta’lim, interfaol ta’lim, rivojlantiruvchi ta’lim, hamkorlik ta’limi va o‘yin texnologiyalari asosida tashkil etilishi bo‘yicha darslarning samarali tashkil etilishini ta’minlash bilan birga bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilari tomonidan o‘quv materiallarining puxta o‘zlashtirilishi uchun qulay sharoitni hosil qildi.

  5. Oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak professional talim nazariyasi va metodikasi fanini o‘rganishda ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan sinov ishlari mazmunining batafsil ishlab chiqilishi amaliy tajribani samarali tashkil etilishini ta’minladi.

Tajriba avvali va yakunida talabalarning kasbiy kompetentlikka ega ekanliklarini aniqlash maqsadida tadqiqot davrida mezonlarni ishlab chiqish zarurligiga ishonch hosil qilindi. Mavzuga doir manbalarni o‘rganish, talabalarning faoliyatlarini kuzatish, tajriba-sinov ishlarining turli bosqichlarida namoyon bo‘lgan holatlar, ro‘y bergan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda quyidagi mezonlar bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligining shakllanganlik darajasini quyidagi mezonlar asosida baholash mumkin degan qarorga kelindi:

  1. Kasbiy kompetentlik pedagogik maxorat kabi tayanch tushunchalar mohiyatini anglay olishlari.

  2. Kasbiy kompetentlikning muhim sharti davr talabi ekanligini tushunish.

  3. Kasbiy kompetentlikni shakllantirish ehtiyojiga egalik.

  4. O‘zida kasbiy kompetentlikni shakllantirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil eta bilish.

  5. Kasbiy kompetentlikka egalikni to‘la namoyon eta olish.

Tadqiqotning ilmiy natijalari asosida oliy pedagogik ta’limi tizimida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentligining shakllanganligini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi ilmiy-amaliy tavsiyalar taklif etiladi:

  • oliy ta’lim tizimida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining o‘quv ijodiy tayyorgarlik tuzilmasi va mazmunini zamonaviy talablari asosida modernizatsiya qilib borish;

  • oliy maktabda mustaqil ta’lim olishga bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining o‘quv ijodiy tayyorgarlik sifat va samaradorligini oshirish omili sifatida qaralib, uni uzviy va uzluksiz tashkil etishga e’tiborni kuchaytirish;

  • talabalar mustaqil ta’limi (mustaqil o‘rganishga ishtiyoq va mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantirish) tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazish;

  • oliy o‘quv yurtlarida mustaqil ta’lim olishning axborot texnologiyalarini (xususan, masofali ta’lim texnologiyasini) ishlab chiqish va uzluksiz rivojlantirish chora tadbirlarini ishlab chiqish.

Download 7,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish