Mezonning ilmiyligi.
Bu m ezonning mohiyati shundan ibo-
ratki, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish m azm unida ijtimoiy va
ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari, shuningdek faoliyatning har
xil turlari uchun sharoitlar yaratish ham da politexnik bilim larni
va um um m ehnat malakalarini shakllantirish, shaxsni har tom on-
lama tarbiyalash, shaxsning kasbiy iste’dodlari, qobiliyatlari va
qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish aks etadi.
2. Yuksak Um iy-amaliy aham iyatlilik mezoni.
Ana shu me-
zonga asoslanib, kasbga yo‘naltirish m ateriallari mazmuniga
fan va amaliyotning ham m a e’tirof qilgan yutuqlarini, obyektiv
fanlararo aloqaga va amaliy qo‘llanishga ega bo‘lgan politexnik
yo‘nalishdagi texnikaviy ma’lum otlarni kiritish lozim.
3. Hammabop mezon.
M azkur mezonga asosan o'quvchilarni
kasbga yo‘naltirish m azm uni ularning yosh xususiyatlariga m u
vofiq bo‘lishi kerak.
4. Oqilonalik mezoni.
Bu m ezonning mohiyati shuki, kasbga
yo'naltiruvchi m ateriallarning hajmi o ‘quvchilarga juda ko‘p, or-
tiqcha ish topshirmay, shu m ateriallarni o‘rganish uchun ajratil
gan vaqt miqdoriga mos bo‘lishi lozim.
5.
Uzviy
0
‘zaro bog‘liqlik mezoni.
Ushbu mezonning mohiyati
shundan iboratki, professiografik materiallar tabiiy ravishda dars
va tarbiyaviy tadbirlar mazmuniga kiritilishi, bular zo‘rlab qabul
qildirilmasligi va lo‘nda bo‘lishi kerak.
Kasb tanlashga y o ‘Ilash komissiyalarini tashkil qilish; o'qituvchilar
bilan metodik ishlarni tashkil qilish; o'quvchilar bilan ishlash; ota-
onalar bilan ishlash.
Kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv-metodik xonani tashkil qilish
da va uning ishiga yordamlashishda mehnat ta’limi o‘qituvchisi
katta ahamiyat kasb etadi. Ko'pgina maktablarda mehnat ta ’limi
o‘qituvchilari ana shunday xonalarning tashkilotchilari hisobla-
nadilar. Maktabdagi kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv-metodika xonasi
354
o‘quvchil?rni kasbni ongli ravislida tanlasliga tayyorlasli soliasida
•-'lar bilan,,/bta-onalar bilan m untazam ish olib borish uchun, shu
ningdek kasbga yo‘naltirish ishini ado etishda o‘qituvchiIarga, korxo-
nalarning xodimlariga metodik yordam berish uchun xizmat qila
di. Shu sababdan xonaning jihozlanishi va vaziyati o‘quvchilarning
niuayyan psixologik kayfiyatini ko‘tarishga ko‘makIashishi, bu yer-
da ularni qiziqtiruvchi savollarga javob olish imkoniyati yaratilishi,
xonaga kelish ehtiyojini tug‘dirishi muhimdir.
Kasbga yo‘naltirish xonasining ish m azm uni:
~ ishlab chiqarishning turli tarm oqlari to ‘g‘risida
0
‘quvchilar
ni xabardor qilish, eng ko‘p tarqalgan kasblar bilan ularni ta-
nishtirishni;
—
0
‘quvchilarning m ehnat faoliyatining muayyan turlariga oid
qiziqishlari, mayllari va qobiliyatlarini aniqlash ham da rivojlan-
tirishni;
— o ‘quvchilarda shaxsning tegishli psixofiziologik xislatlariga
mos bo‘lgan va jam iyatning kadrlarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini
hisobga oladigan kasbiy niyatlarini shakllantirishni;
— kasb tanlash, ishga joylashish va o‘qishni davom ettirish
niasalalari yuzasidan o‘quvchilar uchun pedagogik m aslahatlar
tashkil qilishni;
~ o ‘qituvchilar va boshqa xodim lar bilan m etodik ishlar olib
borish (pedagogik o‘qishlar, m a’ruzalar, seminarlar, yakka tartib-
dagi m ashg‘ulotlar o‘tkazish)ni;
— o ‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga oid ilg‘or tajribani o‘rga-
nish va um um lashtirishni;
— ota-onalar bilan ish olib borish (yig‘ilishlar, m a’ruzalar,
uchrashuvlar, yakka tartibdagi m aslahatlar o ‘tkazish)ni;
— o ‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish m asalalari yuzasidan m eh
nat jam oalari va jam oatchilik bilan aloqani amalga oshirishni o‘z
ichiga oladi.
A na shu ishlarni olib borish uchun kasbga yo‘naltirish xona-
larida, odatda, ikki bo‘limdan: axborot va m etodik bo‘lim lardan
iborat ekspozitsiya jihozlanadi.
Axborot bo‘lim ida
0
‘quvchilarning kasb tanlashiga ko‘mak-
lashadigan m a’iumotlar bilan pedagoglar, o‘quvchilar va ularning
ota-onalari haqida m ateriallar to‘planadi.
M etodik bo‘limda o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan
kasbga yo‘naltirish ishini olib borishni tashkil qilishga, uning
355
sliakl va metodlariga oid o‘qituvchilar uchun tavsiyalar berilgan
bo'ladi.
Kasbga yo‘naltirish xonasiga quyidagi mazmundagi m aterial
lar qo‘yiladi:
- atoqli jam oat arboblari, olimlar, yozuvchilar, pedagoglar va
shu kabilarning m ehnat va kasb tanlash haqida bildirgan fikrlari;
shu sohaga oid davlat hujjatlaridan olingan nusxalar;
- «Kasbni to ‘g‘ri tanlash nim ani bildiradi?», «Tanlangan kasb
tomonidan qanday talablar qo‘yiladi?», «Kasb tanlashda xato
qilmaslik uchun nim alarni bilish kerak?», «Shifokor maslahat-
lari» (kasb tanlashga to ‘g‘ri kelmaydigan fikrlar haqidagi stend),
«Psixolog maslahati» (o‘z kasb tanlashini tushunganlik to‘g‘risida,
qiziqishlar va qobiliyatlarni rivojlantirish haqida);
- m a’lum otnom a materiallari: « 0 ‘qish uchun qaysi joyga b o
rish kerak?» (qishloq kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari
to‘g‘risida, bularga qabul qilish shartlari, bularda egallash m um
kin b o lg an kasblar va mutaxassisliklar haqida m a’lumotlar),
«Ishlash uchun qaysi joyga borish kerak?» (ishlab chiqarish kor
xonalarining yetakchi kasblari, shahar, tum an, viloyatlar muhtoj
bo‘Igan kasblar to‘g‘risida m a’lumotlar); professiogrammalar;
- «O ta-onalaringizning kasblari» (ota-onalardan ishlab chiqa
rish ilg'orlari, ratsionalizatorlar to‘g‘risida yorqin, maroqli hiko-
yalar), «Biz tanlayotgan yo‘llar» (maktablarni bitirib chiquvchi-
lar, ularning m ehnatda erishgan muvaffaqiyatlari haqida), «Yo‘l
ko‘rcatuvchilarimiz» (ishlab chiqarish korxonalarning ilg‘or ish-
chilari to‘g‘risida).
Bundan tashqari, xonaga asbob-uskunalarning maketlari,
tayyor mahsulot nam unalari qo'yilgan bo iish i mumkin.
Audiovizual axborotni tashkil qilish uchun xona ta ’lim ning
texnikaviy vositalari kinoproyektorlar va slaydo-proyektorlar,
kompyuter vositalari, kinofilm lar va slaydlar, kinoekran, mag-
nitofonlar, musiqali va magnitli materiallari bo‘lgan fonoteka,
videotekasi bo‘lgan videomagnitofonlar bilan jihozlanadi.
Xonada m a’naviy-axloqiy m a’lum otnom alar,
ilm iy-om -
mabop kitoblardan va tegishli badiiy adabiyotdan iborat ku-
tubxona, ro‘znom alar, oynom alar albatta bo‘lishi kerak. Ba’-
zan xonalarda kasbga yo‘naltirishga oid bibliografiya tuzadilar,
bundan o'quvchilar ham , o‘qituvchilar ham foydalanishlari
m um kin.
356
M amlakatdagi kasbga yo‘naltiruvchi bir qancha o‘quv-m eto-
dik xonalarning ish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xona m aterialla-
rini faol o'zlashtirish va ulardan foydalanish uchun shu xonalar
da o‘quvchilardan m aslahatchi yo‘lboshchilar rolini bajaradigan
faollarni, shuningdek m aktablarning yuqori sin f o‘quvchilari,
bitiruvchilari, ota-onalar, ishlab chiqarish ta ’limi ustalari, ish
lab chiqarish peshqadam lari, ishlab chiqarish korxonalari kichik
mutaxassislari, maktab o ‘qituvchilari ishtirokida m a’ruzachilar
g uruhini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Kasbga yo‘naltiruvchi m aktab o‘quv-m etodik xonasini tashkil
qilishda o ‘quvchilarning o‘zlari katta e’tibor berishlari lozim. Ular
m ehnat o'qituvchisi rahbarligida xonani jihozlashda, eksponatlar
yig‘ish, saqlash uchun planshetlar, tagliklar va shu kabilarni tay
yorlashda yordam berishlari m um kin. Kasb diagnostikasi bo‘yicha
asboblar tayyorlash jarayoni bolalarda katta qiziqish tug‘diradi.
8 -9 -sin flarn in g o‘quvchilari sanoat nam unalarini asos qilib olib,
ana shunday konstruksiyalarni, texnika obyektlarini yaratishlari
m um kin. Ba’zan m aktab o‘quvchilari yaratgan asboblar sanoat-
da yasalgan asboblardan hatto ustun turadi. 0 ‘quvchilar o‘zlari
yaratgan diagnostika uskunalarida ishlab, m ustahkam amaliy
m alaka va muayyan texnikaviy bilim oladilar. Bu bilim lar rivoj-
lantirilib, ilm -fanning muayyan sohasini chuqur o ‘rganish uchun
xizmat qilishi, keyinchalik ongli ravishda kasb tanlashga yordam
berishi mumkin.
Shunday qilib, m ehnat ta ’lim i o‘qituvchisi m aktabning o‘quv-
m etodik xonasi bilan uzviy aloqa bog‘lab, kasbga yo‘naltirish ishi
samaradorligini ancha oshiradi, o‘quvchilarning o ‘zlari kasb tan-
lashlari uchun m ustahkam zam in yaratadi, ularni duradgorlik,
chilangarlik, tokarlik, frezerlik va shu kabi boshqa kasblar bilan
tanishtirib, o ‘quvchilarni m ehnat faoliyatini tanlashga tayyorlash
uchun shart-sharoitlar vujudga keltiradi. 0 ‘quvchilarni m ehnat
faoliyatining ana shu turlari bilan tanishtirish har bir fermer
xo‘jaligi, tum an, shahardagi ishlab chiqarish obyektlarida bos
qich ma-bosqich olib boriladi.
Chunonchi, birinchi bosqich (kasb ta ’limi jarayonida, ya’ni
kasb tanlashning tayyorgarlik davrida) kasbga oid m aslahat
lar berish, o‘quvchilarning mayllarini, qobiliyatlarini va indivi
dual xususiyatlarini hisobga olib, kasb tanlashda ularga yordam
ko‘rsatishdan iborat.
357
Ikkinchi bosqich kasbiy tayyorgariik davomida tanlagan kasb
bilan bog‘langandir. Pedagog o‘quvchilarning jismoniy va aqliy
rivojlanishini, qiziqishlari va qobiliyatlarini, o‘zlashtirishini, ush
bu kasbni egallashga tayyorgariik darajasini, tibbiy zid dalillarni
bilishi kerak.
Bu bosqichni kasbga doir maslahat berishning yakunlov
chi bosqichi deyish mum kin. Bunday m aslahatlarni yil oxirida
bitiruvchi sinfda fan o ‘qituvchilari, sin f rahbarlari, m aktablar-
ning kasbga yo‘naltiruvchi komissiyalari va kasbga yo‘naltiruvchi
xonalarning xodimlari, korxonalar, o‘quv yurtlari va ishga
joylashtirish organlarining xodimlari beradilar.
Uchinchi bosqichda aniqlovchi maslahat o‘tkaziladi. Bunday
m aslahatdan ko‘zda tutilgan maqsad — amalga oshirilgan tan -
lovni aniqlash, kasb xato tanlangan taqdirda esa buni odoblilik
bilan tushuntirib, boshqa kasbni tanlashni maslahat berish lozim.
Kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) kasbiy ishning butun tizim i
da yakunlovchi bosqichdir. Ayni ana shu bosqichda xodim ning
tanlagan kasbga uzil-kesil muvofiqligi yoki nomuvofiqligi aniqla
nadi. Lekin kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) m etodlaridan kasbga
yo‘naltirishning faqat yakunlovchi bosqichida foydalanish m um
kin, deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘lur edi. U yoki bu kasbni egallagani
holda dastlabki tibbiy-fiziologik va psixologik ko‘rikdan o ‘tm agan
yigit yoki qizga tanlagan kasbi zid bo‘lishi ham mum kin. Shu
boisdan kasb tanlash boshlang'ich bosqichda ham, shuningdek
yakunlovchi bosqichda ham o‘tkazilishi lozim.
Kasbga yaroqlilik — ushbu kasb bo‘yicha m ehnat vazifalarini
bajarish uchun yaroqli yoki yaroqsizligini qayd qilishdangina ibo
rat emas, albatta. Kasbga yaroqlilikni boshqa jihatdan ham:
1) odam o‘zi tanlagan kasbga yaroqlimi yoki yo‘qligi;
2) hayot yo'lini tanlagan chog‘da u nimalarga amal qilishi
lozimligi;
3) uni o‘qitish masalasiga qanday qilib birm uncha oqilona yon
dashish, ya’ni unda kasbga yaroqlilikni qanday qilib maqsadga
muvofiq tarzda shakllantirish, tarbiyalash va rivojlantirish m um -
kinligi jihatidan ham ko‘rib chiqish kerak.
Boshqacha qilib aytganda, u yoki bu kasblarni egallashga ha-
rakat qilayotgan odam larning tibbiy ko‘rsatkichlari bilan bir qa-
torda ularda diqqat, tafakkur, psixomotorika va shu kabi psixik
funksiyalarni rivojlantirish bilan bog'liq muayyan psixologik
358
kayfiyatni ham shakllantirish zarur. Kasbga yaroqlilik o ‘quv va
m ehnat faoliyatida shakllanadigan shaxs fazilatidir. Kasbga ya-
roqlilikni odam ning kasbga nisbatan qoyilgan talablarga mos
bo ‘lgan tug‘ma yoki hosil qilingan psixofiziologik xususiyatlari
yig'indisi deb qarash yaramaydi. Faqat ba’zi kasblar (sozanda,
rassom va shu kabilar) uchun muayyan tabiiy m a’lum otlar talab
qilinadi. Shu boisdan psixolog, m ehnat o‘qituvchisi va boshqa-
larning vazifasi o'quvchi kasb (mutaxassislik)ni yoki o‘quv yur-
tini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tanlaganini; tanlagan kasbi yoki o‘quv
yurti uning mayllari yoki qobiliyatlariga mos yoxud mos emas-
ligini; kasbni yoki o‘quv yurtini tanlash vajlari, ota-onalarning,
o‘qituvchilarning va shu kabilarning fikri qanday ekanligini aniq-
lashdan iborat. 0 ‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlari va
mayllari ana shunday m a’lum otlar asosida aniqlanadi.
M ustahkamlash uchun savollar:
1. Kasb tanlashda um um iy o ‘rta ta ’lim muassasasi rahbarla-
rining roli nim alardan iborat?
2. 0 ‘quv muassasalarida kasb tanlashga yo‘llashning qanday
shakl va m etodlarini bilasiz?
3. Kasb tanlashga yo‘llash bo‘yicha qanday metodik ishlarni
tashkil qilish mumkin?
4. Kasb tanlashga yo‘llashda o‘quvchilar bilan ishlash.
5. Kasb tanlashga yo‘llashda ota-onalar bilan ishlashning aha
miyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |